Kirish 1-bob: Sharqda sog’lom turmush tarzi haqidagi dastlabki tasavvurlar va ularning nazariy asoslari


Download 32.07 Kb.
bet1/2
Sana02.05.2023
Hajmi32.07 Kb.
#1420988
  1   2
Bog'liq
BMI reja


Mavzu: Sharq mutafakkirlarining sog’lom turmush tarzini shakllantirishga doir
pedagogik qarashlari
REJA
KIRISH
1-bob: Sharqda sog’lom turmush tarzi haqidagi dastlabki tasavvurlar va ularning nazariy asoslari.

    1. Markaziy Osiyoda sog’lom turmush tarzini shakllantirishga doir pedagogik qarashlar.

    2. Sharq mutafakkirlari asarlari ta’limotida sog’lom turmush tarzi va uning mezonlari.

Bob bo’yicha xulosalar
2-bob: O’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishni empirik o’rganish.
2.1 Maktab o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik jihatlari.
2.2 Sog’lom turmush tarzining shakllanishida oilaning o’rni.
Bob yuzasidan xulosalar
Umumiy xulosalar va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati. Mustaqil O’zbekiston davlatining buyuk kelajagi erkin fuqarolik jamiyatini ma’naviy barkamol jismoniy sog’lom insonlargina barpo eta oladilar.Shu sababli hozirgi kunda jamiyatimizda sog’lom avlodni tarbiyalash, odamlarda yuksak ma’naviyatni dunyoqarashni shakllantirish , ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajada ko’tarish orqali barkamol insonlarni voyaga yetkazishga katta e’tibor berilmoqda.
Barkamol avlodni tarbiyalash yo’llarini birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida belgilab berilgan.
Mamlakatimizda sog’lom avlod harakatining keng tus olganligi kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh qilinganligi ana shu ulug’vor maqsad ya’ni komil insonlarni tarbiyalash yo’lida muhim qadamlardir.
Sog’lom turmush tarzini tashkil etish faqatgina iqtisodiy ta’minlash jihatidan emas, balki sog’liqni saqlash insonlarni ma’naviy, ma’rifiy va madaniy saviyasini oshirishni taqozo etadi.Biz o’zimizning oliyjanob maqsadlarimizga faqat ma’naviy va jismoniy jihatdan sog’lom, o’zining kimligi, qanday buyuk ajdodlarning avlodi ekanini chuqur anglagan’ dunyoda hech kimdan kam bo’lmagan komil insonlarni, yosh avlodni tarbiyalash orqaligina erisha olamiz.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2000-yilni “Sog’lom avlod” yili deb e’lon qilinishi sog’lom turmush tarzimizni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.Shuningdek, yurtboshimiz “ Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’ladi, qudratli yurtning farzandlari esa sog’lom bo’ladi “deya ta’kidlab o’tgan.Haqiqatan eng avvalo inson o’zining sog’ligi haqida qayg’urishi kerak.
Mustaqillik yillarida taraqqiyotimizning har bir bosqichida, amalga oshirilayotgan islohotlarning zaminida inson omili, barkamol avlod tarbiyasi turibdi.Shunday ekan, biz yoshlar hozirdan o’zimizning bor imkoniyatlarimizdan foydalanib sog’lom turmush tarzini shakllantirib borishimiz zarur.Kelajakda o’z maqsadlarimizga erishishimizda keng dunyoqarash, sog’lom fikrlash muhim ahamiyatga ega.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan “Sog’lom turmush tarzini hayotga tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi farmoni imzolandi.Ushbu farmonda ommaviy sportni yanada rivojlantirish va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishda yurish, yugurish, velosport kabi sportning ustuvor turlari etib belgilandi.
Mamlakatimizda bugungi kunda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlarini ro’yobga chiqarish sharoitlarini yaratish, sog’lom turmush tarzini yanada rivojlantirishga doir islohotlar amalga oshirilmoqda.
2021 yil 1-yanvardan boshlab barcha davlat organlari va davlat tashkilotlarida:

  • Sog’lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimiga “sport targ’ibotchisi”

qo’shimcha vazifasini yuklash;

  • Ish vaqtidan so’ng tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) rahbar va barcha xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish;

  • Sog’lom turmush tarzi (www.1hls.uz) platformasi yaratish kabi islohotlarning olib borilishi bugungi kunda yurtimizning yanada rivojlanishiga zamin yaratmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish va ommaviy sportni yanada targ’ib qilish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-6099-sonli qarori va boshqa tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu bitiruv ishi tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 32.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling