Kinematika. Kinematikaning asosiy tushunchalari


Download 1.81 Mb.
bet5/18
Sana21.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1106718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Tekshirish Kinematika Tematika 2021 2022 O\'quv yili uchun

Ikki jism masalasi.

*1. Ikkita avtomobil bir yo`nalishda harakatlanmoqda. Ular orasidagi masofa 100 m ni tashkil etadi. Oldindagi birinchi avtomobilning tezligi 54 km/h, izidan quvib kelayotgan ikkinchi avtomobilniki esa 72 km/h. Ikkinchi avtomobil birinchisini qancha vaqtda quvib yetadi (s)?


A) 20 B) 30 C) 50 D) 40
2. Ikkita avtomobil qarama-qarshi yo`nalishda 54 km/h va 36 km/h tezliklar bilan harakat qilmoqda. Agar ular orasidagi boshlang`ich masofa 100 m bo`lsa, qancha vaqtdan keyin avtomobillar bir-biri bilan uchrashadi (s)?
A) 2 B) 3 C) 5 D) 4
3. 18 km/h va 36 km/h tezliklar bilan ikkita mashina bir nuqtadan qarama-qarshi yo`nalishda harakat boshladi. Qancha vaqt o`tgach ular orasidagi masofa 150 m ga teng bo`ladi? (s).
A) 25 B) 10 C) 15 D) 20
4. 18 km/h va 36 km/h tezliklar bilan ikkita mashina bir nuqtadan bir yo`nalishda harakat boshladi. Qancha vaqt o`tgach ular orasidagi masofa 150 m ga teng bo`ladi (s)?
A) 20 B) 30 C) 50 D) 40
*5. Ikkita jism bir nuqtadan o`zaro tik yo`nalishda 6 m/s va 8 m/s tezliklar bilan harakat boshladi. Necha sekunddan keyin ular orasidagi masofa 1 km ni tashkil etadi?
A) 200 B) 150 C) 100 D) 10
6. Ikkita velosipedchi bir nuqtdan bir vaqtda o`zaro tik yo`nalishda 3 m/s va 4 m/s tezliklar bilan harakat boshladi. 10 s o`tgach velosipedchilar orasidagi masofa qanday bo`ladi (m)?
A) 20 B) 50 C) 10 D) 60
7. Velosipedchi va yo`lovchi bir nuqtadan o`zaro tik yo`nalishda harakat boshladi. 1 minut o`tgach ular orasidagi masofa 150 m ni tashkil etgan bo`lsa, velosipedchi va yo`lovchining tezligini toping (m/s). Velosipedchining tezligi yo`lovchinikidan 3 marta katta.
A) B)
C) D)
*8. P va Q qishloqlar to`g`ri yo`l yoqasida bir- biridan 4000 m masofada joylashgan. P qishloqdan Q tomon doimiy 8 m/s tezlik bilan avtomobil jo`nadi. Shundan 25 s o`tgach Q dan P tomon doimiy 12 m/s tezlik bilan boshqa avtomobil yo`lga chiqdi. Ular P qishloqdan qanday (m) masofada uchrashadilar?
A) 1800 B) 2000 C) 1520 D) 1720
9. P va Q qishloqlar to`g`ri yo`l yoqasida bir- biridan 2000 m masofada joylashgan. P qishloqdan Q tomon doimiy 10 m/s tezlik bilan avtomobil jo`nadi. Shundan 40 s o`tgach Q dan P tomon doimiy 15 m/s tezlik bilan boshqa avtomobil yo`lga chiqdi. Ular Q qishloqdan qanday (m) masofada uchrashadilar?
A) 1200 B) 960 C) 1000 D) 840
10. Daryo bo`yida A va B shaharlar joylashgan. Bir vaqtda A shahardan sol va B shahardan kater jo`nadi. Agar oqim tezligi 5 m/s, katerning suvga nisbatan tezligi 20 m/s bo`lsa, ular qancha vaqt o`tgach uchrashishadi (s)? A va B shaharlar orasidagi masofa 1 km.
A) 80 B) 40 C) 50 D) 100
*11. Qayiq daryo bo`yidagi ikki punkt orasini oqim bo`yicha 1,8 soatda, oqimga qarshi esa 2,4 soatda bosib o`tadi. Agar daryoda punktlar orasida sol jo`natilsa, bu masofani qancha vaqtda o`tadi (soat)?
A) 14,4 B) 15 C) 14 D) 13
12. Qayiq daryo bo`yidagi ikki punkt orasini oqim bo`yicha 3 soatda, sol esa 12 soatda bosib o`tadi. Kater punktlar orasidagi masofani oqimga qarshi yo`nalishda qancha vaqtda o`tadi (soat)?
A) 4,4 B) 7 C) 5 D) 6
13. Tinch turgan odamni eskalator 1 min da yuqoriga chiqara oladi. Harakatlanmayotgan eskalatorda odamni o`zi yurib 3 min da yuqorigachiqa oladi. Odam harakatlanayotgan eskalatorda yurib yuqoriga qancha vaqtda chiqa oladi (s)?
A) 50 B) 45 C) 35 D) 55
14. Samalyot 3600 km lik masofani shamolga qarshi yo`nalishda qancha vaqtda bosib o`tadi (soat)? Samalyotning havoga nisbatan tezligi 250 m/s, shamol tezligini esa 50 m/s.
A) 4 B) 7 C) 6 D) 5
15. Samalyot 1800 km lik masofani shamol yo`nalishda qancha vaqtda bosib o`tadi (min)? Samalyotning havoga nisbatan tezligi 250 m/s, shamol tezligi esa 50 m/s.
A) 40 B) 100 C) 120 D) 50


Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling