Kirish. Asosiy qism


SUYUQLIK OLISH NORMASINI HISOBLASHDA CHEGARALAR MEZONI


Download 1.07 Mb.
bet6/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1317604
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Barqaror rejimdagi gidrodinamik tatqiqotlari natijasiga ishlov berish

SUYUQLIK OLISH NORMASINI HISOBLASHDA CHEGARALAR MEZONI
Quduqdan suyuqlik olish normasi deb, quduqni uzoq muddat asoratlarsiz qatlam energiyasini oqilona qo‘llab ishlatishda qatlamning mahsuldor tavsifi ta’minlangan debitga aytiladi. Suyuqlikni olish normasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: chegaralangan olish va chegaralanmagan olish.
Chegaralanmagan olish quduqlari uchun olish normasi potensial debit yoki qazib chiqaruvchi jihozning texnik imkoniyatlari bilan limitlanadi (cheklanadi).
Olishni chegaralovchi asosiy mezonlarga quyidagilar kiradi:
Drenajlanayotgan quduq qatlam hajmidan ajralayotgan erkin gazning ma’lum qismini oldini olish,
  (4.18)

uyumda suv va gaz konuslari hosil bo‘lishini oldini olish;


bosim gradientini chegaralovchi kollektorning mexanik mustahkamligi;
mustahkamlovchi quvur bukilishini oldini olinmaganligi;
qiya yo‘naltirilgan quduqlarning egrilik burchagining yuqoriligi sababli quduq jihozini kerakli chuqurlikka tushirish imkoni yo‘qligi;
qazib chiqaruvchi jihozlarni qo‘llash imkoniyatlari yo‘qligi yoki chegaralanganligi;
quduqdan mahsulotni ko‘tarish uchun qo‘llaniluvchi energetik jihozlar tavsiflarining chegaralanganligi (kompressor bosimi va kompressorli ishlatishda uning sarf qiymatlarining chegaralanganligi);
ishchi agentning (masalan, kompressorli ishlatishda gaz) chegaralangan resurslari va boshqalar.
4.6-masala. Quyidagi shartlar uchun kompressor usulida ishlatilayotgan quduqdan neft olish normasini hisoblang: qatlam bosimi   =16 MPa, to‘yinish bosimi   = 8 MPa, mahsuldorlik koeffitsienti  = 40 t/(sut∙MPa). Kollektorning mexanik mustahkamligi quduqni potensial debitlar bilan ishlashiga to‘sqinlik qilmaydi. Ishchi agent (gaz)ning maksimal mumkin bo‘lgan sarfi  = 60 000 m3/sut.
Quduq chuqurligi   = 2200 m; qatlam neftining zichligi  = 850 kg/m3; degazatsiyalangan neft zichligi   = 902 kg/m3; gaz omili   = 40 m3/t; neftli gazning o‘rtacha eruvchanlik koeffitsienti  =51/MPa; gazning mo‘ljallangan ishchi bosimi   = 5 MPa; quduq ustidagi bosim  =0,8 MPa.
Echish. (4.18) dagi shart bo‘yicha quduq tubi bosimini aniqlaymiz:   = 0,75 ∙ 8 = 6 MPa. Olish normasi Q= 40(16- 6) = 400 t/sut.
 ekan, u holda ko‘targich uzunligini N quyidagi formula yordamida hisoblaymiz:
  (4.19)
bu erda  boshmoqdagi bosim, Pa;   – «quduq tubi-lift boshmog‘i» oralig‘idagi gaz-neftli aralashma zichligi, kg/m3.
  kattaligini 800 kg/m3 ga; gaz haydashdagi bosim yo‘qotilishini 0,5 MPa, boshmoqdagi bosimni   = (  – 0,5) = 5 - 0,5 = 4,5 MPa ga teng deb olamiz.
(4.19) bo‘yicha ko‘targich uzunligini hisoblaymiz:

Ko‘targich optimal rejimda ishlayapti deb taxmin qilamiz va uning diametrini quyidagi formula yordamida hisoblaymiz (mm):
  (4.20)
Ko‘targichdagi neftning o‘rtacha zichligi   = ( ) / 2 = (850 + 902)/2 = 876 kg/m3. Ko‘targich diametri:


NKT standart diametrini 114 mm shartli diametr, ichki diametri 100,3 mm deb olamiz. Optimal rejimdagi gazning solishtirma sarfi:
  (4.21)
Bizning holatda:

Haydalayotgan gazning solishtirma sarfi:
  (4.22)
Bizning holatda:

Gazning umumiy sarfi:
  = 400 ∙ 353,65 = 141 460 m3. (4.23)
Mo‘ljallangan gaz hajmi   = 60 000 m3 bilan quduqni 400 t/sut debit bilan ta’minlay olmaydi. Haydalayotgan gazning olingan solishtirma sarfini  =353,65 m3/t deb olib, quduqning kutilayotgan debitini hisoblaymiz:

SHunday qilib, ushbu konkret holatdagi olish normasi taxminan 170 t/sut.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling