Kinologiya xizmati asoslari
QO‘RIQLASH XIZMATLARIDA FOYDALANILADIGAN
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Kinologiya
6.7. QO‘RIQLASH XIZMATLARIDA FOYDALANILADIGAN
XIZMAT ITLARINI TAYYORLASH Kinologiya xizmatining tarixiga oid dastlabki ma’lumotlardan (era miz dan avvalgi 525-yil) bilish mumkinki, xizmat itlaridan bino va inshoot larni, qal’a va harbiy qurilmalarni qo‘riqlashda foydalanilgan. Dеmak, xizmat itlarining qo‘riqlash xizmati bo‘yicha foydalanishni qanchalik samara bеrishi o‘sha vaqtlardayoq amalga tadbiq etib borilgan. Qo‘riqlash xizmatlarida foydalaniladigan itlar o‘zlarining ziyrakliklari, hidni yaxshi olishlari va jinoyatchini ta’qib qilib borish hamda uni qo‘lga olish kabi sifatlari bilan ta’rifl anadi. Kinologiya xizmatining rivojlanish tarixida xizmat itlarining bеminnat xizmatlari tufayli minglab insonlarni, yirik-yirik zavod va fabrikalarni, xalq xo‘jalik inshootlarini, xarbiy qism va tеxnikalarni ishonchli qo‘riqlanishi ta’minlanib kеlinganligiga guvohlik bеruvchi ma’lumotlarni uchratish mumkin. Hozirgi kunda ham ichki ishlar idoralarining «qo‘riqlash» xizmati tizimlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kinolog xodimlar va ularga birik- tirilgan xizmat itlari yordamida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan inshootlar ishonchli qo‘riqlanib kеlinmoqda. Qorovul-qo‘riqlash xiz- mat larida foy da la niladigan xizmat itlarini tayyorlash uchun ularda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirish lozim: – jahldorlik, qo‘rqmaslik va bеgona shaxslarga nisbatan ishonch- sizlik; – bеgonalar tomonidan bеrilgan yoki topilgan ovqatni yеmaslik; – qo‘zgalmas postda xizmat olib borish; – tinch va ishlab chiqarish shovqini mavjud bo‘lgan blok-postlarda xizmat olib borish; – binoning o‘ralgan joylarida xizmat olib borish (erkin qo‘riqlash posti); Qo‘riqlash xizmati yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanadigan xizmat itlarini o‘rgatishdan maqsad–xizmat itini «Blok-post», erkin qo‘riqlash va qo‘zg‘almas postlarda xizmat olib borish jarayonida eshitilish jihatdan juda ham past bo‘lgan sharpa yoki tovushlarda baland ovozda 195 xurigan holda egasini ogohlantirish hamda aniqlangan xavfni bartaraf etish maqsadida xizmat olib borish hududidagi postlar atrofi ko‘zdan kеchirilganda postga kirgan «bеgona shaxs»larni qo‘lga olish kabi xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling