Kirish (doktorlik dissertatsiyasining annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarblig


Gipsli issiqlik saqlovchi kompozitlarning qo‘llanilish holati


Download 4.69 Mb.
bet6/29
Sana01.11.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1737073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
24.10.2023

Gipsli issiqlik saqlovchi kompozitlarning qo‘llanilish holati
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida bajarilgan dissertatsiya tadqiqotlarining dolzarbligi asoslangan, tadqiqotlarning maqsad va vazifalari hamda tadqiqot obʼekti va predmeti keltirilgan, tadqiqotlarning Respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarga mos kelishi ko‘rsatilgan, tadqiqotlarning ilmiy yangiligi va olingan natijalarning ilmiy-amaliy ahamiyati ifodalangan, tadqiqot ishlari natijalarining ishlab chiqarishga tadbiq etilganligi ta’kidlangan. Tadqiqot ishlari natijalarining aprobatsiyasi haqida ma’lumotlar va dissertatsiya mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy maqolalar, shuningdek, dissertatsiya strukturasi va hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “Gipsli issiqlik saqlovchi kompozitlarning qo‘llanilish holati va masalani qo‘yilisi” deb nomlangan birinchi bobida ilmiy muammoning zamonaviy holatini analitik sharhlari keltirilgan. Unda gipsli bog‘lovchilar asosida energiya tejamkor gipsli kompozitsion materiallarini olish usullari, kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shilgan gipsli kompozitsion materiallarini narxi va materiallar sarfini kamaytirish, ularning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash bo‘yicha Respublikamiz va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarning natijalari bo‘yicha chop etilgan adabiyotlar tahlili yoritilgan.
Dissertatsiyaning “Qo‘llaniladigan materiallarning xususiyatlari va tadqiqot usullari” deb nomlangan ikkinchi bobida tadqiqot ishida foydalanilgan bog‘lovchi, to‘ldiruvchilar, kimyoviy qo‘shimchalarning tavsiflari hamda qo‘llanilgan eksperimental tadqiqotlarning usullari keltirilgan. Tadqiqotlarda сопол саноатининг chiqindi qoliplardan olingan GOST 125-2018 talablariga javob beruvchi G-7 markadagi gips, to‘ldiruvchi sifatida Namangan viloyati, Chust tumanidagi «G‘alaba» MCHJning kukunsimon travertin chiqindilari, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani iqtisodiy zonasida joylashgan “Zoirjon Fayz” MCHJning maydalangan marmar chiqindilaridan, mahalliy xom-ashyolardan olingan SDj-2 markadagi superplastifikator hamda “ARMENT CONSTRUCTION CHEMIKALS” IP OOO firmasi tomonidan Yevropa innovatsion standart texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan ACC Polimix JBI 20 markadagi yangi avlod giperplastifikatoridan foydalanilgan. Tadqiqotlarda g‘ovaklashtiruvchi qo‘shimcha sifatida alyuminiy sulfati qo‘llanilgan. Eksperimental tadqiqotlarda standartlashtirilgan fizik-kimyoviy usullar bilan bir qatorda fizik-kimyoviy tahlil usullaridan, jumladan, gipsli kompozitsion materiallarini strukturasini o‘rganishda IQ- spektroskopik, rentgen faza tahlillari, differensial termik va elektron-mikroskopik tahlildan foydalanilgan. Bundan tashqari, tadqiqot ishlarida gipsobeton kompozitsiyalari tarkiblarini maqbullashtirish uchun eksperimentlarni rejalashtirishning matematik modellashtirish usulidan ham foydalanilgan.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling