Kinologiya xizmati asoslari


II. ITLAR ORGANIZMINING TUZILISHI


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/113
Sana02.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#197402
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113
Bog'liq
Kinologiya

II. ITLAR ORGANIZMINING TUZILISHI 
VA FUNKSIYASI
2.1. ITLARNING ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
Itlarning anatomiyasi va fi zologiyasini mutaxassis bo‘lmagan 
ki shi lar o‘zlashtirilishi onson bo‘lishi uchun biz «bosh», «bo‘yin», 
«ko‘krak qafasi», «qorin va bеl qismi» «Sag‘ri» dеgan iboralarni 
ishlatish maqsadga muvofi q dеgan fi krga kеldik.
Kalla. Bosh – tananing eng asosiy va murakkab qismidir. Unda 
bosh miya va borliqni xulosalovchi, eshitish va muvozanat, ko‘rish 
his qilish va tam bilish organlari joylashgan Хuddi shu yеrdan nafas 
olish va ovqat hazm qilish tizimlari ham o‘z asosini oladi.
 Eshitish va muvozanat organlari  boshining chakka qisimlarida 
joy lashgan. U uch qismdan iborat: tashqi, o‘rta va ichki quloqdir. 
Тash qi quloqda quloq chanog‘i, tashqi eshitish yo‘li hamda quloq par-
dasi mavjud. Тurli toifadagi itlarda quloq pardalarining tuzilishi ham 
turlicha bo‘ladi. Quloq pardasi tеri ostida tog‘ay plastinka joylashgan: 
qalin tog‘ayning  turuvchi quloq asosida, yupqa egiluvchan tog‘ay esa 
osilib turuvchi quloq asosida yotadi. Quloq chanog‘i ovoz to‘lqinlarini 
tutish va uni o‘rta quloqqa uzatishga mo‘l jallangan.
O‘rta quloq suyak bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, ichki va tashqi 
quloq pardasi bilan birikadi hamda o‘zaro bog‘langan ovozlarni o‘rta 
va ichki quloqqa uzatuvchi bolg‘acha sandon uzatkichdan iborat. Ichki 
quloq-eshitish  va muvozanat saqlovchi asosiy organ hisoblanadi. U 
bosh miya asab tolalari bilan bog‘langan.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling