Kinematika


Keyingi yillarda olimpiadalarda tavsiya etilgan masalalar


Download 1.05 Mb.
bet26/30
Sana30.10.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1734249
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Oquv qollanma Fizikadan olimpiada masalalari

Keyingi yillarda olimpiadalarda tavsiya etilgan masalalar

  1. Boshlang’ich tezligi 3 m/s va tezlanishi 0,2 m/s2 bo’lgan jism A punktdan to’g’ri chiziq bo’ylab B punktga tomon harakat boshlaydi. A va B punktlar orasidagi masofa 3,46 km. 20 s dan so’ng B dan A ga qarab ikkinchi jism 7 m/s boshlang’ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakatlana boshladi. Birinchi jism harakat boshlagandan 100 s o’tgach ular uchrashdilar. Ikkinchi jismning tezlanishi va uchrashish momentidagi tezligi topilsin.

Berilgan:
S=3,46 km=3460 m,
vo1=3m/s,
a1=0,2 m/s2,
t1=100 s,
vo2=7m/s,
t2=80 s.
Topish kerak: a1=?, v2=?
Yechish. Masala shartiga ko’ra ikkala jism ham tekis tezlanuvchan harakat qiladi. Birinchi jismning bosib o’tgan yo’li
S1= vo1t1+a1t12/2=3∙100+0,2∙1002/2=1300 m.
Ikkinchi jismning bosib o’tgan yo’li
S2= S-S1=3460-1300=2160 m.
Ikkinchi tomondan
S2= vo2t2+a2t22/2
Bu yerdan ikkinchi jismning tezlanishini topamiz:
a2=2S2/t22-2vo2/t2=2∙2160/802-2∙7/80=0,5 m/s2.
Ikkinchi jismning uchrashish paytidagi tezligini
v2=vo2+a2t2
formuladan hisoblaymiz:
v2=7+0,5∙80=47 m/s.
Javob: a2=0,5 m/s2, v2=47 m/s.

  1. Porshenli nasosning ishchi hajmi 0,5 l. Nasos hajmi 3 l va bosimi normal atmosfera bosimiga teng bo’lgan ballon bilan ulangan. Porshenning besh marta siquvchi ishchi yo’lidan so’ng ballondagi bosim qanday bo’ladi?


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling