Kirish Agrobank atb toʼgʼrisida umumiy ma’lumotlar


Savdo va ovqatlanish tizimi


Download 0.81 Mb.
bet9/15
Sana26.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1296102
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Hisobot Orifjonov Shaxzod (2) (2)

Savdo va ovqatlanish tizimi

57 767

13.3%

Uy-jon komunal xo’jaligi

18 180

4.2%

Qishloq xo’jaligi

16 504

3.8%

Transport va ko,umikatsiya

4 242

0.9%

Material texnik taminot

1 738

0.4%

Boshqa tarmoqlar

37 581

8.7%

АTB Аgrobank Romitan filiali quyidagi kredit xizmatlarini koʼrsatadi:
Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga:
- kredit liniyasi ochgan va ochmagan holda kreditlash;
- taʼminotli hamda taʼminotsiz (ishonchli) kreditlar berish;
- qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish.
Jumladan:
- ish haqi toʼlovlarini toʼlash uchun xoʼjalik subʼektlariga kredit berish;
- xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga aylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun kreditlar ajratish;
- xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga asosiy vositalar sotib olishga kreditlar ajratish;
- tijorat, sanoat va ijtimoiy obʼektlar qurilishiga kreditlar ajratish;
- markazlashtirilgan manbalar hisobidan «kalit bilan» kapital qurilishni amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlarni kreditlash;
- uy-joy qurilishi uchun pudrat tashkilotlariga kreditlar berish;
- uy-joy mulkdorlari shirkatlariga uylar orasidagi kommunikatsiyalar va uy-joylar umumiy foydalaniladigan joylarni qayta taʼmirlash va kapital taʼmirlashga, joriy va kapital taʼmirlashni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan moddiy texnik resurslar, jihozlar va inventarlar sotib olish uchun kreditlar berish;
- dehqon, fermer va boshqa qishloq xoʼjalik korxonalariga kreditlar berish;
- qishloq xoʼjalik korxonalarining davlat ehtiyoji uchun sotib olinadigan qishloq xoʼjalik mahsulotlari (paxta va don) ishlab chiqarishi xarajatlarini kreditlash;
- qishloq joylarda kam taʼminlangan oilalar oilalarga chorva mollari sotib olish uchun maqsadli mikrokreditlar berish;
- fermer xoʼjaliklari va muqobil mashina traktor parklariga qishloq xoʼjaligi texnikalari va ehtiyot qismlar sotib olish uchun kredit va lizing xizmatlari koʼrsatish;
- meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash maqsadida minitexnologiyalar va asbob-uskunalar sotib olish uchun kreditlar ajratish;
- kichik tadbirkorlik subʼektlariga bankning oʼz mablagʼlari hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar koʼrsatish;
- yosh oilalarni mikrokreditlash;
- byudjetdan tashqari jamgʼarmalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subʼektlarini mikrokreditlash;
- Evropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyasi boʼyicha kichik biznes subʼektlarini mikro va kichik kreditlash;
- xoʼjalik organlarining debitor va kreditor qarzlarini qisqartirish maqsadida kreditlar berish;
- loyihalarni moliyalashtirish;
- chet el valyutasida turli maqsadlar uchun kreditlar ajratish;
- jalb etilgan chet el kredit liniyalari mablagʼlari hisobidan kreditlash;
- mijozlarning toʼlovchi tomonidan aktseptlangan talablarini sotib olish xizmatlari (faktoring xizmatlari) koʼrsatish;
- lizing xizmatlari koʼrsatish;
- bank kafilligi va kafolatlarini berish;
- savdoni moliyalashtirish liniyalari va qoplanmagan akkreditiv xizmatlari.
hamda qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa kredit xizmatlari.
Jismoniy shaxslarga:
- uy-joylarni sotib olish, rekonstruktsiya qilish va qurish uchun kreditlar berish;
- yosh oilalarga ipoteka kreditlari berish;
- Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan avtomobillar, mebel, maishiy texnika, jihozlar va boshqa tovarlarni sotib olish, daʼvolanish hamda turli marosimlarni oʼtkazish uchun toʼlovlarni amalga oshirishga isteʼmol kreditlari berish;
- yosh oilalarga isteʼmol kreditlari berish;
- oliy oʼquv yurtlarida pulli kontrakt asosida oʼqish uchun taʼlim kreditlari berish;
- kredit kartochkalar orqali overdraft kreditlari berish.
hamda qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa kredit xizmatlari.
Kreditlarni rasmiylashtirish tartibi
Kredit olish uchun qarz oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) kredit miqdori, foydalanish muddati, maqsadi, taʼminoti koʼrsatilgan kredit arizasi;
b) qarz oluvchining taʼsis xujjatlari (nusxasi);
v) kredit hisobidan moddiy boyliklar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar koʼrsatish) uchun qarz oluvchi tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar yoki ahdlashuv bayonnomasining nusxalari;
g) oxirgi hisobot davri uchun Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi buxgalteriya balansi. Bu hujjat belgilangan tartibda Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan(*) va unga quyidagilar ilova qilingan boʼlishi lozim:
moliyaviy natijalar toʼgʼrisida hisobot;
pul oqimlari xarakati toʼgʼrisida hisobot;
debitorlik va kreditorlik qarzlari talqini (muddati oʼtgan qarzdorliklarga solishtirma dalolatnomalar nusxasi). Unda bu qarzlar yuzaga kelishi muddatlari va sabablari ham koʼrsatiladi;
va zarur boʼlganda boshqa moliyaviy hisobotlar.
d) boshqa kreditorlardan qarzlar hamda boshqa banklardagi hisob raqamlari va saqlanayotgan boʼsh mablagʼlar bor-yoʼqligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma;
АTB «Аgrobank» Romitan filiali tomonidan jismoniy shaxslarga, yuridik shaxslarning xodimlariga hamda yosh oilalarga moliyaviy isteʼmol krediti berish tartibi.
Isteʼmol krediti (moliyaviy) – jismoniy shaxsga (isteʼmolchiga) uning isteʼmol ehtiyojlarini qondirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kredit.
Qarz oluvchi–mehnat qobiliyatiga layoqatli, 18 yoshdan 60 yoshgacha boʼlgan (kredit muddatini hisobga olgan holda) doimiy ish joyi xamda oʼz faoliyati natijasidan olinadigan daromad va boshqa rasmiy daromad manbalariga ega boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi.
Yosh oila – fuqarolik holatini roʼyxatga olish organlarida nikohlari roʼyxatga olingan, har ikkalasi birinchi marta rasmiy nikohda boʼlgan hamda har biri 30 yoshdan oshmagan (30 yoshga toʼlmagan), doimiy ish joyiga hamda oʼz faoliyati natijasidan olinadigan daromadga yoki boshqa rasmiy daromad manbalariga ega boʼlgan oila.
Yuridik shaxslarning xodimlari – АTB «Аgrobank» filiallari xizmat koʼrsatuvchi yuridik shaxslarning (byudjet tashkilotlaridan tashqari) ishchi xodimlari hisoblanuvchi jismoniy shaxslar.
Jismoniy shaxslarga quyidagi maqsadlarda isteʼmol krediti beriladi:
Maishiy, audio-video va boshqa orgtexnika uchun;
Mebelь va interьer jixozlari uchun;
Yengil avtomashinalari uchun;
Uy-joyni taʼmirlash bilan bogʼliq xizmat va qurilish materiallari uchun;
Davolanish uchun;
Toʼy marosimlarini oʼtkazish uchun;
Oliy oʼquv yurtlarining kunduzgi boʼlimida taʼlim olish uchun.
Isteʼmol krediti kredit maqsadi, muddati va miqdoridan qatʼiy nazar 3 oydan 3 yilgacha boʼlgan muddatga beriladi. Isteʼmol kreditining eng koʼp miqdori kreditning maqsadiga qarab quyidagicha boʼladi:

6-jadval
Kredit maqsadlari






Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling