Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Er
kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) Or adan biror oylar o‘tib-o‘tmay, Pakana uchun yana bir xunuk hodisa ro‘y berdi. «Umid» yo‘qoldi! Uni qaysi bir xudobexabar kirib xonadan ko‘tarib ketibdi. Pakana zor qaqshab to‘rt tarafga yugurdi, so‘ramagan odami qolmadi. Yo‘q, yo‘q. Kimga kerak bo‘ldi u, nima uchun? Jumboq. Bu olamda jumboq ko‘p, shulardan biri. Safsardan qolgan yolg‘iz yodgor — «Umid»dan ajralgach, Pakana rasmonasiga kasal bo‘ldi. Shifoxonada yotib ham chiqdi. Keyin-keyin «Umid»ni xayolan qayta tiklamoq tashvishiga tushdi. Vaqt o‘tishi bilan har qanday yara bitar ekan. Bitdi. Tabiatan o‘ksik yaralgan ko‘ngilga yana bir dog‘ qo‘shildi, o‘rnashdi. Dunyomiding, ro‘yomiding… 18 Kunlardan bir kun Pakana moybo‘yoq istab badiiy ashyolar do‘koniga borganida, sira yolg‘iz yurolmaydigan Nuralini, odatdagidek ikkita o‘ris qiz bilan ko‘rib qoladi. Qizlar «Potom, potom, kak-nibud» deya xayrlashib ketishgach, yolg‘izlikdan qo‘rqib Nurali uni «shtab-kvartira»siga taklif qiladi. U qadar osh-qatiq bo‘lmasalar-da, qiziquvchanlik vajidan, qolaversa, pinhona bir ilinj bilan (yigit kishi o‘ylamoqqa ham uyaladi-yu… har holda, Safsarga aloqasi bor edi, rahmatlini ko‘rgan, bilgan…) taklifga ko‘ngan Pakana ko‘chaning naryog‘iga o‘tib, oziq-ovqat do‘konidan xarajat qilib keladi. To‘qqizinchi qavatda joylashgan ustaxonasining eshigiga yetganda Nurali: «Moment! Men sal tartibga solay», deydi ma’nodor qilib. Pakana u yerga kirgach, hayron qoladi: tartibga soladigan narsaning o‘zi yo‘g‘-u bunda! O‘rtada oyoqlari chalmashgan pastak dumaloq stol, ikki tarafida ikkita savat kursi, burchakda qup- quruq bahaybat dastgoh, to‘shagi qo‘qib yotgan kengish karavot. Bo‘ldi, shu. Devorlarda yakkam-dukkam rasmlar, ko‘pchiligi Pakanaga tanish — boshqa rassomlarniki, ana, imzolari ham ko‘rinib turibdi. Rassomning ustaxonasi emas, quruqvoyning xilvatxonasi-ku! — O‘zingning ishlaring qani? — deb so‘raydi bu yerda ish-ijod sharpasini sezmagan Pakana. — O‘zimning ijodimni uyga eltib tashlaganman, — deydi Nurali beparvo iljayib. — Bir qismi ko‘rgazmada. Moskvada. Ko‘rmaganmisan? Moskovga borib u ning ijod namunalarini ko‘rib kelmagan, umuman, pichoqqa ilinadigan biron asarini bilmaydigan Pakananing hayratdan boshi qotadi: shaharning qoq markazidan bunaqa joyni kim berdi bunga? Nima karomati evaziga? — Ijod-pijodni qo‘yib tur, ke, avval otaylik bittadan, — deydi Nurali besabrlik bilan shishaning og‘zini ochib. Ichadilar. — Qoidasini bilasan-a: birinchi qadah bilan ikkinchisining orasi besh minutdan oshmasligi kerak! Yana. Takror va takror. Undan- bundan valaqlashib shishani sob qiladilar. Tag‘in ichg ilari keladi. Jo‘mardligi tutib Pakana cho‘ntagidagi bor pulini chiqarib beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling