Bank tasarrufidagi tashkilotlar.
“Xalq Sug‘urta” — ijtimoiy vazifalarning hal etilishida
Hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajaruvchi
ishonchli va barqaror tashkilotdir. Biz kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik subʼektlarining mulkiy va shaxsiy
manfaatlarini sug‘urta qilishni taʼminlash,
mikrosug‘urtalash mahsulotlarini ishlab chiqish va
aholining keng qatlamlariga faol rivojlantirib olg‘a surish
uchun „Xalq Sug‘urta“ sug‘urta kompaniyasini tuzdik.
Bank mahsulotlari va xizmatlari
Tahrirlash Bank tomonidan anʼanaviy bank mahsulotlari va
xizmatlarining barcha yo‘nalishlari, jumladan, jismoniy va
yuridik shaxslar uchun depozit mahsulotlarining keng
ro‘yxati, kreditning xilma-xil turlari, akkreditiv
operatsiyalari, plastik kartalarni ishlab chiqarish va ularga
xizmat ko‘rsatish, hisob raqamlarini tezkorlik bilan ochish
va yuritish, jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblarini
yuritish, interaktiv bank xizmatlari, xalqaro pul
o‘tkazmalari, lotereya o‘yinlari va boshqa xizmatlar
ko‘rsatib kelinmoqda. Xalq banki o‘z mijozlariga
xizmatlardan foydalanishning eng qulay va foydali
usullarini taklif etadi.
Yuridik maqomga ega mijozlarni kichik biznes, o‘rta biznes
va korporativ mijoz segmentlariga ajratgan holda ular
uchun mos moliyaviy xizmatlar va bank mahsulotlari taklif
qilinmoqda. Yuridik shaxslar uchun 20 xildan ortiq milliy va
horijiy valyutada kreditlar ajratiladi. Bugungi kunga kelib
265 215 ta yuridik mijozlar hisob raqami mavjud bo‘lib,
shundan 120 388 tasi (45 %) harakatdagi mijozlar hissasiga
to‘g‘ri keladi.
Korporativ mobil banking — „Korporativ Mobile banking“
Do'stlaringiz bilan baham: |