Kirish Budjet hisobi va hisoboti tizimini tartibga solish


Iqtisodiyot rivojiga mos buxgalteriya hisobini joriy etishning yangi usullari


Download 103.38 Kb.
bet9/9
Sana20.01.2023
Hajmi103.38 Kb.
#1103188
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Iqtisodiyot rivojiga mos buxgalteriya hisobini joriy etishning yangi usullari

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi rolini tubdan oshirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida mamlakatimizda barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 13-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni zamonaviy boshqaruvning muhim tarkibiy qismi hisoblangan ishonchli va mukammal iqtisodiy axborot va hisobotlar bilan ta’minlashning huquqiy asosiga aylandi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan strategiya asosida yuqori texnologiyalarga asoslangan korxonalar barpo etilib, zamonaviy boshqaruv usullari joriy etilmoqda. Davlatimiz rahbari aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruv va zamonaviy menejmentning yangi mexanizmlarini joriy etish asosida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish vazifasini qo‘ydi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish buxgalteriya hisobining mukammal yuritilishiga va ishonchli moliyaviy hisobotlarga tayanadi.
1996-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni o‘z navbatida buxgalteriya hisobini sifatli va ishonchli tashkil etish bo‘yicha xalqaro talablarga javob berishi bilan bir qatorda, korxonalarning moliyaviy hisobotlariga bo‘lgan ishonchning ortishiga, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobini rivojlantirishga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
O‘tgan davrda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida barcha sohalar singari hisob-kitob tizimida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi, soha bilan bog‘liq qator yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilindi, mavjudlari takomillashtirildi. Bu «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunni bugungi kun talablariga moslashtirishni taqozo etdi. Yuqoridagilar va sohada to‘plangan milliy va xorijiy tajriba buxgalteriya hisobini tashkil qilish, yuritish va hisobotlarni tuzish borasidagi qonunchilikni yanada mukammallashtirishni ilgari surdi. Shulardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni ishlab chiqilib, qabul qilindi va Prezidentimiz tomonidan tasdiqlandi.
32 moddadan iborat qonunda buxgalteriya hisobining mazmuni, asosiy maqsadi va vazifalari iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar hamda huquqni qo‘llash amaliyotiga qo‘yilayotgan yangi talablardan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobot tuzishning xalqaro standartlariga muvofiq belgilandi.
Birinchi prezidentimizning 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish choratadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish va e’lon qilish belgilanganligi munosabati bilan ham milliy, ham xalqaro standartlarni qamrab oluvchi buxgalteriya hisobining standartlari qonun darajasida o‘rnatildi.
Avvalgi qonunchilikda buxgalteriya xizmati rahbari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan aniq me’yorlarning mavjud bo‘lmaganligi bois, qonunga buxgalteriya xizmati rahbari maqomini va unga qo‘yiladigan professional talablarni aniqlovchi yangi me’yorlar kiritildi. Mazkur qoidalarda majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya xizmati rahbariga ma’lumoti va ish staji, shuningdek, malaka darajasini oshirish bo‘yicha yangi talablar belgilandi.
Qonunga buxgalteriya hisobi subyekti rahbari bilan buxgalteriya hisobi xizmati rahbari o‘rtasidagi o‘zaro nazoratni ta’minlashga qaratilgan yangi normalar kiritildi. Shu bilan birga, boshlang‘ich hisob hujjatlari va buxgalteriya hisobi registrlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni belgilash, ichki hujjatlar aylanishini mukammallashtirish, shuningdek, zamon talablariga mos ravishda sohaga axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida qator yangi me’yorlar ham joy oldi.
Qonunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buxgalteriya hisobi sohasida ichki nazoratning tashkil etilishi va amalga oshirilishi lozimligi belgilandi. Mazkur nazorat xo‘jalik operatsiyalarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, aktivlar butligini saqlash, talon-taroj qilish hollari va xatoliklarni joyida aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha buxgalteriya hisobi subyekti xodimlari o‘rtasida javobgarlik va vakolatlarni samarali taqsimlash imkoniyatini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi subyektlari moliyaviy hisobotni yilning har choragida taqdim etishi belgilangani holda, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun buxgalteriya balansi hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobot taqdim etish to‘g‘risidagi yangi norma kiritildi.
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarga asosan buxgalterlar o‘z manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga xizmat qiluvchi ixtiyoriylik asosida tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lgan jamoat birlashmalari tuzish huquqiga egaligi to‘g‘risidagi yangi me’yor bilan to‘ldirildi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tegishli moddalarga o‘ndan ortiq yangi norma kiritilgan. Aytish joizki, qonunning yangi tahririda buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil qilish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish jarayonlarida yuzaga kelayotgan yangi huquqiy munosabatlar me’yoriy tartibga solindi.
Qonunga kiritilgan yangiliklar zamonaviy korporativ boshqaruvning takomillashuviga, xususan, uning iqtisodiy dastaklari va mexanizmlari mukammallashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qonunda belgilangan yangi norma va qoidalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda ularning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan maxsus seminarlarni tashkil etish, buxgalteriya hisobining barcha subyektlarida tadbirlar rejasi ishlab chiqib, unda xodimlarni xalqaro standartlar bo‘yicha moliyaviy hisobotni tuzish, boshlang‘ich hisob hujjatlari va buxgalteriya hisobi registrlariga qo‘yilayotgan qo‘shimcha talablar hamda ichki nazoratni tashkil qilish bo‘yicha tegishli choratadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Muxtasar aytganda, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunida ko‘zda tutilgan yangi me’yor va qoidalarning hayotga joriy etilishi buxgalteriya hisobi tizimini yanada takomillashtirish, uning ochiqligi, xo‘jalik operatsiyalarining to‘g‘ri amalga oshirilishi va ish sifatini ta’minlash, aktivlarni to‘liq saqlash, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishdagi xatoliklar va huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf qilishga xizmat qiladi.

XULOSA
Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini mamlakatlarda qo’llash yanada yuqori sifatli moliyaviy hisobotlarni tuzishga shuningdek davlat sektori faoliyati natijalarini baholashga katta imkoniyat yaratadi, axborotlarni shaffofligini oshiradi, budjetga moliyaviy hisob va statistik hisobotlarni yuqori darajada integratsiyalashuvini ta’minlaydi, axborotlarni ishonchliligi va to’liqligini oshishi hisobiga davlat aktivlarini samarali boshqarish imkonini beradi, moliyaviy hisobotlarni boshqa mamlakatlar moliyaviy hisobotlari bilan solishtirish imkoniyati yaratiladi, xalqaro munosabatlarni globallashuvi sharoitida mamlakat majburiyatlari qandayligi va uni o’z resurslari bilan qanday boshqarayotganligi shuningdek moliyaviy xolatni tushinish asosida chet el investitsiyalarini xajmini oshishi va donorlik mablag’larini ko’payishi imkonini beradi hamda davlat sektorida moliyaviy intizom darajasini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. O`zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. O`zbekiston Respublikasi qonuni.
O`RQ-360-son. 26.12.2013. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami,
2013 y. №52-I-son.//www.lex.uz
2. “Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari”. Tarjima. A. Rizaqulov,
B.Xasanov, A.Usanov, Z.Mamatov. T.: - 2004.
3. Karimova Z.X., Djamalov X.N., Islamkulov A.X. “Byudjet tizimi”. O’quv
qo’llanma. T.: “VORIS NASHRIYOT”., 2012 y.
4. Mehmonov S. “Byudjet hisobi”. O’quv qo’llanma. –T.: “Fan va texnologiya”.
2012. 352 b.


Download 103.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling