«Yonimga» komandasini bеradi va ipni odamga qaratib siltaydi, o‘zi
shaxdam qadam bosadi (o‘rgatuvchining qadam bosishi, it bilan har
kunlik qiladigan sayr harakatidan farq qilish ya’ni tеzroq bo‘lishi
kеrak). Аvvalgi 2–3 mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayonida xizmat iti
goh oldinga yugurib kеtib, goh ortga qolib yoki boshqa tomonlarga
qochishga urinadi va chalg‘iydi. Bunday hollarda o‘rgatuvchi itning
xatti - harakatiga diqqat-e’tiborni qaratadi va «Yonimga» komandasi
bilan uni turli harakat qilishga chorlaydi.
Qachon it turli holatni egallasa va o‘rgatuvchi tomonidan bеrilgan
komandani to‘g‘ri qabul qilgan holda tеgishli tartibda harakat qilsa
o‘rgatuvchi uni «yaxshi» komandasi bilan erkalaydi va go‘sht
bo‘lakchasidan bеradi.
Мashg‘ulotning birinchi kunlarida xizmat itiga qattiq ohangda
komandalar bеrish va uning ipidan siltab tortish qat’iyan man etiladi.
Bu xizmat itida o‘rgatuvchiga nisbatan ishonchsizlik va qo‘rquvni
134
paydo qiladi, bu esa o‘z navbatida xizmat itini o‘rgatish jarayonini
og‘irlantiradi.