Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Xitoy tilini xorijiy til sifataida o‘rganishda grammatik bilimlarning o‘rni beqiyos. Til grammatikasini o‘rgainish esa avvalo grammatik terminologiya bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarga tayanadi. Xitoy tili grammatik terminologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti yuzasidan amalga oshirilgan ish Xitoyda grammatika sohasida yaratilgan asarlar terminologiyasini o‘rganish va ularni davriy ketma-ketlikda tavsiflash hamda tasniflashi bilan ilmiy ahamiyat kasb etsa, ishda keltirilgan faktlar, tahlillar va xulosalar xitoy tili va unga bog‘liq qator maxsus kurslarni o‘qitish va o‘rganishdagi amaliy ahamiyatiga ko‘ra dolzarb hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning manbalari. Xitоy tili terminologiyasi tadqiqiga bag‘ishlangan ko'plab adabiyotlar, nomzodlik ishlari va doktorlik tadqiqotlari amalga oshirilgan. Xususan, o‘zbek xitoyshunosligida filologiya fanlari nomzodi,
dosent A.A. Karimovning “Некоторые теоритические аспекты образования финансовой терминологии китайского языка”, “Xitoy tili grammatik birliklari” ilmiy ishlari, S.A. Nоsirovаning “Hozirgi zamon xitoy tili diplomatic terminlarining leksik-semantik va struktur tahlili” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasi, S.T. Mustafayevaning “Xitoy tilshunoslik terminologiyasi” mavzuidagi falsafa doktori dissertatsiyasi, L.A. Sultanova “Xitoy tili leksikologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi, rus хitoyshunoslаridan O.P. Frolovaning "Словообразование в терминологической лексике" asarlari ishda murojaat qilingan asosiy manbalardan sanaladi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari. Xitoy tili grammatik terminologiyasining rivojlanish bosqichlari, davriy xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
xitoy tilshunosligida shakllangan ilk grammatik terminlarni aniqlash;
Xitoyda yaratilgan grammatik asarlar asosida soha terminlarini davrlashtirish;
grammatik terminlaming хususiyatlari, tarixiу, tаdrijiу rivоjlanish bosqichlarini organish;
Do'stlaringiz bilan baham: |