Kirish. Asosiy qism: So`z birikmasi haqida umumiy ma`lumot. So’z birikmasi sintaksisi


So`z birikmasi haqida umumiy ma`lumot


Download 39.23 Kb.
bet2/4
Sana28.03.2023
Hajmi39.23 Kb.
#1302365
1   2   3   4
Bog'liq
Abdirahimova E`zoza

1. So`z birikmasi haqida umumiy ma`lumot.
Ikki va undan ortiq mustaqil so’z grammatik va ma’no jihatdan birikib, so’z birikmasini hosil qiladi. So’z birikmasi hokim so’z va tobe so’zdan tuziladi:
1) Tobe so’z – so’roqqa javob bo’lgan so’z(har doim tobe so’z birinchi keladi)
2) Hokim so’z – so’roqda qatnashgan so’z(har doim ikkinchi keladi)
Baland bino – qanday bino? Demak, baland – tobe so’z, bino – hokim so’z! Eslab qoling! So’z birikmalarida har doim birinchi tobe so’z, keyin hokim so’z keladi! So’z birikmasi hokim so’zning qaysi turkumga oid so’z bilan ifodalanishiga qarab, ikki guruhga bo’linadi: otli so’z birikmasi, fe’lli so’z birikmasi Otli so’z birikmasida hokim so’z ot va otlashgan so’zlar bilan ifodalanadi(xullas, fe’ldan boshqa so’z turkumlari bilan): shaharning ko’chalari, hammasidan katta, chumchuqning chug’ur-chug’uri, o’quvchilarning beshtasi, beqiyos o’lka, katta qishloq. Fe’lli so’z birikmasida hokim so’z faqat fe’l bilan ifodalanadi: kitobni o’qimoq, daftarga yozmoq, tez yugurmoq, ohista gapirmoq, ta’sirli so’zlamoq, zavq bilan o’qimoq. So’z birikmasida so’zlarning o’zaro birikish usullari So’z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so’zning hech qanday qo’shimchasiz, faqat ohang va ma’nosiga ko’ra bog’lanishi bitishuv deyiladi: tez termoq, chiroyli gapirmoq, ishchan o’quvchi, mehribon ustoz. Tobe so’zning hokim so’zga tushum, jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigi qo’shimchalari yoki ko’makchilar yordamida bog’lanishi boshqaruv deyiladi: do’stlarni hurmat qilmoq, g’alaba uchun kurashmoq, yoshlarga g’amxo’rlik qilmoq, sharoitga ko’ra yondashmoq. Eslatma! Bilan ko’makchisi savolda qatnashmasa – bitishuv! Zavq bilan tinglamoq, ishtaha bilan yemoq, ibo bilan kelmoq – bitishuv! Taqqoslang:
a) Qoshiq bilan yemoq – nima bilan yemoq – boshqaruv;
b) Maroq bilan eshitmoq – qay holda eshitmoq – bitishuv.
Tobe so’zning hokim so’zga qaratqich kelishigi qo’shimchasi yordamida, hokim so’zning esa tobe so’zga egalik qo’shimchasi yordamida bog’lanishi moslashuv deyiladi: kitobning muqovasi, xonalarning kattarog’i, bizning sinfimiz, sizning ukangiz. Teng bog’lanish va tobe bog’lanish So’zlarning o’zaro bog’lanishi kki xil bo’ladi:
1) Teng bog’lanish – ikki so’zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo’ysunmay bog’lanishi: opam va kitob, uy va tom kabi. Bir xil gap bo’lagi vazifasida kelib, ko’pincha bir xil so’roqqa javob bo’luvchi bo’laklarning o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog’lanishi teng bog’lanish deyiladi. Quyidagi vositalar teng bog’lovchi vazifasini bajaradi:
a) biriktiruv bog’lovchilari – va, hamda, bilan;
b) zidlov bog’lovchilari – ammo, lekin, biroq;
c) ayiruv bog’lovchilari – yo, yoki, yo-yo, goh-goh, dam-dam;
d) gumon yuklamasi – na…na;
e) kuchaytiruv-ta’kid yuklmasi - u, -yu, -da.
f) Sanash ohangi
Eslatma! Gapdagi so’zlar sanash ohangi yordamida bog’langanda ular vergul bilan ajratiladi va teng bog’lanishga olinadi: Navoiy, Bobur asarlari. Bunda Navoiy va Bobur so’zlari teng bog’langan.
2) Tobe bog’lanish – bir so’z(tobe so’z)ning boshqa bir so’z(hokim soz)ga bo’ysunishi orqali bog’lanishi: opamning kitobi, uyning tomi kabi. Bog’lovchi vositalar:
a) Ko’makchilar;
b) Kelishik qo’shimchalari;
c) Egalik qo’shimchasi;
d) Ohang(tobelantiruvchi);
e) Shaxs-son (ega kesim moslashuvi) So’zlarning teng bog’lanishi so’z qo’shilmalarini hosil qiladi.
So’z qo’shilmasida har bir so’z ma’no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi: opam va kitob, siz bilan biz kabi.

Download 39.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling