Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Er
kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) — Yo‘q, siz Pakana emassiz, bedavosiz! Agar o‘sha o‘zim bilgan Pakana bo‘lganingizdami, sizni hech kimga bermasdim-a, jon-jon deb… Kishloqdanmisiz, rayondanmi, boymisiz, kambag‘almi — qarab o‘tirmasdan, har qanaqasiga tegib olardim! — To‘xtang, Azizaxon, men axir… Xonim — Qamara unga irgangandek bir nazar tashlaydi-da, «Jinni», deydi, so‘ng ko‘ngli to‘lmaydimi, «Nenormalniy» deb qo‘shadi va ajab tamanno bilan shoshib uzoqlashadi. Nariroqqa borib, ortiga qayriladi. Shundagina uni tanib qoladi Bedavo: iya, Safsar ekan-ku bu, Safsar!.. — Safsar! Safsar!.. Safsar birdan hovli bo‘ylab yugurib, hozirgina Bedavo chiqib kelgan mash’um kulbaga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Bedavo katta ko‘chaga chiqqachgina o‘ziga keladi. Orqasiga burilib qarasa — sir- sinoatga to‘la boyagi qo‘rg‘ondan nom-nishon yo‘q, uning o‘rnida allaqanday sovuq temir-beton mahkamalar … Shu chog‘ yonginasiga tanish, ammo unutilayozgan «shox»siz trolleybus kelib to‘xtaydi. Eshigi ochilib, eski qadrdoni — omadsiz oshiq, Sevaraning shaydosi ko‘rinadi. U quchoq yozib kela boshlaydi… Bedavoni shuncha balolarga giriftor qilib, o‘zi qayoqlarda uloqib yuribdi bu kazzob? 20 Ertasi, yakshanba kuni Pakana uyqudan karaxt bo‘lib uyg‘ondi. Hammayog‘i zirkirardi, lanj. Dil g‘ash. Xayolida kechagi aloq-chaloq sarguzasht, aralash- qural ash manzaralar. Qayerlarga bordi, kimlarni ko‘rdi, nimalar bo‘ldi — ko‘pi esida yo‘q. Xonani allaqanday bo‘g‘iq hid bosgan edi. Isiriqmi? Kim tutatdi ekan? Yakshi Yok… Badanida tanish og‘riq tuydi. Dahlizga chiqib, qonim yurishsin deya, qo‘lbola turnigiga osilmoqchi bo‘ldi. Sakraganida qo‘li mo‘ljalga yetmay, gup etib burchakka ag‘anab tushdi, chakkasi devorga urilib qonadi. Gursillagan tovushga yugurib chiqqan qizi Hilola ahvolni ko‘rib «Voy!» dediyu yengilgina uzalib yaltiroq misrangni quloqchalaridan ko‘tarib oldi, eltib derazadan tashqariga uloqtirdi. — Qurib ketsin!.. Kechagi kuzatib kelgan kim edi? — Nimaydi? — Bunaqa basharani umrimda ko‘rmaganman. Hiringlagani hiringlagan. Gapirmaydi. Pakana qiziga qaramoqchi bo‘lib boshini ko‘tardi-yu, dahshat ichida ortiga tislandi: ajdar, ajdarho!.. Og‘zini katta ochib, tishlarini qayrab kelayotir… Lahza o‘tib ajdar kichraydi, kichrayib ko‘krakdagi oddiy, beozor tasvirga aylandi. Uning o‘rnida Hilolaning hayrat va xavotir chulg‘ab olgan tashvishmand chehrasi namoyo n bo‘ldi. Ana shu chehraga tikilarkan, burchakda dumalab yotgan odam |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling