Kinematika. Kinematikaning asosiy tushunchalari
Download 1.81 Mb.
|
Tekshirish Kinematika Tematika 2021 2022 O\'quv yili uchun
VI. O`rtacha tezlik.
*1. Avtomobil yo`lning birinchi yarmini 25 km/h, ikkinchi yarmini 75 km/h tezlikda bosib o`tdi. Avtomobilning o`rtacha tezligini toping (km/h). A) 37,5 B) 35,5 C) 40 D) 32 2. Avtomobil yo`lning birinchi yarmini 5 km/h, ikkinchi yarmini 15 km/h tezlikda bosib o`tdi. Avtomobilning o`rtacha tezligini toping (km/h). A) 7 B) 8,5 C) 8 D) 7,5 3. Avtomobil yo`lning birinchi yarmini 5 m/s tezlikda, ikkinchi yarmini esa 20 m/s tezlikda o`tdi. Avtomobilning butun yo`ldagi o`rtacha tezligini toping (m/s). A) 8 B) 9 C) 10 D) 7 4. Jism yo`lning birinchi yarmini 6 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarmini esa 2 marta tezroq o`tgan bo`lsa, jismning butun harakat davomidagi o`rtacha tezligi qanday bo`ladi (m/s)? A) 10 B) 9 C) 8 D) 7 5. Avtomobil yo`lning birinchi qismini ikkinchi qismiga nisbatan 8 marta katta tezlikda o`tdi. Agar avtomobilning butun yo`l davomidagi o`rtacha tezligi 32 km/h bo`lsa, yo`lning ikkinchi yarmidagi tezligi necha km/h bo`lgan? A) 15 B) 16 C) 20 D) 18 *6. Mashina yo`lning uchdan bir qismini 18 km/h tezlikda, qolgan qismini esa 72 km/h tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping (km/h). A) 40 B) 35 C) 36 D) 18 7. Avtomobil yo`lni uchdan bir qismini υ1 tezlik bilan, qolgan qismini esa υ2=50 km/h tezlik bilan o`tsa va butun yo`ldagi uning o`rtacha tezligi υo`r=37,5 km/h ga teng bo`lsa, υ1 tezlik qanchaga teng bo`lgan (km/h)? A) 25 B) 20 C) 30 D) 35 8. Mashina dovonga ko`tarilishda 15 m/s, tushishda 20 m/s tezlik bilan harakatlandi. Tushish yo`li chiqish yo`lidan 2 marta katta bo`lsa, mashinaning butun yo`l davomidagi o`rtacha tezligi (m/s) qancha bo`ladi? A) 40 B) 35 C) 36 D) 18 *9. Poyezd yo`lning uchdan ikki qismini 10 m/s tezlikda, qolgan qismini esa 20 m/s tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping (m/s). A) 12 B) 10 C) 14 D) 16 10. Jism yo`lning to`rtdan bir qismini υ tezlikda, qolgan qismini esa 2υ tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping. A) υ/2 B) 2υ C) 1,6υ D) υ *11. Jism vaqtning uchdan ikki qismini υ tezlikda, qolgan qismini esa 2υ tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping. A) 2υ B) 5υ/3 C) 7υ/4 D) 4υ/3 12. Avtomobil vaqtning birinchi yarmida 54 km/h, qolgan yarmida esa 72 km/h tezlikda o`tdi. Avtomobilning butun harakati davomidagi o`rtacha tezligini toping (m/s). A) 17,5 B) 17 C) 18 D) 18,5 13. Jism vaqtning uchdan bir qismini υ tezlikda, qolgan qismini esa 2υ tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping. A) 2υ B) 5υ/3 C) 7υ/4 D) 4υ/3 14. Jism vaqtning to`rtdan bir qismini υ tezlikda, qolgan qismini esa 2υ tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping. A) 2υ B) 5υ/3 C) 7υ/4 D) 4υ/3 15. Velosipedchi tepalikdan tekis tezlanuvchan harakat qilib tushdi va tezligini 5 m/s dan 15 m/s gacha oshirdi. Velosipedchining o`rtacha tezligini toping (m/s). A) 10 B) 15 C) 12 D) 14 16. Velosipedchi tepalikdan 5 m/s boshlang`ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakat qilib, tepalik oxirida 20 m/s tezlikka erishdi. O`rtacha tezligini toping (m/s). A) 11,5 B) 12 C) 10 D) 12,5 17. Bola chanada uzunligi 50 m bo`lgan tepalikdan tekis tezlanuvchan tarzda harakatlanib, 10 s da sirpanib tushdi. Uning tepalik etagidagi tezligini (m/s) va butun yo`ldagi o`rtacha tezligini toping (m/s). A) 10; 5 B) 5; 10 C) 10; 10 D) 15; 5 *18. Otliq birinchi 40 minutda 5 km yo`l bosdi. Keyingi 1 soatda 10 km/h tezlik bilan yurdi. Otliqning butun yo`l davomidagi o`rtacha tezligini toping (m/s). A) 2 B) 4 C) 9 D) 2,5 19. Turist yo`lni 6 km ni 12 km/h tezlik bilan, qolgan 40 min da 10 km yurdi. Turist harakat boshlaganidan so`ng butun harakati davomidagi o`rtacha tezligini toping (km/h). A) 95/7 B) 96/7 C) 90/7 D) 100/7 20. Poyezd 5 soat davomida 60 km/h tezlikda, keyingi 4 soat davomida esa 15 km/h tezlikda harakatlandi. Poyezdning butun yo`ldagi o`rtacha tezligini toping (km/h). A) 43 B) 42 C) 45 D) 40 21. Agar jism yo`lning 1-yarmini 20 s da, 2-yarmini esa 10 s da o`tgan bo`lsa, uning o`rtacha tezligi necha (m/s)? Yo`l 240 m ga teng. A) 11 B) 9 C) 8 D) 10 22. Vertikal otilgan jism 20 m balandlikka 2 sekundda ko`tarildi. Uning uchish davomidagi o`rtacha tezligini toping (m/s). A) 11 B) 9 C) 8 D) 10 *23. Jism avval boshlang`ich tezliksiz a tezlanish bilan t vaqt, so`ngra 2a tezlanish bilan 2t vaqt va -a tezlanish bilan 3t vaqt harakatlandi. Jismning butun yo`ldagi o`rtacha tezligini toping. A) at/2 B) 7at/3 C) 17at/6 D) at 24. Jism boshlang`ich tezliksiz 2a tezlanish bilan t vaqt, so`ngra -a tezlanish bilan 2t vaqt harakatlandi. Jismning butun yo`ldagi o`rtacha tezligini toping. A) at/2 B) 7at/3 C) 17at/6 D) at 25. Jism boshlang`ich tezliksiz 2a tezlanish bilan t vaqt, so`ngra -a tezlanish bilan 2t vaqt va a tezlanish bilan 2t vaqt harakatlandi. Jismning butun yo`ldagi o`rtacha tezligini toping. A) at/2 B) 7at/3 C) 17at/6 D) at *26. Otliq birinchi 40 minutda 5 km yo`l bosdi. Keyingi 1 soatda 10 km/h tezlik bilan yurdi. Otliqning 1 soatlik harakatdagi o`rtacha tezligini toping (km/h). A) 8 B) 25/3 C) 3 D) 25 27. Turist yo`lni 6 km ni 12 km/h tezlik bilan, qolgan 40 min da 10 km yurdi. Turist harakat boshlaganidan so`ng 1 soatlik harakati davomidagi o`rtacha tezligini toping (km/h). A) 12 B) 12,5 C) 13,5 D) 13 *28. Grafikdan foydalangan holda jismning 15 sekundlik harakatdagi o`rtacha tezligini toping (m/s). A) 50/3 B) 25/3 C) 50/7 D) 25 29. Grafikdan foydalangan holda jismning 8 sekundlik harakatdagi o`rtacha tezligini toping (m/s). A) 15 B) 20 C) 25 D) 3 Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling