Kirish barchamizni vatan tarqqiyoti birlashtiradi! Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarning ko‘payishi, undan tashqari Ona zaminimiz bag‘rida yotgan resurslarimizni nes – nobut qilmasdan o‘zlashtirsak, kon zaxiralaridan samarali


Download 335.51 Kb.
bet23/24
Sana21.06.2023
Hajmi335.51 Kb.
#1644870
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Xasanov U. asosiy qism 100 %

6.2. Kon ekologiyasi

Hozirgi davrda fan-texnika inqilobi sharoitida tabiat resurslaridan keng miqyosda foydalanish xamda atrof muxitni ifloslantiruvchi tog»-kon sanoati, transport, qishloq xoʻjaligi va maishiy chiqindilarning ortishi insonning tabiatga koʻrsatayotgan umumiy salbiy ta’sirini keskin kuchaytirmoqda.


Yuqorida qayd etilgan keskin muammolardan biri sayyorviy geoekologik muammolardir. Geoekologik muammolarning aynan, ushbu turining oʻziga xos xususiyati Yer yuzidagi barcha insonlarga taalluqli ekanligidir. Inson tomonidan chiqarilgan chiqindilarning bir qismi atmosferada, bir qismi okeanlarda toʻplanmoqda, ya’ni chiqindilar izsiz yoʻqolmaydi. Endi ular umumbashariyat xayotiga xavf tugʻdirmoqda. SHu tufayli xam sayyoraviy geoekologik muammolarning moxiyatini bilish, ularni bartaraf qilish yoʻllarini izlash va zudlik bilan amalga oshirish barcha mamlakatlar oldidagi yechimini kutayotgan bosh masala boʻlmogʻi darkor.
Sayyoraviy geoekologik muammolarga quyida qisqarok tarzda boʻlsa xam toʻxtalamiz. Dunyo «issiqxonasi samarasi». Yer atmosferasi tarkibidagi barcha gazlar oʻziga yarasha vazifalarini bajaradi. Xususan is gazi (SO2) Yerdagi xaroratni bir xilda ushlab turishi tufayli sayyoramizning «kurpasi» xisoblanadi. Is gazining atmosfera xavosi tarkibidagi ulushi foiz boʻyicha 0,03 ni tashkil etsada, mavsumlar davomida tabiiy xolda oʻzgarib turadi. Ma’lumotlarga qaraganda, hozir inson tomonidan yiliga oʻrtacha 22 mlrd. t.dan ortiq, is gazi atmosferaga chiqarilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, atmosfera tarkibidagi ushbu gaz miqdori keyingi asr mobaynida 10-15 % ga oshgan. XI asr oʻrtalariga borib, 40% ga ortishi bashorat qilinmoqda. Yerdagi xaroratning oʻrtacha koʻrsatgichi (15atrofida) koʻtarilishi aynan ushbu gaz miqdorining ortishi bilan bogʻliq. Is gazi Quyoshdan kelayottan qisqa toʻlqinli nurlarni koʻp qaytarib, ayni vaqtda Yerdan qaytgan uzun toʻlqinli nurlarni tutib qolishi «issiqlik samarasi» jarayonini ruyobga chiqaruvchi asosiy manbadir. Keyingi 100 yil mobaynida Yer shari oʻrtacha xarorati 1 ga ortganligi qayd etilmoqda. Agar shutarzda davom etaversa, yangi asr oʻrtalarida Yerning oʻrtacha xarorati 3-5 ga qadar oshishi kutilmoqda. Xaroratning muntazam ortib borishi qanday ekologik muammolarni keltirib chiqarishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nimalar bilan tugallanishini mutaxassislar tomonidan ilmiy nazariy jixatdan asoslanmoqda. Geograflar sayyora miqyosida xaroratning 1-2% koʻtarilishi Yerning tabiat zonalarini qutblarga tomon 150-500 km ga surilishini ta’kidlamoqdalar. Demak, oʻrtacha kengliklarda (dasht mintakasida) gʻallachilik mintaqalarida yogʻinlar miqdori kamayadi, aksincha tropik mintaqada yogʻin miqdori ortadi. Koʻplab axoli zich yashaydigan xududlarda xaroratning koʻtarilishi, kishilar salomatligiga sezilarli ta’sir koʻrsatishi mumkin. Xarorat va namlikning jiddiy oʻzgarishi qishloq xoʻjaligiga sezilarli ta’sir koʻrsatishi, xususan SHimoliy Amerikaning markaziy qismi va shunga oʻxshash xududlarda bugʻdoy va makkajoʻxori xosildorligi keskin kamayishi kutilmoqda.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Sovuq buloq koni 1985-yildan beri ishlab kelmoqda. Sovuq buloq ohaktosh koni Toshkent viloyatining Piskent tumani hududida joylashgan boʻlib, Qurama tizmasining shimoliy yon bagʻirlari etaklarida joylashgan. Kon Sovuq buloq karbonatli jinslar massivining shimoliy tarmogʻi boʻlgan Tutbuloq karbonat massivi bilan chegaralangan. 1972-1975 yillarda Sovuq buloq konida batafsil qidiruv ishlari olib borilganda, foydali ohaktosh qatlami zahiralarni hisoblash gorizontigacha +670 m gacha suv yo’qligi qayd etildi.


Sovuq buloq karyerida skvajinalarni burg'ilash uchun SBU-100G tipidagi zarbli dastgohlar qo'llaniladi. Mashina asboblari 7 atm bosimda 10 m3/min quvvatga ega PV-10E tipidagi mobil kompressor stansiyalaridan siqilgan havo bilan ta'minlanadi.
SBU-100G dastgohlari tomonidan burg'ilangan kon massasidan chiqqan nogabarit bo’laklari hajmining 1% PR-19 tipidagi qo'l perforatorlari yordamida burg’ilab portlatiladi.
Portlatilgan kon massasini yuklash uchun EKG-5A tipidagi zamonaviy elektr bir cho’michli ekskavatori qo’llaniladi. Bunda ekskavatorning puch tog’ jinslari bo’yicha yillik ish unumdorligi taxmin 23 ming m3 ni, ruda qazib olishda yiliga 40 ming m3 deb qabul qilinadi. Kon massasini qazib olish uchun ekskavatorning o'rtacha unumdorligi yiliga 63 ming m3 ni tashkil qiladi.
“Sovuqbuloq” konining o’ziga xos murakkab kon-geologik relyefda joylashgani, konning o’lchamlari kichikligi (200x600 m), karyer maydonidan qazib olinadigan kon massasining kamligi, qoplama tog’ jinslari ag’darmalarining yaqin joylashganligi, kon massasini avtomobil transporti bilan tashish ishlarini qiyinlashtiradi. Konda kon massasini tashish uchun dastlab yuk ko’tarish qobiliyati 12 t bo’lgan КрАЗ-256, yuk ko’tarish qobiliyati 27 t bo’lgan БелАЗ-7548 avtoag’dargichlarini qo’llash o’zaro solishtirma tahlili amalga oshiriligan. Karyerning ishlab chiqarish unumdorligini asos sifatida olinib, kon massasini tashish uchun БелАЗ-540 avtoag’dargichi iqtisodiy samarali deb topligan.Bugungi kunda ham karyerda kon massasini tashish aynan man shu avtoag’dargicha yordamida amalga oshirilmoqda.
Men bitiruv malakaviy ishimda Sovuq buloq koni sharoitida puch tog’ jinslarini otvalga hamda foydali qazilmalarni zavodga tashish uchun БелАЗ-540 hamda БелАЗ-548 avtosamosvallarining parametrlarini hisoblab chiqdim. Hisob kitob natijalaraiga ko’ra Sovuq buloq koni sharoitida kon massasini tashish uchun eng samarali transport bu avtotransport bo’lib, bunda avtotransportning БелАЗ-540 rusumi unumdorlik jihatidan ham, texnik jihatdan, iqtisodiy jihatdan ham eng samarali bo’ldi.


Download 335.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling