Kinematika. Kinematikaning asosiy tushunchalari
Download 1.81 Mb.
|
Tekshirish Kinematika Tematika 2021 2022 O\'quv yili uchun
Yo`l formulalari.
1. Velosipedchi 3 m/s boshlang`ich tezlik va 2 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlanmoqda. U 1 sekundda qancha masofani o`tadi (m)? A) 4 B) 5 C) 6 D) 7 2. Avtomobil 2 m/s2 tezlanish bilan 2 sekundda qancha masofani o`tadi (m)? Boshlang`ich tezlik 4 m/s ga teng. Avtomobil harakati tekis tezlanuvchan. A) 10 B) 14 C) 12 D) 15 3. Velosipedchi 1 m/s2 tezlanish bilan sekinlanuvchan harakat qilmoqda. Velosipedchi 2 sekundda qancha masofani o`tadi (m)? Boshlang`ich tezlik 5 m/s ga teng. A) 4 B) 1 C) 5 D) 8 4. Avtomobil tinch holatdan harakat boshlab, 100 s da 500 m masofani o`tdi. Agar avtomobil harakatni 10 m/s boshlang`ich tezlik bilan boshlasa, huddi shu vaqtda qancha masofani o`tadi (km)? A) 1,5 B) 1 C) 0,5 D) 2 5. Chang`ichi 0,2 m/s2 tezlanish bilan harakatlanib, uzunligi 50 m bo`lgan qiyalikni 10 s da o`tdi. Uning qiyalik boshidagi tezligi qanday bo`lgan (m/s)? A) 4 B) 5 C) 6 D) 7 *6. 3 m/s2 tezlanish bilan harakatlanayotgan jism o`z tezligini 36 km/h dan 72 km/h gacha oshirdi. Jismning bosib o`tgan yo`lini toping (m). A) 70 B) 50 C) 40 D) 100 7. 2 m/s2 tezlanish bilan harakatlanayotgan jism o`z tezligini 108 km/h dan 72 km/h gacha kamaytirdi. Jismning bosib o`tgan yo`lini toping (m). A) 100 B) 150 C) 200 D) 125 8. Velosipedchi qanday masofada (m) tezligini 2 m/s dan 10 m/s gacha oshiradi? Tezlanish 1 m/s2 ga teng. A) 96 B) 64 C) 48 D) 50 9. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning boshlang`ich tezligi 5 m/s, tezlanishi esa 3 m/s2 bo`lib, u 24 m yo`l o`tgan. Jismning oxirgi tezligini toping (m/s). A) 13 B) 5 D) 14 D) 10 10. Tekis sekinlanuvchan harakat qilayotgan jismning boshlang`ich tezligi 13 m/s, tezlanishi esa 3 m/s2 bo`lib, u 24 m yo`l o`tdi. Jismni oxirgi tezligini toping (m/s). A) 13 B) 5 D) 14 D) 10 11. Agar jismning boshlang`ich tezligi 10 m/s, tezlanishi esa 1 m/s2 bo`lsa, jism tezligini 2 marta orttirish uchun qancha masofani bosib o`tishi kerak (m)? A) 100 B) 150 C) 200 D) 75 12. 20 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobilga tormoz berilgach, tezligi 30 m masofada 10 m/s masofagacha kamaydi. Avtomobil tekis sekinlanuvchan harakat qildi deb hisoblab, tezlanishni modulini (m/s2) va tormozlanish vaqtini aniqlang (s). A) 2; 5 B) 1; 6 C) 5; 1 D) 5; 2 13. Agar 2 km yo`lda avtomobilning tezligi 36 dan 72 km/h gacha ortgan bo`lsa, avtomobil qanday tezlanish bilan harakatlangan (m/s2)? A) 0,075 B) 0,75 C) 7,5 D) 75 14. Avtomobil 100 m yo`lda tezligini 36 dan 72 km/h gacha oshirgan bo`lsa, u qanday tezlanish bilan harakatlangan (m/s2)? A) 1 B) 1,5 C) 2 D) 1,25 *15. Jismning 10 sekundlik harakati davomida tezligini 2 m/s dan 8 m/s gacha oshirsa, uning bosib o`tgan yo`lini toping (m). A) 60 B) 40 C) 50 D) 100 16. 36 km/h boshlang`ich tezlikka ega bo`lgan tramvay tekis tezlanuvchan harakat qilib, 10 s da 150 m yo`l o`tdi. Yo`l oxirida u qanday tezlikka ega bo`ladi (m/s)? A) 12 B) 10 C) 20 D) 15 *17. 2 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism 6-sekundda qancha masofani o`tadi (m)? Boshlang`ich tezlik 5 m/s ga teng. A) 16 B) 10 C) 15 D) 12 18. 4 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism 10-sekundda qancha masofani o`tadi (m)? Boshlang`ich tezlik 3 m/s ga teng. A) 40 B) 38 C) 42 D) 41 19. Avtomobil o`z harakatining ikkinchi sekundida 9 m masofani bosib o`tgan bo`lsa, uning tezlanishini toping (m/s2). Avtomobilning boshlang`ich tezligi nolga teng. A) 5 B) 6 C) 9 D) 7 20. Jism harakatlana boshlagandan keyin harakatining 8-sekundida 30 m masofani bosib o`tsa, u qanday tezlanish (m/s2) bilan harakatlangan? A) 5 B) 6 C) 4 D) 7 21. Jism 6 m/s2 tezlanish bilan harakat qila boshladi. U harakatning 5-sekundida qancha yo`l bosadi (m)? A) 28 B) 27 C) 36 D) 48 22. Boshlang`ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism harakatning 5-sekundida 45 m yo`l bosgan bo`lsa, uning tezlanishini toping (m/s2). A) 10 B) 12 C) 15 D) 16 23. Agar harakatning 8-sekundida 30 m yo`l o`tgan bo`lsa, jism necha m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda? Boshlang`ich tezlik 15 m/s. A) 1,5 B) 1 C) 0,5 D) 2 *24. Tinch holatidan 2 m/s2 tezlanish bilan harakat boshlagan jism 2 sekundda qancha masofani o`tadi (m)? A) 4 B) 5 C) 3 D) 2 25. Tinch holatidan 4 m/s2 tezlanish bilan harakat boshlagan jism 3 sekundda qancha masofani o`tadi (m)? A) 16 B) 17 C) 18 D) 20 26. Avtomobil tinch holatdan 0,6 m/s2 tezlanish bilan necha sekundda 30 m masofani bosib o`tadi? A) 16 B) 10 C) 15 D) 12 27. Avtomobil tinch holatdan 10 m/s2 tezlanish bilan necha sekundda 45 m masofani bosib o`tadi? A) 4 B) 5 C) 2 D) 3 28. Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jismning harakat vaqtini 2 marta oshirsak, uning bosib o`tadigan yo`li qanday o`zgaradi? A) 4 marta ortadi B) 4 marta kamayadi C) 2 marta ortadi D) 2 marta kamayadi *29. Tinch holatidan harakat boshlagan jism 36 km/h tezlikka erishdi. Agar tezlanish 2 m/s2 ga teng bo`lsa, qancha masofani o`tadi (m)? A) 32 B) 28 С) 25 В) 30 30. Boshlang`ich tezliksiz harakat boshlagan jism 10 sekundda 72 km/h tezlikka erishsa, u qanday masofani o`tgan (m)? A) 100 B) 150 C) 50 D) 180 31. Boshlang`ich tezliksiz harakat boshlagan jism 20 sekundda 108 km/h tezlikka erishsa, u qanday masofani o`tgan (m)? A) 200 B) 150 C) 250 D) 300 32. Tinch holatidan boshlab tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jism 30 sekundda 300 m masofani o`tdi. Jism qanday tezlikka erishadi (m/s)? A) 70 B) 60 C) 20 D) 30 33. Tepalikning eng pastki qismida chana tezligi 36 km/h ga teng va u 1 m/s2 tezlanish bilan sirpanib tushgan bo`lsa, u qancha yo`l bosib o`tgan (m)? A) 70 B) 80 C) 60 D) 50 *34. Tinch holatdan harakat boshlagan jism 4 sekundda 16 m masofani tekis tezlanuvchan harakat qilib o`tdi. Jismning tezlanishini toping (m/s2). Ushbu jism 10 sekundda qancha masofani bosib o`tadi (m)? A) 100; 2 B) 4; 50 C) 2; 25 D) 2; 100 35. Tinch holatidan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jism 5 sekundda 25 m yo`l o`tsa, 8 sekundda qancha masofani o`tadi (m)? A) 25 B) 64 C) 8 D) 32 36. Jism boshlang`ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat qilib, 5 s da 25 m masofani bosib o`tdi. Harakat boshlangan dan necha sekundda 400 m masofani bosib o`tadi? A) 20 B) 10 C) 10 D) 15 37. Agar avtomobil tekis tezlanuvchan harakat boshlab, 5 s da 25 m yo`l o`tgan bo`lsa, u 100 m masofani qancha vaqtda bosib o`tadi (s)? A) 20 B) 10 C) 14 D) 15 *38. Tinch holatdan boshlab tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism to`rtinchi sekundda 7 m yo`l o`tsa, harakat boshidan 10 s o`tgach, qancha yo`l bosadi (m)? A) 80 B) 90 C) 100 D) 120 39. Tinch holatdan boshlab tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism uchinchi sekundda 5 m yo`l o`tsa, harakat boshidan 8 s o`tgach, qancha yo`l bosgan bo`ladi (m)? A) 64 B) 32 C) 48 D) 50 40. Jism tekis tezlanuvchan harakat qilib, 5- sekundda 18 m yo`l bosdi. Jismning 10 s da bosib o`tgan yo`lini toping (m). A) 100 B) 150 C) 120 D) 200 41. Tinch turgan jism o`zgarmas tezlanish bilan harakat boshlab, uchinchi sekundda 5 m yo`l bosdi. U dastlabki 3 s da qancha yo`l bosib o`tgan (m)? A) 18 B) 9 C) 10 D) 12 *42. 72 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil tormozlanganda 4 s dan keyin to`xtadi. Tormozlanish yo`lini toping (m). A) 10 B) 15 C) 40 D) 45 43. Samalyotning qo`nish tezligi 180 km/h va qo`nish masofasi 700 m bo`lsa, u qancha vaqtda (s) qo`nadi? A) 28 B) 30 C) 32 D) 27 44. 20 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil tormozlanish natijasida 2 s da to`xtadi. Avtomobil tormozlanish yo`lini toping (m). A) 15 B) 10 C) 25 D) 20 45. 8 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan mashina tormoz berilgach, 3 s da to`xtadi. Mashinani tormozlanish yo`lini toping (m). A) 12 B) 13 C) 15 D) 18 46. 72 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil tormozlanish natijasida 4 s da to`xtadi. Avtomobil tezlanishining modulini toping (m/s2). A) 5 B) 40 C) 10 D) 15 *47. Boshlang`ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning 29- va 48-sekundlardagi ko`chishlarini nisbatini toping. A) 10/9 B) 4/7 C) 3/5 D) 48/29 48. 5 m/s boshlang`ich tezlik va 10 m/s2 tezlanish bilan harakat qilayotgan jismning 3- va 5- sekundlardagi ko`chishlari nisbatini toping. A) 10/9 B) 4/7 C) 3/5 D) 48/29 *49. Birinchi velosipedchi 10 m/s boshlang`ich tezlik bilan tekis sekinlanuvchan, ikkinchisi esa 2 m/s boshlang`ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakat qilib, bir-biriga yaqinlashmoqdalar. Ular tezlanishlarining absolyut qiymatlari bir xil bo`lib, 80 s o`tgach uchrashishdi. Velosipedchilar orasidagi boshlang`ich masofani toping (m). A) 860 B) 960 C) 1000 D) 900 50. Birinchi avtomobil 108 km/h boshlang`ich tezlik bilan tekis sekinlanuvchan, ikkinchisi esa 5 m/s boshlang`ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakat qilib, bir-biriga yaqinlashmoqdalar. Ular tezlanishlarining absolyut qiymatlari bir xil bo`lib, oralaridagi boshlang`ich masofa 3,5 km bo`lsa, avtomobillarning uchrashuv vaqtini toping (s). A) 86 B) 96 C) 100 D) 90 *51. Gorizontal sirtdagi yog`och bo`lagiga (brusokka) 5 m/s boshlang`ich tezlik berildi. U -1 m/s2 tezlanish olgan bo`lsa, 5 s da qancha masofani o`tadi (m)? A) 12,5 B) 1,25 C) 125 D) 0,125 52. Gorizontal joylashgan stol ustiga qo`yilgan brusokka 2 m/s boshlang`ich tezlik berilganda, u 1 s da to`xtadi. Brusok qancha yo`l bosib o`tadi (m). A) 2 B) 3 C) 1,5 D) 1 53. Muz ustidagi shaybaga 10 m/s tezlik berilganda, u -2 m/s2 tezlanish bilan harakatlanadi. Shaybaning 6 sekundda bosib o`tgan yo`lini toping (m). A) 24 B) 2,5 C) 25 D) 0,25 54. Brusokka 5 m/s tezlik berilganda, u -1 m/s2 tezlanish bilan harakatlanadi. Brusokning 6 sekundda bosib o`tgan yo`lini toping (m). A) 12,5 B) 1,25 C) 125 D) 0,125 55. 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan avtomobil kuzovidagi jism avtomobilga nisbatan uning harakatiga qarama-qarshi yo`nalishda 4 m/s2 tezlanish bilan sirpanmoqda. Bunda jismning yerga nisbatan tezlanishi qanday bo`ladi (m/s2)? A) 14 B) 6 C) 0 D) 4 *56. 1 m/s boshlang`ich tezlik bilan harakat boshlagan jism ma'lum bir masofani tekis tezlanuvchan harakat qilib o`tdi va 7 m/s tezlikka erishdi. Shu masofani yarmidagi tezligini toping (m/s). A) 14 B) 6 C) 0 D) 5 57. 2 m/s boshlang`ich tezlik bilan harakat boshlagan jism ma'lum bir masofani tekis tezlanuvchan harakat qilib o`tdi va 10 m/s tezlikka erishdi. Jismni shu masofaning birinchi 1/3 qismidagi tezligini toping (m/s). A) 6 B) 7 C) 5 D) 8 *58. Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jism ma'lum bir masofani 3 sekundda o`tsa, yo`lning boshlang`ich 1/9 qismini qancha vaqtda o`tadi (s)? A) 1,5 B) 1 C) 2 D) 3 59. Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jism ma'lum bir masofani 2 sekundda o`tsa, yo`lning boshlang`ich 1/4 qismini qancha vaqtda o`tadi(s)? A) 1,5 B) 1 C) 2 D) 3 60. Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jism yo`lning 1/16 qismni 1 sekundda o`tsa, butun yo`lni qancha vaqtda o`tadi (s)? A) 1 B) 5 C) 4 D) 3 61. Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jism yo`lning 1/9 qismni 1 sekundda o`tsa, yo`lning qolgan qismini qancha vaqtda o`tadi (s)? A) 1,5 B) 1 C) 2 D) 3 Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling