Kirish bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi va ahamiyati
Download 20.09 Kb.
|
КИРИШ НАМУНА
KIRISH BITIRUV MALAKAVIY ISHINING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI. Internetning rivojlanishi bilan dunyoda yangi davr boshlandi. U ilk bosqichlarida bir xonadagi kompyuterlarni bir-biriga ulash va axborot almashish uchun xizmat qilgan boʻlsa, bugungi kunda butun dunyoni bir-biri bilan axborot almashish imkonini berdi. Hozirgi kunga kelib insonlar bir nuqtada turib, virtual holda boshqa bir mamlakatdagi vaziyatlardan boxabar boʻla olishi, yaqinlari bilan muloqot qilishi mumkin. Shu jihatda internet bugun insonlar oʻrtasida virtual olamda kommunikatsiya oʻrnatishni yuzaga keltirayotgan eng qulay platformaga aylandi. Internetning ham paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan bogʻliq bosqichlari mavjud. Dastlab oʻzaro aloqa vositasini yaratish fikri sobiq SSSR davrida paydo boʻlgan boʻlib, lekin ushbu gʻoya xomhayolligicha qolib ketgan edi. Toʻgʻrirogʻi, ushbu gʻoyani amalga oshirish hukumat tomonidan maʼqullanmaganligi bois reallashtirilmagan edi. Oradan ancha yillar oʻtgach, 1969-yilning dekabr oyida bu Amerikada amalga oshirildi. Yaʼni toʻrtta veb-tugundan iborat, AQSHning toʻrtta universitetini birlashtirgan tarmoq tashkil etilib unga ARPANET deb nom berildi.1 ARPANET tarmogʻida maʼlumotlar uzatilishi muvaffaqiyatli amalga oshirila boshlangach, 1971-yil elektron pochta joʻnatish boʻyicha dastur ishlab chiqiladi va u bir zumda ommalashadi.2 1988-yili matnli xabarlar bilan bir zumda almashinish protokoli Internet Relay Chat (IRC) ishlab chiqiladi, bu foydalanuvchilarga real vaqtda muloqotda boʻlish imkonini tugʻdiradi.3 1989-yili ingliz olimi Tim Berners-Li butunjahon global tarmoq konsepsiyasini yaratib, 1991-yilga kelib HTTP protokoli va gipermatn belgilari tili HTML identifikatorlarini ishlab chiqdi.4 1990-yili internetga telefon tarmogʻi orqali ulanish imkoni vujudga keldi (Dialup access – qoʻngʻiroq orqali ulanish). 1991-yili internet barcha foydalanuvchilar uchun ochiq deya eʼlon qilinadi. 1993-yili mashhur NCSA Mosaic veb-brauzeri ishga tushadi. Uning to hozirgi kunga yetib kelguniga qadar bosib oʻtgan yoʻllarida koʻplab insonlarning mehnati singan. Hozirda jurnalistikada internetning oʻz oʻrni bor boʻlib, har bir davlat rahbari, davlat tashkiloti, rasmiy OAV va elektron OAV oʻz faoliyatlarini usiz tasavvur eta olishmaydi. Axborot qabul qiluvchiga zarur boʻlgan xabarlarni nihoyatda tez va oson yetkazib bera oladi. Jurnalistikaning yangi bosqichi sanalmish onlayn jurnalistika insoniyat kundalik hayotining, har bir daqiqasining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Unda berib borilayotgan materiallarda yangilik va ulgʻunlik mavjud ekanligi, jurnalistikaning tezkorlik prinsipiga mos kelishi bilan keng ommani oʻziga jalb qila oladi. Shunday qilib, anʼanaviy axborot usullarining boshqa bir formatga koʻchishi natijasida jurnalistikaning ham shakl jihatdan, ham mazmun jihatdan oʻzgarishiga olib keldi. Bu esa oʻz navbatida yangi media makonida jurnalistikaning yangi turlarini, xususan maʼlumotlar jurnalistikasi (data journalism) ning paydo boʻlishiga olib keldi. Raqamlashtirish davri barcha maʼlumotlarni axborot qabul qiluvchi oson “hazm” qilishi, hamma bir qarashning oʻzida uzatilgan axborotni tushunishi uchun turli infografik tasvirlardan foydalanish imkonini berdi. Bugungi kunga kelib, hisobotlar va statistik maʼlumotlarni uzun matn koʻrinishida berish jurnalistika uchun anchayin eskirgan metod hisoblana boshladi. Qolaversa, bugungi texnologiyalar asrida axborot qabul qiluvchilar bu tarzdagi axborotlarni oʻqimaslikni afzal koʻrmoqda. Ular vaqtini juda ham tejaydi. Barchasiga tezda, tushunarli tarzda erishishni istaydi. Shu sababli, bugungi axborot qabul qiluvchini axborot uzatuvchi tomonidan taqdim qilingan kontentni boshdan oxirigacha oʻqishini taʼminlash va oʻquvchining nashrga sodiqligini saqlab qolish maqsadida maʼlumotlarni vizuallashtirish yoki infografika koʻrinishida uzatish urfga aylandi. Chunki bugungi axborot qabul qiluvchi anʼanaviy OAV muhitidagi kabi nimani taqdim qilsangiz oʻshani qabul qilishga majbur passiv oʻquvchi/tomoshabin emas, aksincha internet olamida oʻz xohishiga koʻra, axborot tanlovchi faol oʻquvchiga aylandi. Shu jihatdan OAVda infografikalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etib, ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusini oʻrganish dolzarb hisoblanadi. Download 20.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling