Kirish : I bob. Yangilanayotgan va Uchinchi Renessansga qadam qoʻyayotgan Yangi Oʻzbekistonni va uning buyuk istiqbolini isloh etilayotgan taʼlim-tarbiya masalalarining dolzarbligi


Tarbiya - har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni


Download 61.8 Kb.
bet5/7
Sana04.02.2023
Hajmi61.8 Kb.
#1165133
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi Tarbiya 2

2.2. Tarbiya - har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni
Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘quvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida:
1. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish; dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish; ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-o‘qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o‘rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish; pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida takomillashtirib borish; ilmiy-tadqiqot va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xususiy sektorning salmog‘ini kengaytirish, hududlarda nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan xolda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim oluvchilar o‘rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish; ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish; ta’lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta’lim tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish.
2. Xalq ta’limi vazirligi:
a) Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar malakali pedagog, ilmiy xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy o‘quv dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ishlab chiqsin va unda quyidagilarni nazarda tutsin: tayanch o‘quv rejasini takomillashtirish hamda o‘zaro uzviy bog‘liq fanlarni birlashtirish hisobiga ularning sonini optimallashtirish; o‘quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash va ularga o‘z bilim va ko‘nikmalaridan amaliyotda foydalanishni o‘rgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab chiqish; fanlararo o‘zaro aloqadorlik va sinflar kesimida davriylikka to‘liq rioya qilgan holda o‘quv dasturlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash; yangi avlod darsliklarini o‘qituvchining metodik qo‘llanmasi, o‘quvchining mashq daftari va multimedia ilovasi bilan birga kompleks tarzda yaratish va nashr etish; o‘quvchilarning fan bo‘yicha egallagan bilimlari bilan bir qatorda savodxonlik, kompetensiya va shaxsiy sifatlarini baholash hamda kasblarga bo‘lgan qiziqishini aniqlash tizimini joriy etish;
b) 2021-yil 1-mayga qadar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Dasturning ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida ekspertizadan hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tayanch umumta’lim muassasalarini belgilasin hamda Dasturni 2021/2022 o‘quv yilida ularning ta’lim jarayoniga tajriba-sinov tariqasida joriy qilsin.
3. 2021-yil 1-martdan boshlab pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlariga xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi xodimlari) malakasini oshirish huquqi berilsin. Bunda: xalq ta’limi xodimlari o‘z ixtiyoriga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida yoki litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlarida malakasini oshirishi mumkin; oliy ta’lim tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlar malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ushbu maqsadlar uchun Xalq ta’limi vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida qoplanadi.
4. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — pedagog xodimlar) attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasini berish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali amalga oshiriladi; pedagog xodimlarga barcha malaka toifalarini berish, shuningdek, talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, pedagog xodimlarning oliy ma’lumot yoki qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplomida ko‘rsatilgan tayyorlov, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassislik yoki ixtisosliklarga mos keladigan fanlardan imtihonlar tashkil qilinadi va axborot tizimlarini qo‘llagan holda ularning faoliyat samaradorligi baholanadi; pedagog xodimlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
5. Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining umumta’lim muassasasini saqlash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini kamaytirmagan holda Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Nukus shahri va viloyatlar markazlaridagi navbatlilik koeffitsiyenti 0,7 dan past bo‘lgan umumta’lim muassasalarini tajriba-sinov tariqasida xususiy sektor vakillariga 5 yilga ishonchli boshqaruvga (keyinchalik uzaytirish huquqi bilan) berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda: ishonchli boshqaruvchi umumta’lim muassasasida ta’lim olayotgan hamda unga biriktirilgan mikrohudud o‘quvchilarini bepul o‘qitish, ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish, umumta’lim muassasasining ko‘rsatkichlarini yuqori darajaga olib chiqish, binolarini ta’mirlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy o‘quv jihozlari va laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini oladi; ishonchli boshqaruvchiga umumta’lim muassasasining bo‘sh turgan binolari va yer maydonlari nodavlat ta’lim, sport va madaniyat tashkilotlari (shu jumladan, to‘garaklar, seksiyalar, kurslar, markazlar) faoliyatini tashkil etish uchun ajratiladi; umumta’lim muassasasining bo‘sh turgan binolari va yer maydonlarini ishonchli boshqaruvchiga ajratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalq ta’limi vazirining qabul qilgan qaroriga asosan amalga oshiriladi.
6. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarorida ro‘yxati belgilangan xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblik (oltin, kumush, bronza medali)ni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga — oliy, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘qituvchilariga — bosh o‘qituvchi malaka toifasi beriladi; respublika fan olimpiadalarida va ko‘rik-tanlovlarning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan o‘qituvchilarning malaka toifasi bir pog‘onaga oshiriladi; umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020-yil 1-noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi; 2021-yil 1-apreldan boshlab Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi metodistlarning ish haqi miqdori — oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubchi-maslahatchilarining ish haqi miqdori — bosh o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi; 2021-yil 1-yanvardan boshlab olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarida har oylik pul kompensatsiyasi beriladi.
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi: o‘quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 12 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 6 baravardan; o‘quvchilarining 85 — 89 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 9 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 4,5 baravardan; o‘quvchilarining 80 — 84 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 6 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 3 baravardan. Bunda: o‘quvchilarning umumiy sonini hisoblaganda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘quvchilar hisobga olinmaydi; umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish ko‘rsatkichlari ular maktabni tamomlagan vaqtdan boshlab joriy yil yakuniga qadar bo‘lgan davrda 3 oydan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan hollarda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
8. Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2024/2025 o‘quv yiliga qadar faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan umumta’lim muassasalari pedagoglarining oylik maoshini mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini ko‘rsin. 9. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida umumta’lim muassasalarining reytingi tuziladi; tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi o‘rinni egallagan umumta’lim muassasalari direktorlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik rag‘batlantiriladi; xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va metodistlariga, umumta’lim muassasalari direktorlariga hamda tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi beshta o‘rinlarni egallagan umumta’lim muassasalarining 2 nafar o‘qituvchilariga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisobidan sanatoriylarda dam olish uchun bepul yo‘llanmalar beriladi. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.


Download 61.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling