Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Er
kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) Dasturxon odatdagidek obod, anvoyi ichimliklar sharshara, yagona kamchiligi — anqoning urug‘iyu bulbulning suti topilmabdi qurg‘ur! Anqoning urug‘i — o‘z nomi bilan anqoning urug‘i-da. Ayniqsa, shu zamonda. Xomashyoni «odam qilish»da qahramonimiz ham ishtirok etgan, bosh rassomga ko‘maklashuv bahona (aniqrog‘i, u — nozikta’b musavvir — To‘likjon hazar qilgandek burnini jiyirib chetga chiqqanda), asosiy xizmatni Pakana bajargan edi. Shunga qaramay, hozir bor- yo‘g‘i noma’lum, poygakroqda bir chetga siqilib o‘tirardi, qolganlar — «sahna»da. Bazmning tantanali qismini bosh rejissyor ochdi. U asarni deyarli tilga olmay ustalik bilan aylanib o‘tdi-da, jamoadan izn so‘rab, oddiga qatnab yuradigan jikilloq shoir oshnasi hamrohligida tezgina qayoqqadir jo‘nab qo‘ydi. Boshqa joyda chortangi bo‘lsa kerak. Sahna «qutulgan devlar»ga qoldi. Kechagina changini chiqarib so‘kib yurganlar to‘kin dasturxon ustida muallifni ko‘klarga ko‘tarib maktashdi, «Tag‘in jindakkina ishlansa, «Kelinlar qo‘zg‘oloni»dan o‘tib ketadi», deya bashorat qilishdi. Otaxon to‘rda taltayib o‘tirdi. Spektaklning bezaklari to‘g‘risida gap ketganda ta’rif To‘likjonga tegdi, albatta. Holvani hokim yer. Sal o‘tib, sho‘x yallayu raqs boshlangach, ahli bazm hotamtoy muallifni, unga qo‘shib qayerda, nima munosabat bilan o‘tirganini ham esdan chiqarib yubordi. It egasini tanimay qoldi. Teatrdagi mojarolardan siqilib yurgan boyoqish aktyorlar sipolik to‘nini yechib tashlab, yayramoqqa tushib ketishdi. Chappor urib irg‘ishlayotgan baxtiyorlar safidan bir qiz Pakananing diqqatini tortdi. Ko‘ziga issiq ko‘rinadi: kim bo‘ldi bu? Mehmonlardanmikan? Chehrasi muncha charog‘on, muqomlari bu qadar yoqimli, yarashiqli! O‘zi shunday: chiroylilar doim tanish tuyuladi. Ammo sen unga notanish — «charxi kajraftorning bir shevasi». Pakana ko‘z uzmay rom bo‘lib o‘tirarkan, oqqush misoli qanot qoqa-qoqa davrani aylanayotib qiz unga jilmayib o‘tdi. Tanish, tanish! Bo‘lmasa… Shu mahal qayoqdandir paydo bo‘lgan anovi sulloh sayyod — Nurali qizning oldini to‘sib chiqdiyu… Pakana dog‘u armonda qoldi. Charxi kajraftorning yana bir shevasi! Kim edi u tanish-notanish dilbar? Xiylagina ichib qo‘ygan Pakana so‘ngra chalg‘ib, chiroyli xonimlarga sukdana- sukdana, ularning erka, nozli raqslarini kuzata- kuzata, tuyqus xo‘rligi keldi. Tashqarida olamni larzaga solib, odamni g‘aflatdan ogoh etib momaqaldiroq gumbirlayotibdi. Bahor. Yana bir bahor! Bu yerda hamma shod, baxtiyor. Umr o‘tyapti! Unga esa birov qiyo ham boqmaydi, «itmisan, bitmisan» demaydi, ishi yo‘q. Yo rab, bu qanday nohaqlik! Daf’atan bu hurram ziyofatda, bu jamoatda o‘zini ortiqcha, itdek xor, bitdek zor, pachoq, pajmurda kimsadek sezdi. Vujud-vujudini qaqshatgan bir alam bilan boshini mushtlari ustiga qo‘yganini biladi… — O‘zginam qoldim sizga, Pakanajon, turing endi! Boshini arang ko‘tarsa — Qamara. Ohanjama so‘mkachasini ko‘ksiga bosib, o‘n |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling