Kirish Cheklangan resurslar va cheksiz ehtiyojlar. Cheklangan resurslar sharoiti


Download 50.84 Kb.
bet1/4
Sana16.09.2023
Hajmi50.84 Kb.
#1679724
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu cheklangan resurslar sharoitida iste’molchi hulqi nazariy (2)


MAVZU: Cheklangan resurslar sharoitida istemolchi xulqi nazariyasi muqobil tanlov.
REJA:
Kirish
1. Cheklangan resurslar va cheksiz ehtiyojlar.
2. Cheklangan resurslar sharoiti.
3. Cheklangan resurslar sharoitida iste’molchi hulqi nazariyasi muqobil tanlov.

Kirish
Iqtisodiyot nazariyasini о‘rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini tо‘g‘ri tushunish kо‘p jihatdan uni о‘rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog‘liq. Shuning uchun ham mazkur mavzu insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bо‘lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. berishga alohida e’tibor qaratiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, kо‘p qirrali va g‘oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar kо‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari kо‘payib, rivojlanib hamda ularning о‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bо‘lgan narsaga о‘xshab kо‘rinadi.
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, о‘zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-rо‘zg‘or buyumlariga ega bо‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bо‘lgan pul daromadlarini qayerdan, nima hisobiga topish kerak degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni yechish va о‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yо‘nalishlarda, sohalarda faoliyat kо‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatishdan iborat bо‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bо‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir sо‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xо‘jaligi doirasida rо‘y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot – uy xо‘jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xо‘jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot – yirik xususiy xо‘jalik, jamoa xо‘jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xо‘jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xо‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qо‘shma korxonalar, davlatlar о‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat о‘ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz – tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag‘lari va boshqa resurslarning barchasi cheklangan miqdordadir. Xattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan qancha vaqtga yetishini oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500 yilga kelib, barcha metall zaxiralarini sarflab bо‘lishi bashorat qilinib, bunda temir rudasi 250 yilga, alyuminiy 570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qо‘rg‘oshin 19 yilga yetishi taxmin qilinmoqda. Amalda hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda qо‘rg‘oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikel, volfram, misdan foydalanish muammosiga duch kelmoqda.
Buning ustiga barcha resurslarimiz – pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining tо‘xtovsiz о‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni tо‘g‘ri taqsimlash yо‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bо‘lishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funksional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bо‘lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bо‘ysungan: u ham bо‘lsa insoniyatning yashashi, kо‘payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning о‘zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bо‘lmaydi va mazmunga ham ega emas.
Iqtisodiy resurslar ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan tabiiy va inson imkoniyatlarining barcha turlari hisoblanadi.
Ko'p sonli turli xil mahsulotlar - xizmatlar va mahsulotlar yaratadi. Shuning uchun ishlatilgan resurslar soni ishlab chiqarish hajmi kabi katta bo'lishi kerak. Aslida, shuningdek, boshqa imtiyozlar boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan turli xil imtiyozlar mavjud. Ularning barchasi bir nechta yirik guruhlarga birlashtirilgan. Keling, ularni batafsil tahlil qilaylik.

Download 50.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling