Kirish : Ikkinchi jahon urushidan kiyingi Italiya Asosiy qism : Italiyaning siyosiy tuzumi
Download 231 Kb.
|
Italiya
REJA Kirish : 1.Ikkinchi jahon urushidan kiyingi Italiya Asosiy qism : 2.Italiyaning siyosiy tuzumi 3.Italiyadagi hokimiyat uchun kurashlar Xulosa : 4.XX asr ikkinchi yarmida Italiyaning tashqi siyosati Siyosiy tuzumi - Parlamentar-respublika; yer maydoni-301,2 ming kv km; aholisi - 59,1 mln kishi (2006-yil); davlat tili - italayan tili; pul birligi-yevro (2002-yil 1-martdan); davlat boshligʻi - Prezident, u yetti yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ - ikki palatali Parlament (Deputatlar palatasi va Senat); ijroiya hokimiyat Premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kabineti. Asosiy partiyalari: "Olgʻa Italiya!" partiyasi, Italiya Liberal partiyasi (ILP), Italiya Respublikachilar partiyasi (IRP), Italiya Sotsial-demokratik partiyasi (ISDP), Italiya Kommunistik partiyasi (IKP), Italiya Xalq demokratik partiyasi (IXDP). Iqtisodiy taraqqiyoti jihatidan dunyoda 6 oʻrinda turadi. Iqtisodiyoti - erkin bozor iqtisodi. Yalpi ichki mahsulot xajmi -1 490,3 mlrd dollar; aholi jon boshiga – 29 414 dollar (2005-yil); yillik oʻsish - 2,2% (2006-yil). Bugunga kelib dunyoning qudratli davlatlaridan biriga aylangan Italiya siyosiy tuzumiga koʻra demokratik respublikadir. Yevropaning janubida, Oʻrta Yer dengizi havzasida joylashgan Italiya Appenin yarim oroli, Sitsiliya, Sardiniya va bir qancha mayda orollarni oʻz ichiga oladi. Ikki anklav (barcha tomonlari bir davlat xuddudi bilan oʻrab olingan) davlat: Vatikan va San-Marino Italiya ichkarisida joylashgan. Ikkinchi jahon urushida Italiyaning magʻlubiyatga uchrashi xalq ommasini ruhiy jihatdan ogʻir ahvolga solib koʻydi. Italiya oʻz milliy boyligining 1/3 qismidan ajraldi. Urush tufayli 330 ming kishi xalok boʻldi, 85 ming kishi yarador boʻldi. Urush tugashi arafasida mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligi kuchaydi. Chayqovchilik va kora bozor avjiga chiqdi. Inflyatsiya avjiga chikib, ishsizlar soni 2 mln kishiga yetdi. Mamlakat hududi Ingliz-Amerika birlashgan qoʻshini tomonidan okkupatsiya qilindi. Shu bilan bir vaqtda, italiyaliklar fashizm bilan kurashda katta tajribaga ham ega boʻldi. Qarshilik koʻrsatish harakati, oʻz tabiati va an’analariga koʻra, urushdan keyingi dastlabki yillardagi demokratik taraqqiyotda oʻz izini qoldirdi. Qarshilik koʻrsatish harakatida yetakchilik qilgan ishchi partiyalari ommaviylashib (IKP saflarida 4,5 mlndan ortiqroq kishi, Sotsialistik partiya saflarida esa 0,7 mln kishi), siyosat maydonida katta e’tibor qozondi. "Soʻllar" va "oʻnglar" oʻrtasidan joy olgan qarshilik koʻrsatish harakatida oʻziga xos muvaffaqiyat qozongan ommaviy partiyalardan yana biri - Xristian demokratik partiya (XDP) (a’zolari 1 mln kishidan ortiq) ham bor edi. XDP 1919-yilda tuzilgan katolik Xalq partiyasi -"Popolari"ning negizida 1943-yili tashkil topgan edi. "Xristian demokratiyasi" atamasi xalq partiyasining asoschisi, italiyalik ruxoniy Luidji Stursoga tegishli edi. XDP dasturining matni 1943 yilning 25-iyulida Mussolini hokimiyatdan chetlatilgan kuni matbuotda e’lon qilingan edi. "Qarshilik koʻrsatish harakati"ning an’analariga koʻra, urushdan keyingi davrning dastlabki yillarida bu partiyalar oʻrtasidagi xamkorlik saqlanib qoldi. Lekin shu narsani aytib oʻtish kerakki, fashizmga qarshi qurolli kurash olib borishdan koʻra, Italiyada yangi jamiyatni shakllantirish ancha murakkab edi. Italiyaliklar Mussolinining fashistik rejimi tomonidan oyoq osti qilingan burjua-liberal demokratiyadan ancha uzoqlashib qolgan edi. Mamlakatda Italiyaning kelgusidagi istiqboli va taraqqiyot yoʻllari haqida qizgʻin bahs ketardi. Ayniqsa, boshqaruv tizimi masalasi katta tortishuvlarga sabab boʻldi. 1946-yil mayida qirol Viktor Emmanuil III siyosiy hiylani amalga oshirdi. U oʻzining oʻgʻli shahzoda Umberto ИИ foydasiga taxtdan voz kechdi. Shu sababdan italiyaliklar Umberto II ga "May qiroli" deb nom berishdi. Fashizm tanazzulga yuz tutgach, italiyaliklarning monarxiyaga munosabati keskin oʻzgardi. Dastlab monarxiyaga nisbatan ijobiy fikr bildirilgan boʻlsa-da, urush tugagach, salbiy munosabatlar kuchayib bordi. Bunga sabab Italiya Monarxiyasi tomonidan Mussolini fashistik rejimining qoʻllab-quvvatlanishi boʻldi. Jamiyat hayotida respublikachilik kayfiyati oʻsib, mustahkamlanib borsa-da, ammo monarxiyaning tarafdorlari, asosan, liberallar va xristian demokratlar orasida ham yetarlicha edi. 1946-yil iyunida davlat boshqaruvi shakli tugʻrisida referendum boʻlib oʻtdi. Bu referendumda birinchi marotaba ayollar ham katnashdi. Respublika boshqaruv shakli uchun ovoz berganlar soni 2 mlndan oshiq edi. "May qiroli" Umberto ИИ ovozlarni sanab chikishda xatoga yoʻl qoʻyilgan deb mamlakatdan chiqib ketishdan bosh tortib, bayonot berdi. Bunga javoban juda katta norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi va xukumat ham referendum natijalarining toʻgʻriligini rasmiy jihatdan tasdiqladi. Taxtda bir oycha oʻtirgan Umberto II xalq ommasi katga qismining irodasiga boʻysunishga va vatanini bir umrga tark etishga majbur boʻldi. Italiya respublikaga aylandi. Referendum bilan bir vaqtda, Ta’sis Majlisiga saylovlar ham boʻlib oʻtdi. Saylov natijalariga koʻra, XDP yetakchisi Al’chide De Gasperi respublikaning Premyer-ministri boʻldi. U Italiyaning siyosiy yetakchisi boʻla olish iqtidoriga ega jamoat arboblaridan biri edi. De Gasperi oʻta oʻqimishli va antifashist harakatning faol namoyandalaridan biri edi. Ministrlar Soveti Raisining oʻrinbosarligi va adliya ministri lavozimlari mamlakatda nufuzli partiyalardan hisoblangan IKPning bosh kotibi, mamlakatning siyosiy arboblardan biri Palmiro Tolyatgiga nasib etdi (1948 yil iyul oyida Tolyattiga uyushtirilgan suyqasdga javoban mamlakatda norozilik namoyishida 7 mlnga yaqin kishi qatnashgan edi). Respublika Ta’sis Majlisi Konstitutsiya loyixasini ishlab chiqishga kirishdi. Ta’sis Majlisi tarkibidagi deputatlarning 80% i antifashistik harakatda faol ishtirok etganlar edi. Yangi Konstitutsiya loyixasini ishlab chiqish uchun deputataarga 272 kun vaqt ketdi. Ta’sis Majlisi tomonidan 1947-yil dekabrida qabul qiliigan yangi Konstitutsiya rasman 1948-yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi. Urushdan keyingi davrda siyosiy kuchlarning bu tarzda taqsimlanishi Italiya Konstitutsiyasini rivojlangan mamlakatlar ichidagi eng demokratik konstitutsiyalardan biriga aylantirdi. Yangi Konstitutsiyaga koʻra, Italiyada tarqatib yuborilgan fashistik partiyaning biror-bir shaklda boʻlsa ham qayta tiklanishi batamom ta’kiqlandi. Fashizm davrida yuqori lavozimlarni egallab kelgan shaxslar Konstitutsiya kuchga kirgan kundan boshlab, to besh yilga kadar xukumat tashkilotlariga saylash va saylanish huquqidan maxrum etildi. Konstitutsiyaga koʻra, zodagonlik unvonlari bekor qilinib, Savayya sulolasining barcha a’zolari va boʻlajak avlodlariga mamlakat hududida yashash ta’qiqlandi, ularning barcha mol-mulklari esa davlat ixtiyoriga oʻtkazildi. Konstitutsiyaning dastlabki moddalari davlatning asosiy prinsiplarini oʻzida mujassam etib, Italiya insonlarning xaq-huquqdari va kafolatlari tan olingan demokratik respublika deb e’lon qilindi. Chunonchi, bunday huquqlarga qonun oldida barcha kishilarning tengligi, shaxsning haq-huquqlari ham kirardi. Konstitutsiyada urushlardan "boshqa xalqlarning ozodligiga rahna soladigan qurol sifatida va xalqaro nizolarni bartaraf etishda hech qachon foydalanmaslik" masalalari qonun bilan mustahkamlandi. Konstitutsiyaning 1- qismida fuqarolarning huquqi va burchlari tugʻrisidagi moddalari oʻrin olgan edi. Barcha fuqarolarning mexnat qilishi va ularni ragʻbatlantirish huquqi tan olindi. "Teng mehnat uchun teng haq toʻlash" prinsipi kiritildi, har haftada dam olish, yilda bir marta haq toʻlanadigan ta’tilga chiqish huquqi va ijtimoiy ta’minoti koʻzda tutildi. Kasaba uyushmalarining erkinligi va namoyish oʻtkazish huquqi tan olindi. Konstitutsiyaga koʻra, ikki turdagi mulk: davlat va xususiy mulklar daxlsiz deb tan olindi. Konstitutsiya ning 2- qismi davlat boshqaruv organlari va hokimiyatning boʻlinish prinsiplarini aniqlab berdi. Davlat boshligʻi Prezident boʻlib, u Parlament tomonidan 7 yil muddatga saylanadi. Prezidentlikka saylanadigan fuqaroning yoshi 50 dan oshgan boʻlishi belgilab qoʻyildi. Prezidentga Ministrlar Sovetining Raisini, undan tashqari, vatanni oʻzining buyuk xizmatlari bilan mashhur qilgan fuqarolardan beshtasini doimiy (umrbod) senatorlikka tayinlash; Parlamentga Xukumatning qonun loyihalarini yuborish, Parlamentni tarqatib yuborish, referendumni tayinlash, qonun kuchiga ega boʻlgan dekretlarni qabul qilish; Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qoʻmondoni boʻlish va Parlament qaroriga asoslanib urush holatini e’lon qilish kabi juda katta vakolatlar berildi. Xukumat tarkibi Rais va ministrlardan iborat boʻlib, ular Rais taklifi bilan va Parlament nazorati ostida Prezident tomonidan tayinlanadi. Parlament Deputatlar palatasi va Senatidan iborat boʻlib, umumiy va toʻgʻridan-toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan, proporsionallik prinsipiga asoslanib 5 yil muddatga saylanadi. Bundan tashqari, Italiya xalqi ham qonun ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish huquqiga ega edi. Konstitutsiya xalq tashabbusi bilan referendum-petitsiya (50 ming saylovchilar tomonidan qonun loyixasini kiritish) va otlagatel (500 ming saylovchi tomonidan qonunni "xalq vetosi" yoʻli bilan kechiktirish yoki bekor qilish) oʻtkazishni koʻzda tutgan edi. Mamlakatda konfessiya (cherkovga oid) an’analarning chukur iz qoldirganligi tufayli cherkov va davlat oʻrtasidagi aloqalar katta ahamiyatga ega edi. 7- moddaga kura, "davlat va katolik cherkovi oʻzlariga tegishli boʻlgan soxalarda mustaqil va suveren" boʻlib, ularning munosabatlari 1929-yilda qabul qilingan Lyuteran Shartnomalariga koʻra belgilangan edi. Bu shartnomaga koʻra, cherkov oilaviy munosabatlar qonunchiligini va maktab ta’limi sohasini oʻz nazorati ostiga olgan edi. Masalaning bu tarzda qoʻyilishi xristian demokratlar va soʻl partiyalar oʻrtasidagi kompromissni belgilab berdi. 1947-yilgi Konstitutsiya mamlakatning ma’muriy-hududiy boʻlinishini 20 ta viloyat, 93 ta provinsiya va 8 mingga yaqin jamoaga ajratdi.Urushdan keyingi dastlabki yillarda Italiyaning siyosiy hayotidagi muhim voqea 1947-yil fevral oyida Parijda Italiya bilan Ittifoqchilar oʻrtasida Tinchlik Shartnomasining imzolanishi boʻldi. Shartnomaga koʻra, Italiyadagi fashistik tashkilotlarni tarqatib yuborish, chegaralarni aniqlashtirish, harbiy jinoyagchilarga beriladigan jazolarni tasdiklash, mamlakat hududida harbiy bazalarni joylashtirishni ta’qiqlash, SSSRga (100 mln dollar), Yugoslaviyaga (125 mln dollar), Gretsiyaga (105 mln dollar), Albaniyaga (5 mln dollar) va Efiopiyaga (25 mln dollar) miqdorida reparatsiya toʻlash kabi masalalar belgilab olindi. Italiya oʻz mustamlakalaridan voz kechishga majbur boʻldi. Ilgari Italiyaga qaragan Xorvatiyaning bir qismi Yugoslaviyaga olib berildi. Gretsiyaga Egey dengizidagi Dodekanes orollari (Janubiy Sporadalar) kaytarildi. Ingliz-Amerika harbiy ma’muriyati nazoratida boʻlgan Triyest BMT nazorati ostidagi erkin shaxarga aylantirildi (oradan 7-yil oʻtgach - 1954-yilda Yugoslaviya va Ittifoqchilar oʻrtasidagi kelishuvga muvofik, Triyest Italiyaga berildi). 1947-yil oxirida Amerika va Buyuk Britaniyaning qoʻshinlari hamda harbiy ma’muriyati Italiya hududidan chiqib ketdi. Tinchlik Shartnomasiga koʻra, Italiyaga mudofaa uchun lozim boʻlgan Qurolli Kuchlarni saqlash huquqi berildi. Bu Qurolli Kuchlarning soni 250 ming askar va zobitdan oshmasligi belgilab qoʻyildi. HHK (Harbiy-havo kuchlari) va HDK (Harbiy-dengiz kuchlari)ning shaxsiy tarkibi 25 ming kishidan oshmaydigan qilib belgilab qoʻyildi. Italiyaga suvosti kemalari, avianoseslar va Torpedo bilan qurollavgan katerlarga ega boʻlish ta’qiqlab qoʻyildi.Ijtimoiy-iqtisodiy sohada hukumat oldida muhim va jiddiy muammolar turar edi. Bunga urush tufayli tanazzulga yuz tutgan xalq xoʻjaligini qayta tiklash va tinchlik sharoitidagi ishlab chiqarishga moslashtirish, demobilizatsiya qilish va demobilizatsiya qilinganlarni ish bilan ta’minlash kabi ishlarni amalga oshirish kirardi. Shu maqsadda 1948-yil iyun oyida "Marshall rsjasi»ga koʻra ikki yil muddatga Italiyaga yordam koʻrsatishni koʻzda tutgan Bitim imzolandi. Bu bitim Italiya bilan Amerika oʻrtasida imzolandi. "Marshall rejasi»ga koʻra, AQSH Italiyaga 1,5 mlrd dollar hajmida (oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat jihozlari) yordam berishni moʻljallagan edi. Shu bilan bir vaqtda, Amerika yordamining siyosiy qiymati Premyer-ministr De Gasperiga tazyiq oʻtkazish orqali soʻl partiyalarning vakillarini xukumat tarkibidan chiqarishni koʻzda tutar edi. Shu narsa ma’lum ediki, xukumat tarkibiga kirgan partiyalarning asosiy maqsadlari turlicha boʻlganligi tufayli ular oʻrtasidagi xamkorlik uzoq davom etishi mumkin emas edi. Lekin aynan tashqaridan oʻtkazilgan tazyiqlar (garchi mamlakat ichkarisidagi voqealar bahona qilib koʻrsatilgan boʻlsa-da) hamkorlikning buzilib ketishiga sabab boʻldi. 1947-yili Sitsiliyada mafiyaning bir guruh toʻdasi birinchi may namoyishida ishtirok etgan ishchilarni oʻqqa tutdi. Bu voqea mamlakatda inqirozni yuzaga keltirish bilan birga, xukumatning tarqatib yuborilishiga ham sabab boʻldi. De Gasperi boshchiligida tuzilgan yangi xukumat tarkibiga kommunistlar va sotsialistlarning vakillari kiritilmadi. Sotsialistlar yetakchisi Pyetro Penni agar ahvol shunday davom etaversa, Italiyaning ichki hayoti tashqi omillarga yanada koʻproq bogʻliq boʻlib qolishini achinish bilan ta’kidladi. U tashqi omillar deganda, Vatikan va AQSHni nazarda tutgan edi. Sotsialistik partiya tarkibidan ajralib chiqqan va Italiya Sotsial-demokratik partiyasida (ISDP) rahbarlikni oʻz qoʻliga olgan sotsialistlar oʻng qanotining yetakchisi Juzeppe Saragat yangi tuzilgan xukumatda Premyer-ministr oʻrinbosari lavozimiga tayinlaydi. U kommunistlar bilan xamkorlik qilishdan voz kechdi. Vatikan anti-kommunistik siyosatni qoʻllab-quvvatladi. Urushdan keyingi yillarda birinchi bor neofashistlarning tashkillashtirilgan harakati yuzaga keldi. Italiyada fashizm qaqshatqich magʻlubiyatga uchragan va yangi Konstitutsiyaga koʻra tarqatilib yuborilgan fashistik partiya biror- bir shaklda boʻlsa ham, qayta tiklanishi tamoman ta’qiqlab qoʻyilgan boʻlsa-da, jamiyatdagi ba’zi guruhlar oʻz hayrixohliklarini saqlab qoldi. Ular fashizmning magʻlubiyatini qaygʻu bilan qabul qilishdi. Fashizm tarafdorlari safida monopolistlar harbiy va davlat amaldorlari (Mussolini diktaturasi davrida yuqori lavozimlarga ega boʻlganlar), kichik burjuaziyaning ma’lum bir qismi va Italiya ijtimoiy harakati (IIH) ham bor edi. 1946-yil dekabrida neofashistlarning ijtimoiy harakati partiyasiga asos solindi. Bu partiyani dastlab J. Almirante, keyinchalik esa A. Mikelini boshqardi. Italiya Ijtimoiy harakati partiyasi dasturida fashistik korporativ tizimni oʻrnatish, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, antimarksizm, tashqi siyosatda "imperiyacha" gʻoyalarning ustunligini ta’minlash vazifalari ilgari surildi. Partiya a’zolari ichida fraksiyalar oʻrtasida keskin ixtaloflar yuzaga chiqishiga sabab boʻlsa-da, umuman, IIH legal siyosiy faoliyat olib borish va neofashistlarning oʻng radikal liberal-monarxistik doiralar bilan birlashish yoʻlidan bordi. Italiya siyosiy hayotida IIH kichik partiyalar qatoriga kirib, ularning elektorati Parlament saylovlarida kupincha 6% dan ortiq ovoz ololmadi. 1948-yil bahorida Parlament saylovlari boʻlib oʻtdi. Neofashistlar 2% ovozga eta boʻldi. Kommunist va sotsialistlarning birlashgan bloki uchun saylovchilarning 1/3 qismi ovoz berdi. Xristian demokratik partiya deyarli 50% ovoz olib, katta muvaffaqiyatga erishdi. De Gasperi Parlamentda, asosan, XDP a’zolaridan iborat boʻlgan xukumatini tuzdi. Bu xukumat De Gasperi boshchiligida tuzilgan 5- xukumat edi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.R. Nuriddiiov, H. Kichkilov. Eng yangi tarix (1989-2008). - T., 2010 2.Lafasov M. Jahon tarixi (1918-2007). - T.: "Turoy iqbol", 2009. 3.N. V. Zagladin. Vsemirnaya istoriya ХХ vek. - M., 2006 4.wikipedia.uz Download 231 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling