Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1527455
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Er
kin A’zam

Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) 
qo‘shishga hayron. O‘rtada devor bor — hayajon devori, begonalik devori
nomunosiblik devori… Umid, umid! Sabr, sabr! 
Atigi bir necha soatlik bu ishchan, ammo soqov muloqotlardan Pakana Safsar 
haqida bilganidan ortiq deyarli hech narsa bilolmadi. Gap so‘rasangiz, 
taajjublangan kabi aftingizga tikilib qoladi, javob bermaydi. Keyin, bir mahal 
o‘ziga kelgandek, bir og‘izgina «ha» yo «yo‘q» deya negadir ayanchli kulimsirab 
qo‘yadi. 
Lekin bu qizga bejiz ko‘ngil qo‘ymaganini Pakana ish jarayonida, unga, uning yuz 
ifodalariga tikilib-
tikilib qaragan chog‘larida angladi. Bir payt favqulodda 
mo‘yqalam qo‘lidan tushib ketdi: Safsar g‘oz bo‘ynini shunday bir ulug‘vorona 
maqomda burdiki!.. 
U har gal har xil qiyofa, har xil kayfiyatda, go‘yo boshqa odamga aylanib kirib 
kelar, oldingiga o‘xshamas edi. «Yangi va yangi, xilma-xil». Barchasi birdek 
yoqar Pakanaga, lekin 
— ajabo! — soatlab termilgan, siymosini tasvirga 
ko‘chirayotgan suyukli odamining qiyofasini o‘zi ketgach, harchand eslay, ko‘z 
oldimga keltiray desa, uddasidan chiqolmas edi. Boshqa tanish-bilishlari, hatto 
ko‘cha-ko‘yda bir-ikki martagina uchratganlarining ham aft-angori yodida, uniki — 
yo‘q. Ko‘zniki boshqa, ko‘ngilniki boshqa ekan-da. Ayniqsa, teran o‘rnashgan 
bo‘lsa u! 
Yana Pakanani ajablantirgan ham ranjitgan joyi shu bo‘ldiki, Safsar chizilayotgan 
suratini ko‘rmoqqa biror daf’a rag‘bat bildirmadi. Sababini shunday izohlardi: 
«Keyin qizig‘i qolmaydi. San’at sirli bo‘lishi kerak». Voqean, bir gal gap orasida: 
«Qushga o‘xshatib chizing, uchi-ib ketayotgan qushga o‘xshatib», degani rost. 
Umuman olganda, portret oson bitdi, desa bo‘ladi. Chunki bu siymo, bu yuz 
ifodalari Pakanaga yoshligidan tanish, zehniga muhrlanib qolgan, yillar davomida 
sayqallanib, nurlanib kelgan, sirasi, sal boshqacharoq holatda uni avval ham bir 
marta «Orzu»sida aks ettirgan edi. Endi u «Umid» bo‘lib, barkamol qiyofada 
jonlanmog‘i kerak. 
Ish payti Qamaraning ikki karra kelib ostonada lab qimtib turgani! Niyati ayon bu 
yosumanning! 
— Ko‘rib turibsiz-ku, Qamara opa, bandman, — dedi Pakana o‘zi ham kutmagan 
sovuqqonlik, ayni choqda bir zarda-
qat’iyat bilan. — Bizga xalaqit beryapsiz. 
Key
in o‘ylab o‘zi hayratda qoldi. Shu bir og‘izgina gap bilan, ortiqcha izohga o‘rin 
qoldirmay, har ikki tomonga munosabatini bildirib ulgurgan ekan. Bandman! 
Xalaqit beryapsiz. Bizga! Safsar ikkalamizga. 
Ko‘rib turibsiz — biz bandmiz. Siz esa atay xalaqit beryapsyaz, Qamara opa! 
Qamara opa bizga, ikkalamizga xalaqit bermoqchi, Safsar, ko‘rib turibsiz! 
Asar asosan pardozdan chiqib, yakunlovchi chizgilari qolgakda reja buzildi 
— 
teatr jamoasi Namangan safariga otlandi. Odatdagidek, Safsarning fursat topishi 
qiy
in bo‘ldi. 
Shu tariqa, portret ham, boshqasi ham chala qoldi. Nasib etmagan ekan. 
Teatr jamoasi jo‘nab ketgach, hammayoq huvillab, Pakana sho‘rlik devona bo‘lay 
dedi. Biror bahona bilan ularga qo‘shilib olmaganiga afsuslandi. Kun sanab 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling