Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Er
kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) — Uyimga trolleybus bormaydi, bu yoqda qoladi. — Boradi. Bordiramiz! Bu — «yo‘ltanlamas»! 19 «Shox»siz trolleybus chindan ham «shox»siz — yo‘l tanlamas ekan. U allaqanday notanish dalaning qoq o‘rtasiga borib to‘xtaydi. Tun bo‘lishiga qaramay, osmon yorug‘, zangori, pag‘a bulutlar suzib yuribdi. Kuz bo‘lishiga qaramay, atrofda bahor nafasi — gul, chechaklar. Qayerdadir jildirab suv oqadi, qayerdaligi noma’lum. Kuzda shunday jildiraydi. Bahorda shunday jildiraydi. Maysalar mayin yelpindida asta shivirlashadi, sirlashadi, hasratlashadi. Odamlarga o‘xshab. Bahorda shunday, bahorda. Kuzda esa kuyib-kuyib yig‘lashadi — xazon, xas-xashak… Ayriliqdan, hijrondan. Odamlarga o‘xshab. Shoirlar shunday deydi, qay dam. Biz aytamizki, ko‘ngil ko‘ngilga mos tushsa, ayniqsa, hamdard chiqib qolsa, bas, gulu xazon — baribir, izg‘irinu shabada — baribir, kuzu bahor — baribir. Hamrohlar ro‘baro‘, chimzorga yonboshlaydilar. «Uyga opketilayotgan» matoh o‘rtaga qo‘yiladi. Shunchaki tasodifiy ulfat emas bular. Hamdard. Sirdosh. Ming yillik qadrdon. Mushtarak ko‘ngillar. Biri pakana, biri — daroz. (Shunaqalariniyam tashlab ketarkan-da kizlar!..) — Muhabbat yo‘q ekan dunyoda… — Bevafo ko‘p ekan dunyoda… Hasratdoshlar — tun, qorong‘i, xilvat, hech kim ko‘rmaydi, ayb kilmaydi — baralla ovoz qo‘yib uvlashadi. O‘rtadagi sabil tugaydi. Dard-hasrat ham ado bo‘lgandek sayoz tortib qolyapti. Boz ustiga — zax, nam badanga ura boshlagan. Pakana eski dardidan so‘z ochadi… — E, g‘am yema, o‘limdan boshqasiga chora bor! — deydi «ming yillik qadrdoni» bepisandlik bilan va «o‘limdan boshqasining chorasi»ni ta’riflay ketadi, Pakana jon qulog‘ini berib tinglaydi. — Yur, seni o‘sha yerga olib boray. Hali ko‘rasan, mendan ham novcha bo‘lib ketmasang!.. — Endi befoyda, — deydi Pakana ishonar-isho-mas, ammo ko‘nglida umid chirog‘i lipillab. — Endi Safsar yo‘q… — Ke, bo‘y almashamiz: sen novcha bo‘lasan, men — pakana. Chunki menga endi bo‘yning ahamiyati yo‘q. Novchamanmi, pakanami — baribir, Sevara tashlab ketgan… Anovi rasmni yana bir ko‘ray… Pakana to‘rt bo‘lak qog‘ozni qo‘ynidan olib, chim ustida undan «Armon» yasaydi. Ikkovlon cho‘nqayib oy yorug‘ida unga termiladi. — Bevafo Sevara… — Sho‘rlik Safsar… Bir dunyo alam- hasratni dalaga tashlab, «shox»siz trolleybus shaharga qaytadi. Ajabo, Pakana necha yil yurib bu shahri azimning qoq o‘rtasida shunday alomat go‘sha borligini bilmas ekan. Hozirgi Mustaqillik maydoniga yondosh tramvay yo‘lini ko‘rgansiz, o‘shaning beri |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling