Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1527455
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Er
kin A’zam

Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) 
shirin qizaloqlarini tapglab qayoqqa boradi? Qizi bor odamning ko‘ngli yumshoq 
bo‘larkan… 

Zamon o‘zgardi, endi qiz-juvon er tanlaydigan bo‘lib ketgan. Tanlaganda ham 
nuqul uzunidan bo‘lsa, novchasi bo‘lsa bularga! Ham daroz, ham jingalak 
sochiga-ku nima yetsin! 
«Qadrli tomoshabin» Pakana, ko‘rsatuvlar jadvali bahona, har xil oldi-qochdilar 
bosiladigan yengiltakroq bir ro‘znomaga obuna edi. Uni qo‘liga olgan zahoti 
«Sovchi» degan joyiga razm soladi. Go‘zal, xushqomat, zamonaviy, jozibador, 
latofatli, bilqillagan (o‘zginalarining ta’rifi — «priyatnoy polnota») xonimlarga er 
yoki jazman kerak ekan. Talabgorning bo‘yi 180—190, ammo zinhor-bazinhor 
170 santimetrdan past bo‘lmasligi shart. Amriqo yoki boshqa biron boyroq arab 
mamlakatini ko‘zlab turgan tadbirkor, korchalon janoblardan bo‘lsa-ku, yana ham 
yaxshi, nur ustiga nur. Lekin eng muhimi 
— bo‘yi, qaddi-qomati! 170 
santimetrdan b
ir miri kam bo‘lsayam — chiqit, tuyog‘ini shiqillataversin. Novcha 
bo‘lsa-chi, nodonu moltabiat chiqsa ham mayli, to‘nkalik qilsayam marhamat, har 
kuni itdek ichib kelib tepkilasayam 
— bosh ustiga! Tavba! 
Pakana bu ro‘znomani qo‘lga olmasligi, o‘sha sharmanda joyiga ko‘z 
tashlamasligi ham mumkin, albatta. Mumkin-u, birgina narsadan umidvor-da: 
bo‘y-po‘yining ahamiyati yo‘q, pakanasiyam bo‘laveradi, odam bo‘lsa bas, degan 
e’lon chiqib qolarmikan?.. Qayoqda! Hammasiga… 
Yo‘q-yo‘q, o‘shanaqasi topilib qolsa, darrov yugurib bormoqchi emas, ilinji 
boshqa yoqdan. Dunyoda shunday ayol ham borligini bilsa 
— kifoya. Taskin-
tasalli-da. 
Pakananing oshiq ko‘ngli mehrga, muhabbatga zorligini bilamiz. Xotiniga ko‘ngli 
yo‘q, unga qaramasligidan ham xabarimiz bor. Demak, yagona yo‘li — chetdan 
ma’shuqa orttirish. Eski orzu so‘nmoq o‘rniga, yildan-yil alangalanib borayotir. 
Ammo, notavon ko‘ngilga qo‘tir — jomashov. Ta’bingizga mos-monandi bu 
olamda yo‘q. Bor chiroyli ayollarning boshida chiroyli erlari ham bo‘ladi. Chiroyli, 
ko‘rkam bo‘lmaganda ham novcha, qaddi raso bo‘ladi ular. Novcha bo‘lmaganlari 
esa shunday bir xislat yoki qudratga egaki, ularning qoshida har qanaqa darozi 
ham qulluqda turadi. Ayni shunisiga qarab chiroyli ayollar ularni tanlagan. Agar 
ular ishonchni oqlamasa, oqlaydigani topiladi. Har qadamda. Bozor bu! 
Pakana ana shunday bozorning molu xaridorlarini ko‘p ko‘rgan. 
Qaysi yilidir, yosh olim yurtdoshi uni qo‘yarda-qo‘ymay bir xonadonga ziyofatga 
olib bordi. Bahavo hovlini, qasrsimon imoratlarni, u yerdagi d
abdabayu as’asani 
ta’riflash shartmikan? Nomini tutib baloga qolmaylig-u, poytaxtdagi nufuzli, 
ko‘chadan kelgan har qanday odam ikki dunyoda ham ostonasiga qadam 
bosolmaydigan bir bilimgohning yil sayin qabul hay’atida bakovullik qiladigan 
yo‘g‘on domlasi qanaqa davron surishi mumkin — tasavvur qilib olavering. 
Ziyofat ham shunga yarasha, kelajagi porloq qo‘sha-qo‘sha dastyor aspirantlar 
tipirchilab xizmatda edi. Mehmondan mezbon ko‘p. 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling