16.2 jadvaldan qiymatlarni qo‘yib quyidagini olamiz:
bo‘lib quyidagini olamiz 2.00=(2.00)m demak m=1. SHu sababdan, reaksiya A bo‘yicha birinchi tartibda, chunki A ning konsentratsiyasi ikki marta oshsa, tezlik ham ikki marta ortadi.
2. V ning tartibi n ni topish. n ni topish uchun biz 1 va 3 tenglamalarni bir biriga bo‘lamiz, chunki ularda A o‘zgarmaydi va V ikki martta ortadi:
YUqoridagi kabi k konstanta va A konsentratsiyalar o‘zgarmagani uchun ularni qisqartiramiz va quyidagini olamiz:
Qiymatlar qo‘yilganida esa
bo‘lib quyidagini olamiz 2.00=(2.00)n demak n=1. SHu sababdan, reaksiya V bo‘yicha ham birinchi tartibda, chunki A ning konsentratsiyasi ikki marta oshsa, tezlik ham ikki marta ortadi. Ushbu xulosani 4 tajriba orqali tekshirishimiz mumkin: agar ikkala [A] va [B] lar ikki marttaga ortsa, tezlik 4 barobar ortishi kerak va shunday bo‘ldi ham. Demak, m va n lar 1 ga teng bo‘lgan tezlik qonuni
tezlik=k[A][B]
shuni ham qayd etib o‘tish joizki, V ning reaksiya tenglamasidagi koeffitsienti 2 bo‘lsa ham, u bo‘yicha reaksiya tartibi 1 ga teng. Bu esa yana bir bor reaksiya tartibini tajribadan aniqlash kerakligini anglatadi.
Keling endi azot monoksidi va kislorod orasidagi reaksiyani (kislotali yomg‘ir hosil bo‘lishi va sanoatda azot kislota olishning muhim bosqichlaridan biri) ko‘rib chiqamiz:
|