Kinematika. Kinematikaning asosiy tushunchalari


Download 1.81 Mb.
bet4/18
Sana21.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1106718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Tekshirish Kinematika Tematika 2021 2022 O\'quv yili uchun

Harakatning nisbiyligi.

*1. 400 m uzunlikdagi poyezd uzunligi 600 m bo`lgan ko`prikdan 36 km/h tezlik bilan qancha vaqtda o`tadi (s)?


A) 100 B) 150 C) 50 D) 60
2. 600 m uzunlikdagi avtokolonna 600 m uzunlikdagi tunelldan 100 sekundda o`tdi. Avtokolonna tezligini toping (m/s).
A) 10 B) 15 C) 11 D) 12
3. 72 km/h tezlikda ketayotgan 200 m uzunlikdagi poyezd 400 m uzunlikdagi ko`prikdan qancha vaqt davomida o`tadi (s)?
A) 20 B) 15 C) 30 D) 25
4. Uzunligi 350 m va tezligi 54 km/h bo`lgan poyezd 400 m uzunlikdagi tunnelni qancha vaqtda bosib o`tadi (s)?
A) 25 B) 50 C) 60 D) 40
5. Uzunligi 200 m va tezligi 10 m/s bo`lgan poyezddagi pasajir poyezdning tuneldan 100 s da o`tganligini aniqladi. Tunel uzunligini aniqlang (km).
A) 0,8 B) 1,2 C) 0,9 D) 1
*6. Uzunligi 630 m, tezligi 48,6 km/h bo`lgan yuk poyezdi va uzunligi 120 m, tezligi 102,6 km/h bo`lgan elektropoyezd ikki parallel yo`ldan bir yo`nalishda ketyapti. Elektropoyezd yuk poyezdini qancha vaqtda quvib o`tadi (s)?
A) 25 B) 50 C) 60 D) 40
7. Uzunligi 630 m, tezligi 77,4 km/h bo`lgan yuk poyezdi va uzunligi 120 m, tezligi 102,6 km/h bo`lgan elektropoyezd ikki parallel yo`lda qarama-qarshi yo`nalishda ketyapti. Poyezdlar qancha vaqtda bir birini yonidan o`tadi (s)?
A) 20 B) 15 C) 30 D) 25
8. Ikki parallel yo`lda uzunligi 370 m, tezligi 72 km/h bo`lgan yuk poyezdi va uzunligi 230 m, tezligi 90 km/h bo`lgan passajir poyezdi bir tomonga harakatlanmoqda. Qancha vaqt davomida ikkinchi poyezd birinchi poyezdni quvib o`tadi (s)?
A) 120 B) 100 C) 110 D) 90
9. Ikki parallel yo`lda uzunligi 220 m, tezligi 72 km/h bo`lgan yuk poyezdi va uzunligi 230 m, tezligi 90 km/h bo`lgan passajir poyezdi qarama-qarshi tomonga harakatlanmoqda. Qancha vaqt davomida birinchi poyezd ikkinchi poyezdni yonidan o`tadi (s)?
A) 8 B) 12 C) 9 D) 10
10. Ikkita bir xil uzunlikdagi avtomobil bir-biriga tomon 54 km/h va 90 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Ikkinchi avtomobil birinchi avtomobil yonidan 0,2 s davomida o`tganligi aniqlandi. Bitta avtomobil uzunligini aniqlang (m).
A) 5 B) 10 C) 6 D) 4
11. 15 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 200 m uzunlikdagi tanker o`sha yo`nalishda 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan 150 m uzunlikdagi boshqa tanker yonidan suzib o`tdi. Quvib o`tish qancha vaqt davom etgan (s)?
A) 70 B) 60 C) 50 D) 40
12. 15 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 100 m uzunlikdagi tanker qarama-qarshi yo`nalishda 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan 150 m uzunlikdagi boshqa tanker yonidan suzib o`tdi. Bir- birini yonidan o`tish qancha vaqt davom etgan (s)?
A) 8 B) 20 C) 10 D) 15
*13. Uzunligi 450 m va tezligi 36 km/h bo`lgan poyezd parallel yo`lda 9 km/h tezlik bilan qarama- qarshi yo`nalishda kelayotgan velosipedchi yonidan qancha vaqtda o`tib bo`ladi (s)?
A) 18 B) 36 C) 10 D) 30
14. Tezligi qanday bo`lgan poyezd parallel yo`lda 9 km/h tezlik bilan qarama-qarshi yo`nalishda kelayotgan velosipedchi yonidan 50 s da o`tib bo`ladi (m/s)? Poyezdning uzunligi 450 m.
A) 7,5 B) 5,5 C) 4,5 D) 6,5
15. Yo`lovchi 3,6 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Qarama-qarshi yo`nalishda 10 m/s tezlikda kelayotgan mashinalar qatori yo`lovchining yonidan qancha vaqt davomida o`tib bo`ladi (s)? Mashinalar qatorining uzunligi 121 m.
A) 11 B) 21 C) 10 D) 15
16. 36 km/h tezlikda harakatlanayotgan poyezd ko`prikdan 10 min da o`tdi. Agar ko`prik uzunligi poyezd uzunligidan 4 marta uzun bo`lsa, poyezd va ko`prik uzunligini toping (m).
A) 1200; 4800 B) 4800; 1200
C) 4000; 1000 D) 1000; 4000
17. 200 m uzunlikdagi poyezd parallel yo`lda 9 km/h tezlikda ketayotgan velosipedchini 10 sekundda quvib o`tdi. Poyezd tezligini toping (m/s).
A) 15 B) 17,5 C) 22,5 D) 30
*18. Tezligi 48,6 km/h bo`lgan yuk poyezdi va uzunligi 120 m, tezligi 102,6 km/h bo`lgan elektropoyezd ikki parallel yo`ldan bir yo`nalishda ketyapti. Agar elektropoyezdagi yo`lovchi yuk poyezdi uning yonidan 50 s da o`tganini aniqlagan bo`lsa, yuk poyezdining uzunligini aniqlang (m).
A) 700 B) 750 C) 630 D) 870
19. Ikki poyezd bir-biriga tomon 72 km/h va 54 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Birinchi poyezddagi kishi ikkinchi poyezd uning yonidan 14 s davomida o`tganligini aniqladi. Ikkinchi poyezdning uzunligi qancha (m)?
A) 710 B) 750 C) 630 D) 490
*20. 0,5 m/s tezlikda harakatlanayotgan eskalatorda harakat yo`nalishida eskalator bilan bog`langan sanoq sistemasiga nisbatan 1 m/s tezlikda odam harakatlanmoqda. Odamning 10/3 s dagi eskalatorga va yerga nisbatan ko`chishini toping (m).
A) 10/3; 5 B) 5; 10/3 C) 5; 5 D) 10/3; 10/3
21. Metro eskalatori 0,75 m/s tezlik bilan harakatlanadi. Yo`lovchi sanoq sistemasida eskalatorning harakatlanish yo`nalishida 0,25 m/s tezlik bilan yurib borayotgan bo`lsa (sanoq sistemasi eskalator bilan bog`langan), u yerga nisbatan 20 m masofaga ko`chishi uchun ketadigan vaqtni aniqlang (s).
A) 15 B) 20 C) 25 D) 30
*22. Kater daryoda suvga nisbatan 54 km/h tezlik bilan harakat qiladi. Oqim tezligi 9 km/h ga teng. Katerning oqim bo`yicha va oqimga qarshi tezliklarini (qirg`oqqa nisbatan) toping (m/s). Katerning 2 soatdagi oqim bo`yicha va oqimga qarshi bosib o`tgan yo`llarini toping (km).
A) 17,5; 12,5; 126; 90 B) 17,5; 12,5; 120; 90
C) 17; 15; 126; 90 D) 17,5; 12,5; 126; 126
23. 3 m/s tezlikda oqayotgan daryoda qayiq suvga nisbatan 72 km/h tezlikda suzmoqda. Qayiq 391 m masofani oqim bo`yicha va oqimga qarshi suzib o`tgandagi vaqtlarni toping (s).
A) 17; 20 B) 23; 17 C) 23; 23 D) 17; 23
24. Kater daryoda oqim yo`nalishi bo`ylab suvga nisbatan 25 m/s tezlik bilan suzmoqda. Agar oqim tezligi 18 km/h bo`lsa, katerning 10 min da bosib o`tgan yo`lini toping (km).
A) 15 B) 14 C) 18 D) 20
*25. Daryoning to`g`ri chiziqli qismida ikkita shaharcha joylashgan bo`lib, ular orasidagi masofa 100 km ga teng. Kater bu masofani oqim bo`yicha 5 soatda, oqimga qarshi esa 10 soatda bosib o`tdi. Katerning oqim bo`yicha va oqimga qarshi yo`nalishdagi qirg`oqqa nisbatan tezliklarini toping (km/h). Katerning suvga nisbatan tezligi va daryoning oqim tezligini toping (km/h).
A) 20; 10; 15; 5 B) 15; 5; 20; 10
C) 15; 10; 15; 5 D) 20; 10; 12; 5
26. Parom 60 km masofaga daryoda suzib borib, qaytib keldi. Agar parom borishda 3 soat, qaytishda esa 10 soat vaqt sarflagan bo`lsa, paromning suvga nisbatan tezligini toping (km/h).
A) 10 B) 13 C) 15 D) 14
27. 1 m/s tezlikda oqayotgan daryoda qayiq 3 m/s tezlikda suvga nisbatan oqimga qarshi suzmoqda. Qayiqning 20 s mobaynida suvga va qirg`oqqa nisbatan ko`chishini toping (m).
A) 40; 60 B) 40; 30 C) 10; 20 D) 60; 40
*28. Qayiq daryoda biror masofani oqim bo`yicha 2 soatda, oqimga qarshi esa 6 soatda bosib o`tsa, qayiqning suvga nisbatan tezligi, oqim tezligidan necha marta katta?
A) 3 marta B) 4 marta C) 2 marta D) teng
29. Qayiq daryoda biror masofani oqim bo`yicha 2 soatda, oqimga qarshi esa 4 soatda bosib o`tsa, qayiqning suvga nisbatan tezligi, oqim tezligidan necha marta katta?
A) 3 marta B) 4 marta C) 2 marta D) teng
30. Qayiqning suvga nisbatan tezligi oqim tezligidan 2 marta katta. Oqimga qarshi biror masofani bosib o`tishdagi sarf bo`lgan vaqt, o`sha masofani oqim bo`yicha bosib o`tishdagi vaqtdan necha marta katta?
A) 2 marta B) 4 marta C) 3 marta D) teng
*31. Qayiq kengligi 250 m bo`lgan daryoni oqimga tik yo`nalishda 10 m/s tezlikda suzib o`tmoqda. Agar oqim tezligi 9 km/h bo`lsa, qayiq daryoni qancha vaqtda kesib o`tadi (s)? Kesib o`tish jarayonida oqim qayiqni necha metrga surib ketadi?
A) 25; 62,5 B) 25; 60 C) 30; 50 D) 20; 10
32. Kengligi 500 m bo`lgan daryoni qayiq oqimga tik yo`nalishda 72 km/h tezlikda kesib o`tdi. Agar oqim tezligi 3 m/s ga teng bo`lsa, qayiq daryoni qancha vaqtda kesib o`tadi (s)? Bu holatda oqim qayiqni qancha masofaga surib ketadi (m)?
A) 75; 25 B) 20; 30 C) 25; 15 D) 25; 75
33. Qayiq daryodan suv oqimiga perpendikulyar yo`nalishda o`tmoqda. Qayiqning tezligi 1,4 m/s, oqim tezligi 0,7 m/s, daryo eni 308 m. Qayiq daryoni qancha vaqtda kesib o`tadi (s)? Oqim qayiqni necha
metrga surib ketadi (m)?
A) 200; 140 B) 210; 160
C) 220; 154 D) 150; 200
34. Kater kengligi 1000 m bo`lgan daryoni oqimga tik yo`nalishda 100 s da kechib o`tdi. Agar bu holatda oqim qayiqni 200 m masofaga surib ketgan bo`lsa, daryoning oqim tezligini toping (m/s).
A) 3 B) 4 C) 2 D) 1
35. 72 km/h tezlikda harakatlanayotgan vagonga qarata harakatga perpendikulyar yo`nalishda o`q uzildi. O`q vagon devorlarini teshib o`tib, bir-biridan 10 cm ga siljigan teshiklar hosil qildi. Agar vagon kengligi 3 m bo`lsa, o`q tezligini toping (m/s).
A) 600 B) 400 C) 300 D) 500
*36. Oqim tezligi 3 m/s bo`lgan daryoda qayiq suvga nisbatan 5 m/s tezlikda harkatlanadi. Kengligi 400 m bo`lgan daryoni qayiq eng qisqa yo`l orqali qancha vaqtda bosib o`ta oladi (s)?
A) 80 B) 110 C) 120 D) 100
37. Oqim tezligi 3 m/s bo`lgan daryoda qayiq suvga nisbatan 5 m/s tezlikda harkatlanadi. Kengligi 400 m bo`lgan daryoni qayiq qanday eng qisqa vaqtda bosib o`ta oladi (s)?
A) 80 B) 110 C) 120 D) 100
38. Karter 18 km/h tezlik bilan oqim tezligi 7.2 km/h bo’lgan daryoda oqim bo’ylab harakatlanmoqda. Ularning natijaviy tezligini (m/s) aniqlang.
A) 3 B) 2 C) 5 D) 7
39. Ikki avtomobil o’zaro qarama qarshi yo’nalishda v1=90 km/h va v2=54 km/h tezliklar bilan harakatlanmoqdalar. Ularning nisbiy tezliklarini aniqlang. (m/s)
A) 40 B) 46 C) 25 D) 15
40. Samalyot 900 km/h tezlik bilan shamolga qarshi harakatlanmoqda. Shamolning tezligi 120 m/s ekanligi ma’lum bo’lsa, natijada samalyot qanday tezlik bilan harakatlanishini aniqlang.(m/s)?
A) 140 B) 120 C) 130 D) 220
41. Ikki avtomobil 2.4 km masofadan bir-biri tomon v1=36 km/h va v2=72 km/h tezliklar bilan harakatlanib kelmoqdalar. Ular qancha vaqtdan so’ngh ko’rishadilar?(s)
A) 40 B) 60 C) 90 D) 80
42. x1=-24+20t qonuniyat bilan harakatlanayotgan jism , x2=20+10t qonuniyat bilan harakatlanayotgan ikkinchi jismni qancha vaqtda quvib o’tadi? (s)
A) 4.9 B) 3.6 C) 6.4 D) 4.4
43. Ikki avtomobil o’zaro 600 li yo’ldan v1=90 km/h va v2=54 km/h tezliklar bilan harakatlanmoqdalar. Ularning nisbiy tezligini aniqlang. (m/s)
A) B)
C) D)
44. Politsiachi 20 m/s tezlik bilan tezligi 16 m/s bo’lgan qoidabuzarni quvib ketmoqda. Dastlab ular orasidagi masofa 320 m ekani ma’lum bo’lsa qancha vaqtdan so’ng uni quvib yetadi? (s)
A) 1 soat, 40 minut B) 2 soat, 10 minut
C) 1 soat, 20 minut D) 3 soat, 30 minut
45. Bir biri tomon Ikki poyezd uzunliklari mos ravishda l1=200 m va l2=400 m, tezliklari v1=60 m/s va v2=20 m/s ga teng. Ular bir birining yonidan qancha (s) vaqtda bosib o’tadi
A) 7 B) 8 C) 15 D) 12
46. Ikkita mototsiklchi ikki paralell yo’lda yo’nalishlari mos ravishda v1=40 m/s va v2=72 km/h tezliklar bilan harakatlanmoqdalar. Ularmimg nisbiy tezligi aniqlang. (m/s)
A) 15 B) 32 C) 20 D) 42
47. Birinchi piyoda 2 m/s tezlikda Harakatlanmoqda. U 10 sekunda harakatlangandan so’ng harakat boshlagan joyidan ikkinchi Piyoda 3 m/s tezlik bilan harakat boshladi. Qancha vaqtdan so’ng birinchi piyodaga yetib oladi?(s)
A) 10 B) 20 C) 15 D) 25
48. Sol oqim tezligi 36 km/h bo’lgan daryoda 30 s harakatlansa qancha masofani bosib o’tishini aniqlang. (km)
A) 3,6 B) 1,8 C) 0,3 D) 2,5
49. Suzuvchi oqim tezligi 30 m/s bo’lgan daryoda oqimga tik ravishda 40 m/s tezlikda harakatlansa uning natijaviy tezligi qanday bo’ladi?(m/s)
A) 30 B) 50 C) 70 D) 10
50. Birinchi mototsiklchi 12 m/s tezlik bilan harakat boshladi. Unga tik yo’nalishda 5 m/s tezlik bilan ikkinchi mototsiklchi harakat boshladi. Ularning nisbiy tezliklarini aniqlang. (m/s)
A) 13 B) 18 C) 7 D) 17




Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling