Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Er
kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) Pakananing qulog‘iga kirgani yo‘q, u tom bitgan edi o‘sha tobda. Ammo, qizning egnidagi qora las mayka yodida, negadir shunga e’tibor qilibdi. Maykada zardo‘zlik bilan ishlangan ajdar tasviri bor edi… Arofatning aytishicha, to‘ng‘ich qizlari Hilola bir sinfdoshi bilan do‘st tutinganmish. Shunchaki. Tag‘in har balo xayolingizga kelmasin. Baland bo‘yli, baquvvat bola ekan. Huv, televizorga chiqib dehqonlarga paxta ekishni o‘rgatadigan baroqqosh kishi bor- ku, o‘shaning o‘g‘li. Hilolani har xil xira bezorilardan himoya qilib, q o‘riqlab yurar emish. Qo‘riqchimizning himmatiga balli-yu, lekin… har holda qiz bola, hali yosh… Pakananing g‘ashi kelganini ko‘rib, Arofat koyib berdi: go‘dak- ku, nimaning fahmiga borardi, ammo esi joyida, o‘ziga pishiq-puxta, tashvish qilmang. Hilolaning egnida ham qandaydir qora mayka ko‘rgandek edi. Hozir o‘shanaqasi rasm. Lekin, ko‘kragida ajdari bormidi, yo‘qmidi — bunisi noma’lum. Chaqirib so‘ray desa… ota-bolaning siri birdan fosh bo‘ladi. Uyat emasmi? Sharmandalik emasmi? Hilola o‘laqolsa bo‘yniga olmaydi: qara-ang, hammayoq ajdarli maykaga to‘lib ketgan-u! Biroq, otasini tanigani aniq: bunaqa pakana bu atrofda yo‘q. Iya, o‘zi-chi, o‘zlari? Yo‘q, bu sir — sirligicha qolajak, uni ochmoqqa hech qaysi tomon jur’at qilmaydi. Tizzasi yirtiq ishtrni yo‘qqa kulgandek bo‘lady. O‘ylay-o‘ylay Pakana shunday fikrga keldi: ko‘rgan bo‘lsa ko‘rgandir. Pakana, boz ustiga ko‘rimsizgina dadasiningki shundoq sohibjamol bilan yurganini ko‘rib qaytaga faxrlansin! Baribir kelib oyisiga aytolmaydi, o‘g‘rini qaroqchi urib turgan bo‘lsa! Aytganida nima, qo‘rqamanmi? Oshing halol bo‘lsa, ko‘chada ich. Birovdan tilqisiqlik, xijolatli joyim yo‘q. Hamma eshitsin, bilsin: men shu ayolni yaxshi ko‘rib qolganman, Safsarni yaxshi ko‘raman, yaxshi ko‘raman, jonimdan ortiq!.. 17 «Dunyomiding, ro‘yomiding — bilmadim». Pakana Chortoqdan qaytib, ishga chiqqan kuni mudhish shumxabarga duch keldi. Teatr dolonidagi marmar ustunning poyida o‘zi yaratgan «Umid» turar edi! Chetlari qora hoshiyaga olingan, berirog‘ida bir dasta gul… Telbalanib q olgan Pakana bu yerda qancha turganini o‘zi bilmaydi. Bir mahal kimdir yelkasidan quchib olib ketdi. To‘likjon ekan. — Da-a, starik, pechalno, konechno. Takaya krasavitsa, jal! Keyin qayerdadir o‘tirishdi, choymi, qahvami ichishdi. To‘likjonning aytishicha… til bormaydi… Safsar o‘zini osib qo‘yganmish! Bu fojiaga o‘n kunlardan oshibdi. Bir erta hadeganda xonasidan chiqavermabdi. Eshikni ochib qarasalar… shu ahvol. Aql bovar qilmaydi. Shunday yosh, go‘zal qiz! Har xil taxminu tusmol. Birovlar «Dushmani dori ichirgan», dermish. Chamasi, uyidagilar nimanidir yashirishayotir. Asabdan bo‘lgan, asabi chatoq edi o‘zi, degan gaplar ham bor. Bir kunmi-ikki kun oldin sobiq eri kelib ketgan ekan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling