Kinematika. Kinematikaning asosiy tushunchalari


Aylana bo`ylab tekis harakat


Download 1.81 Mb.
bet18/18
Sana21.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1106718
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Tekshirish Kinematika Tematika 2021 2022 O\'quv yili uchun

Aylana bo`ylab tekis harakat.

1. Moddiy nuqta 10 sekundda 40 marta aylandi. Nuqtaning aylanish davrini toping (s).


A) 0,25 B) 0,2 C) 0,5 D) 0,8
2. Moddiy nuqta 10 min da 200 marta aylandi. Nuqtaning aylanish davrini toping (s).
A) 5 B) 4 C) 2 D) 3
3. Jism aylana bo`ylab 1 min davr bilan aylanmoqda. Jismning 600 sekunddagi aylanishlar
sonini aniqlang.
A) 25 B) 10 C) 20 D) 15
*4. Maxovik 10 min da 600 marta aylansa, uning aylanish chastotasini aniqlang (Hz).
A) 1 B) 2 C) 4 D) 5
5. G`ildirak 10 min da 1200 ta aylanishni amalga oshirdi. G`ildirakning aylanish chastotasini toping (ayl/s). A) 1 B) 2 C) 4 D) 5
6. Disk aylanish chastotasi 10 ayl/s bo`lsa, uning 2 min dagi aylanishlar sonini toping.
A) 900 B) 1100 C) 1000 D) 1200
7. Velosiped g`ildiragi 0,5 min da 30 marta aylansa, aylanish chastotasi nimaga teng (s-1)?
A) 2 B) 1,5 C) 0,5 D) 1
8. 240 ayl/min necha ayl/s ga teng?
A) 4 B) 2 C) 3 D) 5
9. Chastotasi 12 ayl/min bo`lgan jismning aylanish davrini toping (s).
A) 1 B) 2 C) 4 D) 5
*10. Aylana bo`ylab harakatlanayotgan jism 3 s da 2700 ga burildi. Jismning burchak tezligini aniqlang (rad/s).
A) π/2 B) π C) 3π/2 D) 2π
11. 10 s da 2π rad burchak yasovchi aylanayotgan jismning burchak tezligini toping (rad/s).
A) π/2 B) π C) 3π/2 D) π/5
12. 20 s da 300 burchak yasovchi aylanayotgan diskning burchak tezligini toping (rad/s).
A) π/20 B) π C) π/120 D) π/50
13. 2 s da 900 burchak yasovchi aylanayotgan diskning burchak tezligini aniqlang (rad/s).
A) π/4 B) π C) 3π/2 D) 2π
14. 10 rad/s burchak tezlikda aylanuvchi jismning π sekunddagi burchak ko`chishini aniqlang (rad).
A) 5π B) 10π C) π D) 2π
*15. Chastotasi 10 Hz bo`lgan aylanuvchi parrakning burchak tezligini aniqlang (rad/s).
A) 31,4 B) 3,14 C) 62,8 D) 628
16. Maxovik o`z o`qi atroda 6 ayl/min chastota bilan aylanmoqda. Burchak tezlikni toping (rad/s).
A) π/2 B) π C) 3π/2 D) π/5
17. G`ildirak 10 s davr bilan aylanmoqda. G`ildirakning burchak tezligi nimaga teng (rad/s)?
A) π/2 B) π C) 3π/2 D) π/5
18. Maxovikning aylanishdagi burchak tezligi 3,14 rad/s ga teng. Aylanish davrini aniqlang (s).
A) 1 B) 2 C) 4 D) 5
19. 10 s da 20 marta aylanuvchi moddiy nuqtaning burchak tezligini aniqlang (rad/s).
A) 5π B) 10π C) π D) 4π
20. Moddiy nuqta 2π rad/s burchak tezlik bilan aylana bo`ylab harakatlanmoqda. Nuqtaning 10 s dagi aylanishlar sonini toping.
A) 25 B) 10 C) 20 D) 15
*21. Aylana bo`ylab 100 m masofani 2 s da o`tgan moddiy nuqtaning chiziqli tezligini aniqlang (m/s).
A) 50 B) 0,02 C) 100 D) 25
22. Chiziqli tezligi 36 km/h bo`lgan aylana yo`ldagi avtomobilning 20 s da bosib o`tgan yo`lini toping (m).
A) 140 B) 180 C) 150 D) 200
23. Aylana bo`ylab harakatlanuvchi jism 3,14 s da aylananing yarmini o`tdi. Agar aylana radiusi 3 m bo`lsa, jismning chiziqli tezligini toping (m/s).
A) 3 B) 2 C) 1 D) 4
24. Aylana bo`ylab harakatlanuvchi jism 3,14 s da aylananing to`rtdan bir qismini o`tdi. Agar aylana radiusi 4 m bo`lsa, jismning chiziqli tezligini toping (m/s).
A) 3 B) 2 C) 1 D) 4
*25. Uzunligi 25 cm bo`lgan ipga toshni bog`lab 2 s-1 chastota bilan aylantirilmoqda. Toshning chiziqli tezligini toping (m/s).
A) 1,57 B) 314 C) 6,28 D) 3,14
26. Aylanish davri 6,28 sekund bo`lgan moddiy nuqta 2 m radiusli aylana bo`ylab harakatlanmoqda. Aylanishdagi chiziqli tezlikni toping (m/s).
A) 3 B) 2 C) 1 D) 4
27. Diametri 20 cm bo`lgan g`ildirak 2π m/s tezlikda o`z o`qi atrofida aylanmoqda. G`ildirakning aylanish davri (s) va chastotasini toping (Hz).
A) 0,1; 10 B) 0,2; 5 C) 0,2; 2 D) 10; 1
28. Minutiga 600 marta aylanuvchi g`ildirakning diametri 50 cm ga teng. G`ildirakning aylanish tezligini toping (m/s).
A) 5π B) 10π C) π D) 2π
29. 10 rad/s burchak tezlik bilan aylanuvchi jismning aylanish radiusi 100 cm ga teng bo`lsa, uning aylanish tezligini toping (m/s).
A) 25 B) 10 C) 20 D) 15
*30. 10 m/s tezlik bilan 5 m radiusli aylanada harakatlanuvchi jismning markazga intilma tezlanishini toping (m/s2).
A) 25 B) 10 C) 20 D) 15
31. Markazga intilma tezlanishi 10 m/s2 bo`lgan moddiy nuqtaning aylanadagi tezligini toping (m/s). Aylana radiusi 10 m.
A) 25 B) 10 C) 20 D) 15
32. Maxovikning aylanish davri 10 s, radiusi 150 cm bo`lsa, uning eng chekka nuqtalarining markazga intilma tezlanishini toping (m/s2). π2=10.
A) 0,6 B) 6 C) 1 D) 0,8
33. Avtomobil 72 km/h tezlikda harakatlanmoqda. Agar g`ildirak burchak tezligi 100 rad/s bo`lsa, g`ildirak eng chekka nuqtalaridagi markazga intilma tezlanishni toping (km/s2).
A) 1 B) 2 C) 4 D) 5
34. Uzunligi 25 cm bo`lgan ipga bog`langan sharcha 5 m/s chiziqli tezlik bilan aylanmoqda. Sharchaning markazga intilma tezlanishini toping (m/s2).
A) 10 B) 200 C) 150 D) 100
35. Radiusi 12 cm bo`lgan charx diski 1 minutda 1200 marta aylanmoqda. Charx aylanish o`qidan eng uzoq nuqtasining markazga intilma tezlanishini aniqlang (m/s2). π2=10.
A) 1920 B) 2000 C) 1520 D) 1800
36. Markazga intilma tezlanish erkin tushish tezlanishiga tenglashishi uchun radiusi 40 m bo`lgan qavariq ko`prikning o`rtasidan avtomobil qanday tezlikda o`tishi lozim (m/s)? g=10 m/s2.
A) 25 B) 10 C) 20 D) 15
37. Radiusi 10 cm bo`lgan aylana bo`ylab moddiy nuqta 10 marta aylandi. Moddiy nuqtaning bosib o`tgan yo`lini toping (cm).
A) 157 B) 314 C) 628 D) 3,14
38. Samalyot havo vintining (parragining) aylanish chastotasi 1500 ayl/min. Uchish tezligi 180 km/h bo`lsa, 90 km masofani bosib o`tgunga qadar havo vinti necha marta aylanadi?
A) 45000 B) 40000 C) 50000 D) 25000
39. Yukni 3,14 m/s tezlik bilan ko`tarishda diametri 10 cm bo`lgan chig`ir barabanining aylanish chastotasi qanday bo`lishini toping
(s-1).
A) 10 B) 5 C) 4 D) 3
*40. Yer sun'iy yo`ldoshining orbitasi radiusi 4 marta ortganda, uning aylanish davri 8 marta ortadi. Bunda yo`ldoshning harakat tezligi necha marta kamayadi?
A) 2 marta B) 4 marta
C) 5 marta D) o`zgarmaydi
41. Kosmik kemaning orbita bo`ylab harakat tezligi 2 marta kamayib, orbita radiusi 4 marta ortgan bo`lsa, uning orbita bo`ylab aylanish davri necha marta ortgan?
A) 16 marta B) 2 marta C) 4 marta D) 8 marta
*42. Aylana bo`ylab tekis harakat qilayotgan jismning aylanish chastotasi 7 marta ortsa, aylana radiusi esa 49 marta kamaysa, jismning markazga ntilma tezlanishi qanday o`zgaradi?
A) 7 marta kamayadi D) 49 marta ortadi
C) o`zgarmaydi D) 7 marta ortadi
43. Jism R radiusli aylana bo`ylab υ tezlik bilan aylanmoqda. Agar u radiusi 2R bo`lgan aylana bo`ylab 2υ tezlik bilan aylansa, uning markazga intilma tezlanishi qanday o`zgaradi?
A) 2 marta ortadi B) 2 marta kamayadi
C) o`zgarmaydi D) 4 marta ortadi
44. Traektoriyasi radiusi 2 marta kichiklashib, tezligi o`zgarmasa, jismning markazga intilma tezlanishi qanday o`zgaradi?
A) 2 marta ortadi B) 2 marta kamayadi
C) o`zgarmaydi D) 4 marta ortadi
45. Moddiy nuqta aylana bo‘ylab 2 m/s tezlik
bilan harakatlanmoqda. Nuqta tezligining moduli o’zgarib 4 m/s ga yetdi. Bunda uning. . . . . .
A) aylanish davri 4 marta kamaydi.
B) aylanish chastotasi 2 marta kamayadi.
C) aylanish chastotasi 2 marta oshadi.
D) aylanish davri 2 marta ortdi.
46. Radiusi 8 m bo‘lgan aylana trayektoriya
bo‘ylab tekis harakatlanayotgan jism 2 minut davomida aylanani 20 marta o‘tdi. Jismning aylanish davrini (s) toping.
A) 6. B) 10. C) 4. D) 5
47. Sharcha doimiy tezlik bilan r radiusli aylana bo‘ylab harakatlanmoqda. Sharchaning tezligini o‘zgartirmasdan aylana radiusi 3 marta orttirilsa, uning markazga intilma tezlanishi qanday o‘zgaradi?
A) 9 marta kamayadi.
B) 3 marta ortadi.
C) 3 marta kamayadi.
D) 9 marta ortadi.
48. Radiusi 4 m bo‘lgan aylana trayektoriya bo‘ylab tekis harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi 4 m/s ga teng. Jismning markazga intilma tezlanishini (m/s2) toping.
A) 4. B) 6. C) 8. D) 2.
49. Yuguruvchi 170 m uzunlikga ega bo’lgan aylanani 6 marta to’liq aylanib chiqdi. Bunda yuguruvchi qancha yo’l bosib o’tganini aniqlang
A) 1020 B) 1500 C) 1035 D) 1002
50. Tokar dastgohini aylana shaklda bo’lib, u 0,1 s da bir marta to’liq aylanib chiqadi dastgoh qanday burchakli tezlik bilan aylanadi.(rad/s)
A) 31,4 B) 54,1 C) 43 D) 62,8
51. Tokar dastgohini aylana shaklda bo’lib, u qancha (s) vaqtda bir marta to’liq aylanib chiqadi dastgoh 31.4 rad/s burchakli tezlik bilan aylanadi.(rad/s)
A) 0,2 B) 0,1 C) 1 D) 0,31
52. Yuguruvchi 80 m uzunlikga ega bo’lgan aylanani necha marta aylanganda uning umumiy bosib o’tgan yo’li 1040 ga teng bo’ladi?
A) 8 B) 10 C) 15 D) 13
53. Radiusi 0,3 m bo’lgan velosiped g’ildiragining aylanish chastotasi 120 ayl/min. Velosiped tezligini aniqlang (m/s)
A) 5,7 B) 2,6 C) 1,9 D) 3,8
54. Radiusi qanday (sm) bo’lgan velosiped g’ildiragining aylanish chastotasi 240 ayl/min. Velosiped tezligi 6.28m/s
A) 17 B) 25 C) 40 D) 38
55. Radiusi 0,5 m bo’lgan velosiped g’ildiragining aylanish chastotasi 300 ayl/min. Velosiped tezligini aniqlang (m/s)
A) 15,7 B)12,6 C) 20,9 D) 23,8
56. Radiusi qanday (sm) bo’lgan velosiped g’ildiragining aylanish chastotasi 150 ayl/min. Velosiped tezligi 9,42m/s
A) 45 B) 50 C) 60 D) 38
57. Suv bo’yiga o’rnatilgan charxpalak 3 s da 60o ga burilsa, u qanday burchalkli tezlik bilan aylanmoqda.(rad/s)?
A) π/3 B) π/6 C) π/4 D) 3π/2
58. Diametri 100 sm bo’lgan diskning chiziqli tezligi 20 m/s bo’lsa, diskning burchakli tezligini aniqlang (rad/s)?
A) 30 B) 40 C) 25 D) 50
59. Bir minutda 900 marta aylana oladigan parrak 12 minutda necha marta aylana oladi.?
A) 9800 B) 10200 C) 10020 D) 10800
60. Radiusi 20 sm bo’lgan, minutiga 1200 marta oylanadigan g’ildirakning chiziqli tezligi qanday bo’ladi(m/s) ?
A) 15 B) 12 C) 28 D) 24



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling