Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Er
kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) Yopiray, mangulik maskaniga qiron keldimi, nima balo? Bu manzaralardan dili xufton bo‘lgan Havaskor novcha chorbog‘ adog‘iga yetib, chap yondagi ayvonchaga ko‘zi tushgachgina sal o‘ziga keladi. Xayriyat, shodlik ham bor ekan bunda! Gird- atrofini tomoshapechak qurshagan, qo‘g‘irchoqdek yasatig‘liq ayvonchasida bu dunyoning g‘amu g‘urbatlaridan yiroq, mangu navqiron opaxonimiz desakmikan, onaxonimiz desakmikan (garchi buvimiz tengi bo‘lsa-da!), kaftlarini juftlashtirgancha, barmoqlarini qisirlatib muqom bilan o‘yin tushmoqda. Angrayib qolgan Havaskorimizga ko‘zi tushib, qosh uchirib qo‘yadi. Demak, o‘zbek san’ati olamida yaqin ayyomda ajoyib bir voqea yuz berajak. Unutilayozgan mashhur san’atkor qaytadan yasharib, yana dong taratajak. Shubhasiz, Navoiy koshonasida yana dabdabali yubiley o‘tadi, yana opaxonimizmi, onaxonimiz radio-televizorda yalla aytib o‘yin tushajak. Uzoq tanaffusli mangu bayram tag‘in baravj davom etajak. Bemor, yuragi zada, istar-istamas tanish kulbaga qadam bosadi. Muolajaxona qop- qorong‘i, tutunga to‘la. Chiroqni yoqib, ne holni ko‘radi deng!.. To‘rdagi muolaja to‘shagida allakim hallojiga tortilgan ichakdek cho‘zilib yotibdi, ignaga to‘lib-toshgan» a’zoyi badani qop-qora, kuyib kulga aylangan. Bemor to‘shak sari ikki qadam yuradi-yu, dahshatdan qotib qoladi: Kim Ir Senning xolavachchasi, mo‘jizakor ta’mirchi Yakshi Yokning o‘zi! Daf ’atan miyasiga bir fikr uriladi: ne-ne zotlarni ta’mirlagan bu mo‘jizakorning o‘zi pakana, s-biq Pakanadan ham pakana-ku! Bundan chiqadi, kelib- kelib endi, sharti ketib parti qolganda, o‘zini o‘zi… Xo‘b yaxshi, ammo anovi chambarakni kim aylantirib turdi ekan?.. Jumboq, bu g‘aroyib zotning o‘ziga o‘xshagan bir jumboq. Xonani tutgan badbo‘yga ortiq chidab bo‘lmaydi. Shu damdan boshlab endi bedavo bemor shartta borib derazani ochib yuboradi va o‘zini birpas yopirilib kirayotgan musaffo havoga tutib turadi — bu orada xonadagi tutun tarqaydi — so‘ng o‘girilib qaraydiyu telba bo‘lib qolayozadi. Yakshi Yok g‘oyib!.. — Ko‘ngil qo‘rquvdan cho‘kadi. Cho‘kkan ko‘ngil hammasidan, pakanalikdan ham yomon! Kim bu? Kim u gapirgan? Yakshi Yok o‘zbekchani bilmasdi-ku? U o‘lgan-ku? U yo‘q-ku? Bo‘lmasa — kim? Tovush o‘zidan, o‘zining vujudidan taralayotgandek… Telbalangan odam joni halqumiga tiqilib chorbog‘dan qochib chiqarkan, qo‘rg‘on darvozasida kimni uchratadi deng? Topolmaysiz. Azizani! Huv o‘sha, ustidan shafqatsiz hukm o‘qigan shaddod qizni! Darvoqe, u endi qiz emas, qimmatbaho liboslarga o‘rangan, yetilib-to‘lishgan barkamol bir kibor xonim. Oqsuyaklar istiqomat qiladigan mana shu maskanda yashaydi, shu yerga kelin bo‘lib tushgan. Otasini badavlat odam deyishardi, badavlat odam qizini badavlat xonadonga uzatgan-da. Rasmi shu. — Azizaxon, salom! Men Pakanaman. Birga o‘qiganmiz. Esingizdami, huv paxtada nima degan edingiz? Mana, endi qarang!.. Kibor xonim to‘xtab, unga taajjub bilan tikiladi. Tanimaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling