Kinetika: Kmyoviy reaksiyalarning tezliklari va mexanizmlari


Download 0.66 Mb.
bet1/9
Sana11.06.2020
Hajmi0.66 Mb.
#117597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8. Кимёвий реакция тезлиги (2)






Kinetika: Kmyoviy reaksiyalarning tezliklari va mexanizmlari


Muhim ma’lumotlar

Reaksiya tezligiga e’tibor

Reaksmiyaning tezligi bu regent konsentriyasining mahsulot tomonga, vaqt birligi ichida o‘zgarishiga aytiladi. Reaksiyalaring tezliklari keng diapazonga ega, ammo har bir reaksiya berilgan sharoitlar ostida maxsus tezlikka ega bo‘ladi. Reagentlar reaksiyaga butunlay kirishishi uchun tezlik konsentratsiya va reagentlarning fizik holatiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, tezlik temperaturaga bog‘liq bo‘ladi, chunki moddalar etarli kinetik energiya bilan reaksiyaga kirishishi kerak (16.1 bo‘lim).

Reaksiya agar boshida tez boshlansa, reagentning konsentratsiyasi maksimal bo‘lsa va oxirida minimal bo‘lsa tezlik o‘zgaradi. Konsentratsiyaning umumiy vaqt bo‘ylab o‘zgarishiga o‘rtacha tezlik deb ataladi, oniy tezlik esa xar qanday vaqtdagi o‘zgarishidir. (16.2 bo‘lim).

Reaksiya tezligi tezlik qonuni (yoki tezlik tenglamasiga) bo‘ysunadi. Ushbu tenglamaga temperaturaga bog‘liq bo‘lgan tezlik konstantasi va eksponensial o‘zgaruvchan, bir yoki undan ko‘p konsentratsiya kiradi (boshqacha aytganda reaksiya tartibi deyiladi va u reagentnin konsentratsiyasi qanday qilib tezlikka ta’sir qilishini ko‘rsatib beradi). Tezlik qonunini faqat tajribadan topish mumkin va bunda xech qanday nazariy xisoblashlar yordam bermaydi. (16.3 bo‘lim).

Umumiy tezlik qonunida o‘zgaruvchanlar sifatida faqat konsentratsiya va vaqt mavjud. SHuningdek, reaksiya tartibini topish uchun reagentlarning yarim emirilishi ishlatiladi (yarim emirilish – reagentning yarmi ishlatib bo‘linishi uchun ketgan vaqt). Birinchi tartibli reaksiyaning yarim emirilishi reagentning konsentratsiyaga bog‘liq emas. (16.4 bo‘lim).

To‘qnashuvlar nazariyasi ta’kidlashicha, molekulalar reaksiyaga kirishishi uchun minimum energiya, faollanish energiyasi (EA), bilan to‘qnashishi kerak. Temperatura bilan tezlikning o‘sishi va Ea bilan kamayishini Arrenius tenglamasi ko‘rsatadi. (16.5 bo‘lim). YUqori temperaturalarda to‘qnashuvlar soni ortada va, eng muhimi, to‘qnashuvlar energiyasi Ea dan yuqori bo‘ladi. To‘qnashuvlar effektiv bo‘lishi uchun to‘qnashayotgan molekulalardagi atomlar bir-biri bilan to‘g‘ri yo‘nalishda joylashishlari kerak (16.5 bo‘lim).

O‘tish holati nazariyasi ta’kidlashicha, bir onda hosil bo‘luvchi molekulalarning (asosan parchalangan bog‘li zarrachalar tutishadi) paydo bo‘lishi uchun Ea kerak bo‘ladi. Reaksiyaning har bir bosqichi o‘tish xolatiga (faollashgan kompleks) ega bo‘ladi (16.5 bo‘lim).

Kimyogarlarning fikriga ko‘ra, butun reaksiya uchun reaksiya tezligini ifodalash uchun uning har bir elementar bosqichlarini bilish kerak va ularning har biri o‘z tezligiga ega, elementar bosqichlar summasi balansli umumiy reaksiya tenglamasini berishi kerak. Bunda eng sekin reaksiya bosqichining tezligi (tezlikni aniqlovchi bosqich) bo‘yicha umumiy reaksiya tezligi aniqlanadi (16.6 bo‘lim).



Katalizator bu reaksion aralashmadagi modda bo‘lib, reaksiya tezligi oshiradi va o‘zi sarflanmaydi. Katalizator eng sekin bosqichning Ea sini kamaytirib beradi. Katalizator reagentlar va mahsulotlar bilan bir xil (gomogen) yoki turli (geterogen) agregat holatlarda bo‘lishi mumkin. Ular barcha sanoat reaksiyalari, hamda biologik reaksiyalarning asosiy mahsulotlari hisoblanishadi (16.7 bo‘lim).


Moddalar almashinuvi tezligi jarayoni sovuq mijozli hayvonlarda, cho’ldagi toshbaqada kunning yarmigacha haroratning ko’tarilishini ta’sirini olishimiz mumkin. . Bu bobda reaksiya tezligiga harorat va boshqa ayrim faktorlarni ta’sirini ko’rib chiqamiz.

Bo‘limlar

16.1 Reaksiya tezligiga e’tibor

16.2 Reaksiya tezligining ifodalanishi

O‘rtacha va oniy tezliklar



16.3 tezlik qonuni va uning komponentlari

Boshlang‘ich reaksiyani aniqlash usullari

Reaksiya tartibini aniqlash

Tezlik konstantasini aniqlash



16.4 Umumiy tezlik konstantasi: Vaqt mobaynida konsentratsiyaning o‘zgarishi

Birinchi, ikkinchi va n-tartibli tezliklar

Tezliklar tartibini aniqlash

16.5 Kimyoviy kinetika nazariyalari

To‘qnashuvlar nazariyasi

O‘tish holati nazariyasi

16.6 Reaksiya mexanizmlari: reagentdan mahsulotgacha bosqichlar

Elementar reaksiyalar

Tezlikni aniqlovchi bosqich

16.7 Tezlikni oshiruvchi katalizatorlar

Asosiy katalizatorlar

Gomogen katalizatorlar

Geterogen katalizatorlar

Tabiiy katalizatorlar


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling