“Kirish. Fan vazifasi va maqsadi. Operatsion tizim tushunchasi va rivojlanish bosqichlari
Download 388.24 Kb.
|
1- ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi davr (1965-1980 yillar).
- 4-chi davr (1980dan – hozirgi vaqtgacha).
Ikkinchi davr (1955-1965 yillar). Shu yillarda birinchi alogritmik tillar yuzaga keldi va natijada birinchi tizimli dasturlar-kompilyatorlar ham yaratildi. Prosessor vaqti qiymati (narhi) oshdi, bu esa dasturlar orasidagi vaqtni qisqartirishni talab qildi.
Birinchi paketli ishlov berish tizimlari yuzaga keldi, bu tizimlarda dasturlarni ishga tushirish ketma-ketligini avtomatlashtirildi va shu bilan birga prosessor yuklanish koeffisiyenti oshdi. Paketli ishlov berish tizimlarini zamonaviy OT larining birinchi variantlari deyish mumkin, chunki ular hisoblash tizimini boshqarishga mo’ljallangan birinchi tizimli dasturlar edi. Paketli ishlov berish tizimlarini amalga oshirishda, topshiriqlarni boshqarish formallashgan tili ishlab chiqildi, uning yordamida dasturchi tizimga va operatorga hisoblash mashinasida qaysi ishni bajarmoqchi ekanligi haqida ma’lumot beradi. Bir nechta topshiriqlar majmuasi, qoida bo’yicha perfokartalar “koloda”si ko’rinishida bo’lib topshiriqlar paketi nomini oldi. Uchinchi davr (1965-1980 yillar). Hisoblash mashinalari rivojlanishida keyingi muhim davri shu yillarga to’g’ri keladi. dasturiy-mutanosib mashinalar g’oyasini umum tan olindi. Dasturiy mutanosiblik OT larni ham mutanosibligini talab qildi. Bunday operasion tizimlar ham katta EHM da ham, kichik hisoblash tizimlarida ham, turli periferik qurilmalarning kam soni va ko’p soni bilan ham, tijorat sohasida ham, ilmiy-tadqiqot sohalarida ham ishlay olishi kerak. Shunday hamma qarama-qarshi talablarni qondiradigan asosda quriladigan operasion tizimlar juda murakkab “monstr”lar bo’lib chiqdi. Bu avlodning eng katta erishgan yutuqlaridan bir multidasturlashni amalga oshirishdir. Multidasturlash – bu hisoblash jarayonning tashkil qilish usuli bo’lib, bitta prosessorda navbat bilan bir nechta dastur bajariladi. 4-chi davr (1980dan – hozirgi vaqtgacha). Kompyuterdan alohida foydalanuvchilar foydalanishi imkoni yuzaga keldi, va shaxsiy kompyuterlar davri boshlandi. Arxitektura jihatidan, shaxsiy kompyuterlar, minikompyuterlar tiplari sinflaridan xech narsasi bilan farq qilmas edilar, faqat ularning baholarida farq bo’ldi. Agar minikompyuter korxona va universitet bo’limiga shaxsiy hisoblash markaziga ega bo’lishiga imkon bergan bo’lsa, shaxsiy kompyuter esa bunday imkoniyatni alohida inson uchun yaratdi. Kompyuterlar hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo’lmaganlar ham keng ko’lamda foydalana boshladilar, bu esa o’z navbatida “do’st” dasturiy ta’minotni yaratishni talab etdi, bu dasturchilarni alohida o’rnidan qo’zg’atdi. 80-yillar o’rtalarida, tarmoq yoki taqsimlangan OT lar boshqaruvchi ostida ishlaydigan shaxsiy kompyuterlar keskin tarzda rivojlana boshladi. Tarmoq OT larida, foydalanuvchi tarmoqda boshqa kompyuterlar mavjudligi haqida bilishlari va boshqa kompyuterga uning resurslaridan, asosan fayllaridan foydalanish uchun boshqa kompyuterga mantiqan kirishlari kerak. Tarmoqdagi har bir mashina, kompyuterning avtonom operasion tizimidan tarmoqda ishlashga imkon beradigan qo’shimcha vositalarga ega bo’lgan, lokal operasion tizimini bajaradi. Tarmoq OTi, bir prosessorli kompyuter OT idan asosli farq qilmaydi. Ularning tarkibida, albatta, tarmoq interfeysini qo’llovchi (tarmoq adapteri drayveri) va shu bilan birga tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga masofadagi kirish vositalari va masofadagi fayllarga murojaat vositalari mavjuddir, ammo bu qo’shimchalar operasion tizimni strukturasini tubdan o’zgartirmaydi. Download 388.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling