Kirish bob kredit nazariyasi
Download 25.95 Kb.
|
pul kredit maruza1guruh11112
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH MAVZUNING DOLZARBLIGI.
MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………3 1-BOB KREDIT NAZARIYASI…………………………….5 Kredit va uning nazariyasi………………………….......... Iqtisodiyotda kreditning o’rni…………………………..... 2-BOB XALQARO DAVLATLARDA KREDIT TIZIMI….. 2.1. Kreditning tamoyillari…………………………………... 2.2. Kreditning funksiyalari…………………………………. 3-BOB O’ZBEKISTONDA KREDIT TIZIMI……………… 3.1. Kredit zarurligi………………………………………….. 3.2. Kredit tamoyillari……………………………………….. KIRISH MAVZUNING DOLZARBLIGI. Kreditning davlatimizga zarurligi va foiz stavkalarniu kamaytirishilishi. Hozirgi globallashuv jaroyanlkari tezlashgan vaqtda kreditlashtirishda asosiy yo’nalishlarni belgilab olish zarur. Kredit munosabatlari bozor iqtisodiyoti sharoitida muxim axamiyat kasb etib mavjud resuslardan samarali foydalanish quroli sifatida kata rol o’ynaydi Ma’lumki, jamiyat faoliyatining asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Ishlab chiqarishni o’zluksizligini ta’minlashda esa kreditning o’rni muhim hisoblanadi. Boshqacha aytganda korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining o’zluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma fondlarining aylanishini to’xtab kolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarni moliyaviy resurslari bilan ta’minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda, sotilgan tovar uchun to’lov summmasini olish va boshqa obyektiv va subyektiv sabablar kreditning zarurligiga olib keladi. Kredit (lotincha – ishonish – verit, doveryatsya) deganda o’z egalari qo’lida vaqtincha bo’sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag’larining boshqalar tomonidan ma’lum muddatga xaq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi. Kredit qadimdan ma’lum bo’lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo’lgan bo’lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan boђliq. Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo’lmaydi, u tovar sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin.) Kreditning mohiyati, ahamiyati va zaruriyati. Kreditning imkoniyati. Kreditning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o’rni. Kredit rivojlanishining asosiy bosqichlari. Kreditning funksiyalari. Kredit resurslari. Kreditning asosiy tamoyillari. Kreditning asosiy shakl va turlari. Bank, iste’mol va tijorat kreditining turlari. Moliya – kredit resurslari bozori. Fond birjasi. Birja faoliyatining asosiy tamoyillari. Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta’sir etuvchi omillar. Insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki banklar xo’jalik subyektlarini kredit mablag’lari bilan ta’minlab ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarajonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Aynan shu jarayonda bank va mijoz o’rtasida qonun talabi va me’yoriy hujjatlar asosidagi, turli shakl va usulga ega munosabatlar yuzaga keladi. Bu munosabatlar jahon andazalari talabida shakllanishi va huquqiy tenglik asosida rivojlanib borishi davr talabi bo’lib, endilikda banklar faoliyatining rivoji bevosita mijozlar faoliyatiga bog’liqdir. Ma’lumki, respublikamiz mustaqillikka erishishi bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda banklar tomonidan berilayotgan kreditlarning ahamiyati beqiyos darajada oshib bormoqda. Bank kreditlari yordamida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari rivojlantirilmoqda, yangidan-yangi korxonalar barpo etilmoqda va aholi uchun qo’shimcha ish joylari tashkil qilinmoqda, ilg’or texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlar joriy etilmoqda, yangidan-yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. Har qanday taraqqiyot jarayoni qarama-qarshiliklar, muammolar asosida mukammallashib boradi. Mamlakatimiz banklari taraqqiyoti jarayonini ham muammolardan xoli deb bo’lmaydi. Ushbu muammolarning bank faoliyatiga salbiy ta’sir etish doiralarini aniqlash va bartaraf etish bizlardan ijodiy izlanishni talab etadi. O’zbekiston tijorat banklari bilan aholi o’rtasidagi kredit munosabatlarining 1-BOB KREDIT NAZARIYASI Kredit va uning nazariyasi Mohiyat so‘zi iqtisodiy yoki ijtimoiy hodisa yoki voqelikning ichki xususiyatini anglatadi. Kreditning mohiyati unung bir qator ichki xususiyatlarida namoyon bo‘ldi, avvalo, kredit qiymatning harakati bo‘lib ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi, lekin kredit har qanday qiymatning harakati emas. U vaqtinchalik foydalanishga beriladigan pul va tovar shaklidagi mablag‘larning harakatidir. Kreditning yana bir ichki xususiyati uning subektlar o‘rtasidagi munosabatlarda nomoyon bo‘ladi. Kreditnin subyekylari 2 ta:kreditor va kredit oluvchi. Kreditning 3 muhim xususiatlari shundan iboratki kredit unga bo‘lgan obektiv talab tufayli yuzaga keladi. Ayrim hollarda mijozlar kreditni qaytara olmaydi. Bu esa kreditni qaytarib berishlilik xususiatlarini inkor etmaydi. Kreditning mohiyatan farqlanuvchi asosiy jihati ham uning qaytarib olinishidir. Taraqqiy etgan davlatlarda ssuda kapitali bozori yaxshi rivojlangan. Bu bozor ikki qisimdan iborat: Birinchi segment pul bozori deyiladi. Bu bozorda qisqa muddatli kreditlarning foiz stavkalari shakillanadi. Ikkinchi segment capital bozori deyiladi. Bu bozorda o‘rta va uzoq muddatli kreditlarning foiz stavkalar shakillanadi. Libor + Spred = Libid Bu erda: Libor - kredit foiz stavkasi; Spred - bank foydasi; Libid - kreditning qiymati. Marja - bank bilan mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni harakterlaydi. Spred - bank bilan bank o‘rtasidagi munosabatlarni harakterlaydi Kreditning mohiyatini anglashda kredit qonunlari muhim o‘rinni egallaydi. Kreditning 3 ta qonuni bor: qaytarilish qonuni; qiymatning saqlanish qonuni; muvozanat qonuni- berilayotgan kreditlar va ularning resurslar taminoti ortasida muvozanat bo‘lishi kerak. Kreditning mohiyatini yanada aniqlashtirish uchun uning tarkibini, harakat bosqichlarini, iqtisodiy tushuncha sifatidagi muhim belgilarini va ijtimoiy iqtisodiy xarakteristikasini ko‘rib chiqamiz. Kreditning mohiyatini tushunish uchun, avvalambor, uning tarkibi nimadan iborat ekanligini tushunib olish zarur. Kredit munosabat bo‘lishi uchun uning zarur elementlari – kreditning obyekti va subyekti bo‘lishi zarur. Kredit munosabatlarida subyektlar ikki xil bo‘ladi: kreditor (qarz beruvchi)va qarz oluvchi. 1.2. Iqtisodiyotda kreditning o’rni Kredit” –so‘zi lotincha,,kredit” so‘zidan olingan bo‘lib ishonch degan ma’noni anglatadi. Kredit – bu pul va tovar shaklidagi resurslarni qaytarib berishlik, muddatlilik va foiz to‘lashlik shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladigan qiymatning harakatidir. Kredit munosabatlarining subekti bo‘lib kreditor va kredit oluvchi hisoblanadi, kreditning obekti bo‘lib pul va tovar hisoblanadi.
Kredit mamlakatning eksportning salohiyatini yuksaltirish imkonini beradi. Kredit iqtisodiyotdagi to‘lovning uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. Kredit davlatning o‘z funksiyalarini bajarilishini taminlashda muhim o‘rin tutadi. Kredit aholining turmush farovonligini ta’minlsh imkonini berdi. Kredit o‘zining aniq prinsiplariga ega: Qaytarib berishlilik prinsipi; Muddatlilik prinsipi; Foiz to‘lashlilik prinsipi; Ta’minlanganlik prinsipi.Kreditlar odatda birinchi toifali garov obyektlari bilan ta’minlanadi(er, oltin va boshqa metallar). Maqsadlilik prinsipi. 2-BOB XALQARO DAVLATLARDA KREDIT TIZIMI 2.2. Kreditning tamoyillari Xalqaro kredit – bu ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida valuta va tovar resurslarining qaytarishlik, muddatlilik va foizlarni to’lash shartlari asosida harakat qilishidir. Qarz beruvchi va qarz oluvchilar sifatida xususiy korxonalar (banklar, firmalar), davlat tashkilotlari, xalqaro va hududiy valuta-kredit va moliya tashkilotlari namoyon bo’ladi. Xalqaro kredit tovar ishlab chiqarish va pul muomalasi jarayonining rivojlanishi bilan paydo bo’lib, boshlang’ich kapitalni jamg’arish vositalaridan biri hisoblangan. Uning rivojlanishining obyektiv asosi ishlab chiqarishning milliy chegaralardan tashqariga chiqishi, xo’jalik aloqalarining baynalmilallashuvining kuchayishi hisoblanadi. Xalqaro kredit kapital doiraviy aylanishining hamma bosqichida, ya’ni import asbob-uskuna, xomashyo, yoqilg’ilarini sotib olish orqali pul kapitalining ishlab chiqarish kapitaliga aylanishida, tugallanmagan ishlab chiqarishni kreditlash shaklida ishlab chiqarish jarayonida, tovarlarni dunyo bozorlarida sotish jarayonida qatnashadi. Xalqaro kredit ichki kreditlar bilan uzviy bog’liqlikda qiymat shaklining o’zgarishida qatnashadi va ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga xizmat ko’rsatib, qayta ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi. Xalqaro kreditning manbalari sifatida korxonalarda doiraviy aylanish jarayonida vaqtincha bo’sh bo’lgan kapitalning pul shaklidagi qismi hamda banklar orqali harakatga keltiriladigan davlat va xususiy sektor jamg’armalari xizmat qiladi. Xalqaro kredit ichki kreditdan davlatlararo migratsiyasi va bu an’anaviy manbalarning qator mamlakatlardan jalb qilish hisobiga yirikligi bilan farq qiladi. Takror ishlab chiqarish jarayonining ma’lum bosqichlarida xalqaro kreditga obyektiv ehtiyoj tug’iladi. Bu quyidagilar bilan bog’liq: 1) xo’jalikda mablag’larning doiraviy aylanishi; 2) ishlab chiqarish va mahsulotni sotishning o’ziga xos xususiyatlari; 3) tashqi iqtisodiy bitimlarning hajm va muddat jihatidan farqlanishi; 4) ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bir xil muddatlarda yirik kapital qo’yilmalarining zarurligi. Xalqaro kreditning tamoyillari (shartlari) uning iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq ochib berishi mumkin. Xalqaro kreditning takror ishlab chiqarish bilan aloqasi uning quyidagi asosiy tamoyillari yoki prinsiðlarida ko’rinadi: qaytarishlik. Xalqaro kredit ham ichki kreditga o’xshab kelishilgan muddatga qaytarilishi lozim. Agar olingan mablag’lar qaytarilmasa, u holda qaytarilmas pul kapitalini o’tkazish xususiyatiga va moliyalashtirish ko’rinishiga ega bo’lib qoladi. muddatlilik. Kredit shartnomasida o’rnatilgan muddatlarda kredit qaytarilishi lozim. to’lovlilik tamoyili. Qiymat qonunini amal qilishini va kredit differensial shartlarini amalga oshirish yo’llarini ifodalaydi va xalqaro kredit uchun o’rnatilgan foizlar shu kreditning bahosi hisoblanadi. moddiy ta’minlanganlik. Kredit bo’yicha yuzaga keluvchi risklardan himoyalab, kreditni to’lab berish kafolatini anglatadi. maqsadga yo’naltirilganlik. Ssudaning aniq obyektlarini aniqlash, buning qo’llanilishidan asosiy maqsad kredit oluvchi davlatning eksportini rag’batlantirishdir. Xalqaro kreditning prinsiðlari bozorning iqtisodiy qonunlari bilan uning iqtisodiy aloqasini aks ettiradi hamda bozor subyektlari va davlatning joriy va strategik maqsadlariga erishish uchun qo’llaniladi. Xalqaro kredit ssuda kapitalini xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida aylanish xususiyatini aks ettiruvchi quyidagi funksiyalarni bajaradi: Kengaygan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish maqsadida ssuda kapitalining mamlakatlar o’rtasida taqsimlanishi. Xalqaro kredit mexanizmi orqali ssuda kapitali foyda olishini ta’minlash maqsadida iqtisodiy agentlar ko’zlagan sohalarga yo’naltiriladi. Shu orqali kredit milliy foydani o’rtacha foydaga aylantirishga va uning massasini oshirishga yordam beradi. Xalqaro hisob-kitoblarda asl pullarni (oltin, kumush) kreditpullar bilan almashishi, shuningdek, naqdsiz to’lovlarning tezlashishi va rivojlanishi, naqd valuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashishi muomala xarajatlarini iqtisod qiladi. Xalqaro kreditlar asosida xalqaro hisob-kitoblarning kredit vositalari bo’lgan – veksel, chek, shuningdek, bank o’tkazmalari, depozit sertifikatlari va boshqalar vujudga keldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ssuda kapitalining muomala vaqti tejalishi hisobiga kapitalning ishlab chiqarish funksiyasi yordamida ishlab chiqarishni kengaytirishga va foydani ko’paytirishga erishish mumkin. Kapitalning to’planishi va markazlashuvining tezlashishi. Chet el kreditlarini jalb qilish hisobiga qo’shimcha qiymatni kapitallashtirish tezlashadi, individual jamg’arish chegaralari kengayadi, bir mamlakat tadbirkorlarining kapitali boshqa mamlakat mablag’lari hisobiga ko’payadi. Kredit ma’lum chegaralarda boshqa mamlakatlarning kapitali, mehnati va mulkiga egalik qilish imkoniyatini beradi. Imtiyozli xalqaro kreditlarning yirik kompaniyalarga berilishi hamda mayda va o’rta firmalarning jahon ssuda kapitallari bozoriga kirish imkoniyatini qisqarishi kapitalning to’planishiga va markazlashuviga sabab bo’lmoqda. Xalqaro kredit funksiyalarining mohiyati milliy va jahon xo’jaligining rivojlanishiga qarab o’zgarib boradi. Zamonaviy sharoitlarda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasini bajaradi hamda o’zi ham tartibga solish obyekti hisoblanadi. Xalqaro kreditning turli shakllarini umumiy ko’rinishda, kredit munosabatlarini tavsiflovchi alohida jihatlari bo’yicha tasniflash mumkin. Xalqaro kreditni manbalari bo’yicha ichki, tashqi va aralash kreditlashga hamda tashqi savdoni moliyalashtirishga ajratish mumkin. Ular bir-biri bilan uzviy bog’langan va tovarning eksportyordan importyorga tomon harakatining barcha bosqichlariga – eksport tovarini ishlab chiqarish, uning yo’ldagi va omborga tushish jarayonlariga (shuningdek, chegaradan tashqarida ham), tovarning ishlab chiqarish jarayonida importyor tomonidan ishlatilishi va iste’mol qilinishiga xizmat qiladi. Tovar sotish jarayoniga qanchalik yaqin bo’lsa, qarzdorga uning shartlari shunchalik darajada ma’qul keladi. Qarz mablag’lari qanday tashqi iqtisodiy bitimda belgilanishiga qarab quyidagilarga bo’linadi: tijorat kreditlari – tashqi savdo va xizmatlar bilan bevositabog’langan; moliyaviy kreditlar – har qanday maqsadlarga ishlatiladi-gan, shu jumladan to’g’ri kapital qo’yilmalar, investitsion obyektlarni qurish, qimmatli qog’ozlarni sotib olish, tashqi qarzni to’lash, valuta intervensiyasini o’tkazishlar; oraliq kreditlar – kapital, tovar va xizmatlarni olib chiqa-rishning aralash shakllariga xizmat qilish uchun tayinlangan, masalan, pudrat ishlarini bajarish shaklida bo’lishi mumkin. Ko’rinishi bo’yicha kreditlar: tovar shaklida – asosan eksportyorlar tomonidan xaridorlarga beriladigan va valuta shaklida – banklar tomonidan pul shaklida beriladigan kreditlarga bo’linadi. Valutasi bo’yicha xalqaro kredit qarzdor mamlakatning valutasida yoki kreditor mamlakatning valutasida, shuningdek, valuta savatida hisoblanadigan xalqaro valuta birligida (SDR, yevro va b.) berilishi mumkin. Xalqaro kredit manbalariga ko’ra tashqi savdoni ichki, tashqi (chet) va aralash kreditlash hamda moliyalashtirish bo’yicha farqlanadi. 3-BOB O’ZBEKISTONDA KREDIT TIZIMI 3.1. Kredit zarurligi 1) Kreditning zarurligini belgilovchi eng asosiy omil bu kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishidir. 2) ayrim tarmoqlarda ishlab chiqarishning mavsumiy harakterga ega ekanligi. 3) davlat budjetining defitsitinig mavjudligi. 4) aholining turmush farovonligini ta’minlashning zarurligi. Kreditning obyekti ikkitaga bo‘linadi: -pul mablag‘lari; -tovarlar. Bank kreditlarni pul mablag‘lari shaklida beriladi. Obyekti tovar bo‘lgan kredit tijorat krediti deyiladi. Bunda sotilgan tavarlarning puli kechiktirib to‘lanadi ya’ni ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Tijorat krediti odatda tijorat vekseli bilan rasmiylashtiriladi. Hozirgi davrda bank kreditlarini berish tizimi tijorat kreditlari berish tizimiga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Buning asosiy sababi pulning yuqori likvidli akti ekanligidir. Kreditning subyektlari bo‘lib quydagilar hisoblanadi: 3.2. Kredit tamoyillari Kreditning qaytib berish tamoyili Kreditning muddatliligi Kreditning taʼminlanganlik tamoyili Toʼlovlilik tamoyili Kreditning maqsadli boʼlishi Download 25.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling