KIRISH
Ta’limni tubdan isloh qilishning ajralmas va muhim qismi hisoblangan
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, amaliyotga joriy qilinishi
mumkin bo’lgan yo’l-yo’riqlar yangicha usullar orqali mutaxassislar tomonidan
ma’lum tizim asosida o’rgatilishi lozim. Jahon ta’limi tajribasi shundan dalolat
beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy qilishi bilan
chambarchas bog’liqdir.
Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi o’zgarishlar ta’lim jarayoni tarkibiy
qisimlarini yangicha tartibda namoyon bo’lishini taqozo etadi. An’anviy ta’lim
qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim
metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa
ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi
kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |