Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1527455
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Er
kin A’zam

Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) 
yog‘ida, eski kutubxonadan yuqoriroq bir xilvatda devorlari baland-baland 
shunday azamat qo‘rg‘on bino ediki, naqd podsholar davridan qolgan oqsuyaklar 
chorbog‘i deysiz! Devorlari sirtdan ko‘hna (darhaqiqat, ovloq bir joyida «Stalin 
ko‘chasi» deb yozilgan tunuka lavha ham turibdi), yemirilgan-nuragandek 
ko‘ringani bilan, hovlining ichiga kirib og‘zingiz ochilib qoladi. Kech kuz bo‘lishiga 
qaramay, hammayoq gulu gulzor, oroyish-osoyishtalik hukmron. Nimasidir 
Pakana bir paytlar muvaqqat istiqomat qilgan umumhovlini eslatuvchi, ammo 
chandon obod
, o‘rdadek keng bu qadim chorbog‘ sersoya arg‘uvonu ko‘rkam 
jo‘kalarga ko‘milgan. 
Kiyomatli birodari Pakanani chorbog‘ adog‘idagi dov-daraxt, gulu butalar 
panasida ko‘rinmay turgan nisbatan g‘aribroq, sirliroq pastqam bir kulba sari 
boshlaydi. 
Kulba sohibi 
xuddi bo‘sag‘aga kursi qo‘yib, ularni kutib o‘tirgan ekan. Pakananing 
g‘amxo‘r homiysini ko‘rishi bilanoq uning poyi qadamiga o‘zini yuztuban tashlaydi 
— qurboning bo‘lay degani, ixlos-sadoqatining izhori. Mehmon kiftidan tutib uni 
tikka qiladi. 
Bu 
— boshi oyna misol sip-silliq kal, ikki chakkasidan yakkam-dukkam soch 
tolalari yelkasiga parishon osilib turgan 
— baayni o‘rtasi teshik po‘stakchani 
ermakka kiyib olgan sho‘x bolakaydek ushoqqina, bag‘oyat ko‘hna quriyalik chol. 
— Shang shung san xuva chu! — deya u izzatli mehmoniga iltifot izhor etib 
kaftlarini kindigi ustida chalishtirgancha vazmin ta’zim bajo keltiradi va negadir 
uning burnidan tortib-
tortib qo‘yadi. Suyganimikan? 
— Chu xuva san shung shang! — deydi mehmon unga javoban, so‘ng Pakanani 
ko‘rsatib allanimalarni ma’ni-dod qiladi. 
Nima deb vaysayapti bu? «Jonini olsang olgin-u, bo‘iini cho‘zib ber», deyaptimi 
yo 
— «Suyagi o‘ziniki, go‘shti seniki», deyaptimi? Tavba, uncha-muncha odam 
bolasi tushunolmaydigan chulchutcha tilni bu oddiy aravakash qayoqdan 
bilaqoldi? 
Ajabtovur qariya Pakanaga o‘girilib, kaftlarini ko‘ksida juftlashtirgancha negadir 
hindiycha salom qiladi. 
Tilmochning ma’lumot berishicha, quriyacha salom bilan hindiycha salomni 
chalkashtirgan bu zot Kim Ir Senning xolavachchasi emish, vaqti-zamonida Chan 
Kay-shini, Mao Szedunni, hatto Stalinni davolagan. Hitlerni ham davolamoqchi 
bo‘lgan-u, samolyotga patta topolmagan. Qo‘li rosa yengil, o‘zini Ibn Sinoning 
shogirdi sanaydi, Tibbiy muolajalarini mutlaqo tan olmaydi, Dalay-lamani jinidan 
b
attar yomon ko‘radi, ayni kunlarda esa, Sharqda ma’lumu mashhur hakim Abu 
Bakr ar-
Roziyning tibbiyotga oid qo‘lyozmalarini daraklab yurganmish. Birdan bir 
kamchiligi, afsuski, ona tilidan boshqa biror tilni bilmas ekan. 
Tarjima asnosi Kim Ir Senning xolava
chchasi «shundoq-shundoq» degandek 
ishshaygancha bosh irg‘ab turadi. 
Tashrifning daromad qismi tugab, nihoyat, asosiy ishga kirishiladi. 
Shaxsan o‘rtoq Stalinni davolagan (qiziq, nimasini davolagan ekan — qoqshol 
qo‘linimi, bujur betinimi, pakana bo‘yinimi yo… bedavo miyasinimi?) tabibi 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling