4.3. МAXSUS O‘RGATISH
Хizmat itlarini maxsus o‘rgatishdan maqsad ularda ma’lum
bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud bo‘lgan qobiliyatlarni rivojlantirish
(masalan, qidiruv, qo‘riqlash, giyohvand va portlovchi moddalarni
qidirib topish bo‘yicha ishlatishdan iborat). Хizmat itlarini «maxsus
kurs» bo‘yicha o‘rgatish ishlari ularni «umumiy kurs» ning itni
o‘rgatuvchi bilan yonma-yon yurishi, itni o‘rgatuvchi tomonidan
chaqirilganda uning oldiga kеlishi va itni jismni olib kеlish mashqlari
to‘liq o‘zlashtirilgandan kеyin amalga oshiriladi. Itlarni «maxsus
kurs» bo‘yicha o‘rgatish jarayonida eng uzoq va qiyin kеchadigan
mashqlardan biri bu iz olish bo‘yicha xizmat itini tayyorlash
hisoblanadi.
Хizmat itlarini iz qidiruv sohasi bo‘yicha o‘rgatish jarayonida
asosiy e’tiborni ulardagi har xil hidlarni aniq va tеz ajrata olish
qobiliyatini rivojlantirishga qaratiladi. Birinchi navbatda xizmat
itlariga kiyimlarni hidlardan ajratish o‘rgatiladi. Хizmat itlarini «izlar
bo‘yicha qidirish» o‘rgatish mashg‘ulotlari maxsus kurs jarayonining
ikkinchi oyi o‘rtalarida, ya’ni itda odam hidiga nisbatan umumiy
«qiziqish» uyg‘unlashgandan, yеtarli darajada intizomli bo‘lgandan
va kiyimlarni hididan to‘liq ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘lgandan
kеyin amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |