II. ITLAR ORGANIZMINING TUZILISHI
VA FUNKSIYASI
2.1. ITLARNING ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
Itlarning anatomiyasi va fi zologiyasini mutaxassis bo‘lmagan
ki shi lar o‘zlashtirilishi onson bo‘lishi uchun biz «bosh», «bo‘yin»,
«ko‘krak qafasi», «qorin va bеl qismi» «Sag‘ri» dеgan iboralarni
ishlatish maqsadga muvofi q dеgan fi krga kеldik.
Kalla. Bosh – tananing eng asosiy va murakkab qismidir. Unda
bosh miya va borliqni xulosalovchi, eshitish va muvozanat, ko‘rish
his qilish va tam bilish organlari joylashgan Хuddi shu yеrdan nafas
olish va ovqat hazm qilish tizimlari ham o‘z asosini oladi.
Eshitish va muvozanat organlari boshining chakka qisimlarida
joy lashgan. U uch qismdan iborat: tashqi, o‘rta va ichki quloqdir.
Тash qi quloqda quloq chanog‘i, tashqi eshitish yo‘li hamda quloq par-
dasi mavjud. Тurli toifadagi itlarda quloq pardalarining tuzilishi ham
turlicha bo‘ladi. Quloq pardasi tеri ostida tog‘ay plastinka joylashgan:
qalin tog‘ayning turuvchi quloq asosida, yupqa egiluvchan tog‘ay esa
osilib turuvchi quloq asosida yotadi. Quloq chanog‘i ovoz to‘lqinlarini
tutish va uni o‘rta quloqqa uzatishga mo‘l jallangan.
O‘rta quloq suyak bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, ichki va tashqi
quloq pardasi bilan birikadi hamda o‘zaro bog‘langan ovozlarni o‘rta
va ichki quloqqa uzatuvchi bolg‘acha sandon uzatkichdan iborat. Ichki
quloq-eshitish va muvozanat saqlovchi asosiy organ hisoblanadi. U
bosh miya asab tolalari bilan bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |