Kirish asosiy qism I bob alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekologik holati


Download 108.11 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi108.11 Kb.
#1551417
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
RAYHONA


KIRISH …………………………………………………………………….3
ASOSIY QISM
I BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR EKOLOGIK HOLATI
1.1 ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR EKOLOGIK-HUQUQIY HOLATI VA UNING XUSUSIYATLARI….6
1.2 DAVLAT QO‘RIQXONALARI VA ULARNING EKOLOGIK-HUQUQIY TARTIBI…………………………………………………..11
II BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HOLATI
2.1 DAVLAT MILLIY TABIAT BOG‘LARI………………………..14
2.2 ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HUDUDLAR………………………………………………………….22
XULOSA…………………………………………………………..34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………..35

KIRISH
Qoʻriqxonalar bu belgilangan qonunlarga muvofiq, davlat tomonidan ajratilgan, alohida ilmiy yoki madaniy ahamiyatga ega boʻlgan (tipik yoki noyob landshaft, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalar), tabiiy obʼyekt joylashgan yer (hudud) yoki suv kengliklari va madaniy-maʼrifiy maqsadlar uchun uzoq muddatga ajratilgan va toʻlaligicha xoʻjalik ishlaridan xoli tabiiy majmua hisoblanadi.
XX-asrning 90-yillarida BMTning "Milliy bogʻlar va ular maqomidagi qoʻriqxonalar roʻyxati"ga 2618 alohida qoʻriqlanadigan hududlar (yer may-doni 4 mln. km2dan ortiq va Yer yuzidagi quriqlikning 3% ini tashkil qiladi) kiritilgan.
Qo`riqxonalar hududi va uning atrofidagi belgilangan chegaradagi muhofaza qilinadigan zonalarda qo`riqxonalar tabiiy majmuasiga zarar yetkazadigan yoki tabiiy obʼyektlarga xavf tug`diradigan har qanday faoliyat (ov qilish, baliq tutish, daraxt kesish, foydali qazilmalarni qzib olish, oʻt oʻrish, mol boqish va boshqalar), shuningdek, Qoʻriqxonalar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan sanoat va qishloq xoʻjaligi obʼyektlari qurilishi ham taqiqlanadi. Qoʻriqxonalar hududiga maʼmuriyatning ruxsatisiz begona odamlar kiritilmaydi. Oʻzbekistonda Qo`riqxonalarning tashkil qilinishi, faoliyati, taʼminoti va muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3 dekabrdagi "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi Qoʻriqxonalarda reja asosida ilmiy tekshirish. ishlari olib boriladi, tabiat yilnomalari, ilmiy hisobotlar (yillik, besh yillik) tuziladi, tavsiyanomalar, Qoʻriqxonalar hududi va milliy bogʻlarda qoʻriqxona tartibiga rioya qilish talab va qoidalari ishlab chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ovchilik xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tasarrufida 8 ta davlat qoʻriqxonasi bor: Zomin togʻoʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Zarafshon davlat qoʻriqxonasi, Surxon davlat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Chatqol biosfera qoʻriqxonasi, Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi. Oʻzbekistonda shuningdek, milliy bogʻ va buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat olib boradi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi qonunga binoan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va foydalanish sohasida davlat boshqaruvni hukumat, joylarda davlat hokimiyati organlari hamda maxsus tayinlangan davlat organlari amalga oshiradilar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasida davlat nazorati O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi va joylarda davlat hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yangi qonun qabul qilinishi bilan uni yangilash va takomillashtirish rejalashtirilgan. Respublikada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yaxlit bir tizimdan iborat bo'ladi. U oxir-oqibatda bioxilma-xillikni uzoq vaqt saqlab qolishni ta'minlovchi uzluksiz ekologik turga aylanadi. "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida” gi qonun qabul qilingandan so'ng ko'p sonli ob'ektlarga – o'rmon xo'jalik korxonalari va ovchilik xo'jaliklariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi beriladi. Biosferik davlat rezervati tushunchasini kiritish alohida ahamiyatga ega. Ularni tashkil etish tartib va rejimi bizning qonunchiligimizda birinchi bor ko'zda tutiladi va biosferik rezervatlar bo'yicha YuNESKO xujjatlari talablariga mos keladi. Xozirgi kunda Respublikamizda 9 qo'riqxona va 2 milliy bog' mavjud.
Mavzuning dolzarbligi. Insoniyat rivojlanishi bilan uning tabiatga bo`lgan munosabati ham o`zgarib bormoqda. Shuning uchun ham har bir davlat o`z mamlakatining tabiiy boyliklarini asrash maqsadida muhofaza qilinadigan hududlarini tashkil qilgan. Bu hududlarni esa Davlat qo`mitasining boshqarmalari boshqaradi. Bugungi kungacha yer yuzida turli noyob hayvonlar insonning noto`g`ri munosabati va tazyiqi oqibatida butunlay yo`qolib ketgan va yo`qolish havfi ostida turibdi. Buning misoli sifatida XX asrgacha yo`q bo`lib ketgan tur, stellerov sigiri, qalin junli karkidon, xaltali bo`ri, sayyor kaptar, dronit, gigant dinoris kabi hayvonlarini misol qilib keltirish mumkin. Bu ko`rsatkich faqat yer yuzida emas, balki mamlakatimizda ham mavjud. Jumladan: turon yo`lbarsi, gepard, turkman quloni, Orol sulaymon balig`i kabi hayvonlar umuman yo`q bo`lib ketdi, qoplon, sirtlon, to`xta tuvaloqlar esa yo`q bo`lib ketish havfi ostidagi hayvonlardir. Ana shunday ayanchli oqibatlarning oldini olish va bioxilma-xillikni saqlab qolish uchun alohida muhofaza qilinadigan hududlar tashkil etilgan.

Download 108.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling