Kirish Elektromagnit o’lchash o’zgartkichlari


Download 449.79 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi449.79 Kb.
#1466711
  1   2   3   4   5
Bog'liq
36. Elektromagnit o’lchash o`zgartkichlari.induksion


Mavzu : Elektromagnit o’lchash o’zgartkichlari. Induksion o`zgartkichlar

Reja:


  1. Kirish

  2. Elektromagnit o’lchash o’zgartkichlari.

  3. Induksion o`zgartkichlar


Kirish.
Ma’lumki, o'lchovshunoslik, o'lchov vositalari va usullarini yaratishda va ularning rivojlanishida ayniqsa Sharq, xususan Markaziy Osiyo olimlarining hissasi katta bo'lgan.
Masalan, VIII - XI asrlarda yashab ijod qilgan vatandoshlarimizdan Al-Xorazmiy, Ahmad Al-Farg'oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va Mirzo Ulug'bek kabi buyuk olimlarimiz o'lchovshunoslik va o'lchov birliklarga oid bir qancha asarlar yozib qoldirishgan. Buyuk alloma Al-Xorazmiyning (783-850) “O'lchashlar haqida” risolasida uzunlik, yuza, hajmlarni hisoblash va o'lchash usullarini amalda qanday qo'llash haqida ma'lumotlar keltirilgan. Uning “Quyosh to‘g‘risida”gi risolasida vaqtni aniq o‘lchachga katta ahamiyat qaratilgan.
Vatandoshlarimizdan yana biri Axmad al-Farg‘oniy (taxminan 798-865) dunyoda birinchi bo‘lib 861 - yilda Nil daryosi sathini o‘lchaydigan asbobni kashf qilgan. Uning bu kashfiyoti o'sha davrda juda katta ahamiyatga ega bo'lib, daryo suvi sathini o’lchash natijasida qishloq xo'jalik ekinlarining u yoki bu turini ekish bo‘yicha tavsiyalar berilar, ya’ni suv sathi maxsus belgidan past bo‘lganda o‘rtacha suv talab qiladigan o‘simliklar va belgidan yuqori bo‘lganda ko‘p suv talab qiladigan ekinlar ekish tavsiya etilgan.
Rossiya olimi D.I. Mendeleyev o'lchashlar haqida “Har qanday fan o'lchashdan boshlanadi” degan ta'rifi bilan o'lchashning fan va texnika taraqqiyotida qanday ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatgan[16,17].
Ushbu maqsadda talabalar axborot - o‘lchash tizimlari strukturasi va klassifikatsiyasini, axborot - o‘lchash tizimi komponentlarining o‘zaro aloqalari, ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash, axborot - o‘lchash tizimlarining metrologik xarakteristikalarini baholash kabi mavzulardan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi hamda axborot - o‘lchash tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish kabi jarayonlariga ilmiy va uslubiy yondashgan holda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

Download 449.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling