Kirish asosiy qism: I bob o’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy asoslari
Download 38.54 Kb.
|
3-SINFDA MANTIQIY MASALALARGA QISQA YOZUV TUZISHDA RASM,CHIZMA VA JADVALLARDAN FOYDALANISH USULLARI
3. Masalaning yechilishi Masalaning yechilishi bu yechim plani
tuzilayotganda tanlangan arifmetik amallarni bajarish demakdir. Bunda har bir amalni bajara turib nimani topayotganimizni tushuntirish shart. Masalayechimini og’zaki yoki yozma ravishda bajarilishi mumkin. Og’zaki yechishda tegishli arifmetik amallar tushuntirishlar og’zaki bajariladi. Boshlang’ich sinflarda yechiladigan masalalarning deyarli yarmi og’zaki bajarilishi kerak. Bunda bolalarni bajarilayotgan masalalarning deyarli amallarga doir to’g’ri va qisqa tushuntirishlar berishga o’rgatish kerak. Masalan quyidagi masalani 3-sinfda og’zaki yechish talqin qilinsin: Yangi uyda 49 ta kvartiraga xonadon ko’chib keldi. Bo’sh qolgan kvartiralar ko’chib kirilgan kvartiralardan 18 ta kam. Uyda hammasi bo’lib nechta kvartira bor? O’quvchi quyidagicha fikr yuritishi mumkin: avval nechta bo’lib kvartira qolganini bilaman buning uchun 49 dan 18 ni ayiraman. 31 qoladi; endi uyda hammasi bo’lib nechta kvartira borligini bilaman. Buning uchun 49 ga qo’shaman 80 chiqadi. Javob uyda hammasibo’lib 80 ta kvartira bor. Avval jamini aytib so’ngra tushuntirishni bersa ham bo’ladi. Avval 49 dan 18 ni ayiraman. 31 qoladi- shuncha kvartiraga qoladi haligi hech kim ko’chib kirmagan va hokazolar. Yozma yechishda amallar yoziladi. Ular uchun tushuntirishlarni esa o’quvchilar yozadilar yoki og’zaki aytadilar. Boshlang’ich sinflarda masala yechlishini quyidagi asosiy formalari bor: 1. Masala bo’yicha ifoda tuzish va uning qiymatini topish; 2. Masala bo’yicha tenglama tuzish va uni yechish; 3. Yechilishi ayrim amallarning ko’rinishida yozish. Yechilishni ayrim yozishning sanab o’tilgan formalarning har birini quyidagimasalani yechish misolida ko’rib chiqamiz: Tushuntirishlarni yozishga bolalarni maxsus o’rgatish zarur. Dastlab ypzuvni o’qituvchi rahbarligida, so’ngra mustaqil bajarish lozim. Har bir masalani ham tushuntirishlarni yozish bilan bajaraverish kerak emas. Yangi turdagi masalalar bilan tanishtirishda, odatda yechish yozma bajariladi. Bunda, 1-sinfda tushuntirishlar aytiladi 2 va 3-sinflarda esa yoziladi. Mustaqil ishlar bajarilayotganda o’qituvchi qaysi yozuv formasi bilan foydalanishni aytib turadi. Ko’pchilik hollarda dastlabki ikkita yozuv formasi ya’ni ifoda va tenglama tuzish ma’qulko’riladi. Download 38.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling