Kinematika. Kinematikaning asosiy tushunchalari


Download 1.81 Mb.
bet14/18
Sana21.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1106718
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Tekshirish Kinematika Tematika 2021 2022 O\'quv yili uchun

VI. O`rtacha tezlik.

*1. Avtomobil yo`lning birinchi yarmini 25 km/h, ikkinchi yarmini 75 km/h tezlikda bosib o`tdi. Avtomobilning o`rtacha tezligini toping (km/h).


A) 37,5 B) 35,5 C) 40 D) 32
2. Avtomobil yo`lning birinchi yarmini 5 km/h, ikkinchi yarmini 15 km/h tezlikda bosib o`tdi. Avtomobilning o`rtacha tezligini toping (km/h).
A) 7 B) 8,5 C) 8 D) 7,5
3. Avtomobil yo`lning birinchi yarmini 5 m/s tezlikda, ikkinchi yarmini esa 20 m/s tezlikda o`tdi. Avtomobilning butun yo`ldagi o`rtacha tezligini toping (m/s).
A) 8 B) 9 C) 10 D) 7
4. Jism yo`lning birinchi yarmini 6 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarmini esa 2 marta tezroq o`tgan bo`lsa, jismning butun harakat davomidagi o`rtacha tezligi qanday bo`ladi (m/s)?
A) 10 B) 9 C) 8 D) 7
5. Avtomobil yo`lning birinchi qismini ikkinchi qismiga nisbatan 8 marta katta tezlikda o`tdi. Agar avtomobilning butun yo`l davomidagi o`rtacha tezligi 32 km/h bo`lsa, yo`lning ikkinchi yarmidagi tezligi necha km/h bo`lgan?
A) 15 B) 16 C) 20 D) 18
*6. Mashina yo`lning uchdan bir qismini 18 km/h tezlikda, qolgan qismini esa 72 km/h tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping (km/h).
A) 40 B) 35 C) 36 D) 18
7. Avtomobil yo`lni uchdan bir qismini υ1 tezlik
bilan, qolgan qismini esa υ2=50 km/h tezlik bilan
o`tsa va butun yo`ldagi uning o`rtacha tezligi
υo`r=37,5 km/h ga teng bo`lsa, υ1 tezlik qanchaga teng bo`lgan (km/h)?
A) 25 B) 20 C) 30 D) 35
8. Mashina dovonga ko`tarilishda 15 m/s, tushishda 20 m/s tezlik bilan harakatlandi. Tushish yo`li chiqish yo`lidan 2 marta katta bo`lsa, mashinaning butun yo`l davomidagi o`rtacha tezligi (m/s) qancha bo`ladi?
A) 40 B) 35 C) 36 D) 18
*9. Poyezd yo`lning uchdan ikki qismini 10 m/s tezlikda, qolgan qismini esa 20 m/s tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping (m/s).
A) 12 B) 10 C) 14 D) 16
10. Jism yo`lning to`rtdan bir qismini υ tezlikda, qolgan qismini esa 2υ tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping.
A) υ/2 B) 2υ C) 1,6υ D) υ
*11. Jism vaqtning uchdan ikki qismini υ tezlikda, qolgan qismini esa 2υ tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping.
A) 2υ B) 5υ/3 C) 7υ/4 D) 4υ/3
12. Avtomobil vaqtning birinchi yarmida 54 km/h, qolgan yarmida esa 72 km/h tezlikda o`tdi. Avtomobilning butun harakati davomidagi o`rtacha tezligini toping (m/s).
A) 17,5 B) 17 C) 18 D) 18,5
13. Jism vaqtning uchdan bir qismini υ tezlikda, qolgan qismini esa 2υ tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping.
A) 2υ B) 5υ/3 C) 7υ/4 D) 4υ/3
14. Jism vaqtning to`rtdan bir qismini υ tezlikda, qolgan qismini esa 2υ tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping.
A) 2υ B) 5υ/3 C) 7υ/4 D) 4υ/3
15. Velosipedchi tepalikdan tekis tezlanuvchan harakat qilib tushdi va tezligini 5 m/s dan 15 m/s gacha oshirdi. Velosipedchining o`rtacha tezligini toping (m/s).
A) 10 B) 15 C) 12 D) 14
16. Velosipedchi tepalikdan 5 m/s boshlang`ich
tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakat qilib, tepalik oxirida 20 m/s tezlikka erishdi. O`rtacha tezligini toping (m/s).
A) 11,5 B) 12 C) 10 D) 12,5
17. Bola chanada uzunligi 50 m bo`lgan tepalikdan tekis tezlanuvchan tarzda harakatlanib, 10 s da sirpanib tushdi. Uning tepalik etagidagi tezligini (m/s) va butun yo`ldagi o`rtacha tezligini toping (m/s).
A) 10; 5 B) 5; 10 C) 10; 10 D) 15; 5
*18. Otliq birinchi 40 minutda 5 km yo`l bosdi. Keyingi 1 soatda 10 km/h tezlik bilan yurdi. Otliqning butun yo`l davomidagi o`rtacha tezligini toping (m/s).
A) 2 B) 4 C) 9 D) 2,5
19. Turist yo`lni 6 km ni 12 km/h tezlik bilan, qolgan 40 min da 10 km yurdi. Turist harakat boshlaganidan so`ng butun harakati davomidagi o`rtacha tezligini toping (km/h).
A) 95/7 B) 96/7 C) 90/7 D) 100/7
20. Poyezd 5 soat davomida 60 km/h tezlikda, keyingi 4 soat davomida esa 15 km/h tezlikda harakatlandi. Poyezdning butun yo`ldagi o`rtacha tezligini toping (km/h).
A) 43 B) 42 C) 45 D) 40
21. Agar jism yo`lning 1-yarmini 20 s da, 2-yarmini esa 10 s da o`tgan bo`lsa, uning o`rtacha tezligi necha (m/s)? Yo`l 240 m ga teng.
A) 11 B) 9 C) 8 D) 10
22. Vertikal otilgan jism 20 m balandlikka 2 sekundda ko`tarildi. Uning uchish davomidagi o`rtacha tezligini toping (m/s).
A) 11 B) 9 C) 8 D) 10
*23. Jism avval boshlang`ich tezliksiz a tezlanish bilan t vaqt, so`ngra 2a tezlanish bilan 2t vaqt va -a tezlanish bilan 3t vaqt harakatlandi. Jismning butun yo`ldagi o`rtacha tezligini toping.
A) at/2 B) 7at/3 C) 17at/6 D) at
24. Jism boshlang`ich tezliksiz 2a tezlanish bilan t vaqt, so`ngra -a tezlanish bilan 2t vaqt harakatlandi. Jismning butun yo`ldagi o`rtacha tezligini toping.
A) at/2 B) 7at/3 C) 17at/6 D) at
25. Jism boshlang`ich tezliksiz 2a tezlanish bilan t vaqt, so`ngra -a tezlanish bilan 2t vaqt va a tezlanish bilan 2t vaqt harakatlandi. Jismning butun yo`ldagi o`rtacha tezligini toping.
A) at/2 B) 7at/3 C) 17at/6 D) at
*26. Otliq birinchi 40 minutda 5 km yo`l bosdi. Keyingi 1 soatda 10 km/h tezlik bilan yurdi. Otliqning 1 soatlik harakatdagi o`rtacha tezligini toping (km/h).
A) 8 B) 25/3 C) 3 D) 25
27. Turist yo`lni 6 km ni 12 km/h tezlik bilan, qolgan 40 min da 10 km yurdi. Turist harakat boshlaganidan so`ng 1 soatlik harakati davomidagi o`rtacha tezligini toping (km/h).
A) 12 B) 12,5 C) 13,5 D) 13
*28. Grafikdan foydalangan holda jismning 15 sekundlik harakatdagi o`rtacha tezligini toping (m/s).

A) 50/3 B) 25/3 C) 50/7 D) 25
29. Grafikdan foydalangan holda jismning 8 sekundlik harakatdagi o`rtacha tezligini toping (m/s).

A) 15 B) 20 C) 25 D) 3




Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling