Kirish Agrobank atb toʼgʼrisida umumiy ma’lumotlar


Agrobank ATB toʼgʼrisida umumiy ma’lumotlar


Download 0.81 Mb.
bet2/15
Sana26.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1296102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Hisobot Orifjonov Shaxzod (2) (2)

1.Agrobank ATB toʼgʼrisida umumiy ma’lumotlar.
"Аgrobank" aktsiyadorlik tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 16 fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” PQ-10 sonli Qarori asosida "Oʼzuyjoyjamgʼarmabank" va "Zamin" banklari negizida tashkil etildi.
2014 yil 6 mayda АTB “Аgrobank” Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun 87 sonli litsenziyasiga, hamda valyuta operatsiyalarini oʼtkazish uchun 22 sonli Bosh litsenziyasiga ega boʼldi.
2015 yil 18 mayda Аgrobankning 39 ta filiali Markaziy bankda belgilangan tartibda roʼyhatga olindi. Xozirgi kunda bankning 37 ta filiali faoliyat yuritmoqda.
Bank aktsiyadorlik kapitali 84,1 mlrd. soʼmni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda Аgrobank oʼz kadrlar salohiyatiga tayangan holda, mamlakatimizning barcha viloyatlaridagi filiallar va shahobchalar tizimi orqali turli hil sohalarda faoliyat yurituvchi 70 mingga yaqin yuridik, 680 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga, hamda 856 mingta plastik karta sohiblariga keng qamrovli bank xizmatlarini koʼrsАTB kelmoqda.
Аgrobank chet ellik hamkorlari bilan koʼp yillik aloqalar tajribasiga ega boʼlib, dunyodagi yirik banklar va moliyaviy bozorlarlarga toʼgʼridan toʼgʼri chiqish imkoniyatlariga ega. Tashqi iqtisodiy faoliyatida Reyter, Svift, "Vestern Yunion", "Kontakt", "Boʼstraya pochta", "Blizko", "Money gram", "Zolotaya Korona", "Migom" va "Yunistrim" kabi zamonaviy axborot va toʼlov tizimlaridan toʼlaqonli foydalanib kelmoqda.
Аgrobank Missiyasi – oʼz aktsiyadorlari va mijozlari uchun maksimal iqtisodiy qimmatliklar yaratishdir. Mijozlarga yuqori sifatli xizmat koʼrsatish va tanlangan bozorlarda yetakchilik qilish - bankning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.

1-chizma.


Аgrobank Romitan filiali ustav kapitali (mlrd. soʼm)

1.1-jadval.

2012

9,3

2013

11,8

2014

25,8

2015

72,2

2016

84,7
“Agrobank” aktsiyadorlik tijorat banki Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yilida xususiy tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, aholining bankka nisbatan ishonchini yuksaltirish hamda yangi ish o'rinlari tashkil etish borasida kompleks chora-tadbirlar olib bormoqda.
Jumladan, bank tomonidan joriy yilning 1 iyun holatiga tadbirkorlik sub'ektlariga 674 milliard so'm, shundan aholi tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashga 193 milliard so'm miqdorida mikrokreditlar ajratildi. Shu bilan birga, tadbirkor ayollarning loyihalarini moliyalashtirishga 72 milliard so'm kreditlar berildi. Bundan tashqari, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash uchun 315 milliard so'mdan iste'mol, avtokredit va overdarfat kreditlari ajratildi.
Tadbirda davlatimiz rahbarining 2020 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan bank tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilayotgani xususida so'z bordi.
Xususan, hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida joriy yilning yanvar oyida O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi bilan 120 mlrd. so'm miqdorida resurs jalb qilish bo'yicha shartnoma imzolandi va imtiyozli shartlarda kreditlar ajratilmoqda.
Shuningdek, Prezidentimizning 2020 yil 26 apreldagi “Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga asosan hududlarda aholiga tomorqa xizmatlari ko'rsatishni kengaytirish maqsadida “Tomorqa xizmati” korxonalariga banklar tomonidan kreditlar ajratilishi belgilangan.
Mazkur qaror doirasida hududlarda tashkil etilgan “Tomorqa xizmati” MChJlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalariga turli xizmatlar ko'rsatish, jumladan, ularga urug', ko'chat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishlari uchun Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi qoshida tashkil etilgan jamg'arma hisobidan 50 milliard so'm miqdorida kreditlarni yillik 7-14 foiz bilan imtiyozli shartlarda ajratish ko'zda tutilgan.
Bugungi kunda respublika bo'yicha Agrobank filiallari orqali hisobraqam ochgan 54 ta “Tomorqa xizmati” korxonasi tomonidan 1635 ta mahallaning 1 million 234 mingdan ziyod xonadon qamrab olinmoqda.
Brifingda Prezidentimizning 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to'g'risida”gi qaroriga asosan kreditlar ajratish borasida olib borilayotgan ishlarga ham to'xtalib o'tildi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling