Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy mushohada uchun
Mustaqil o‘zlashtirish uchunFonetik qirg‘oqlarda Fonemalar nutqda tovushlar sifatida voqelanganda bamisoli daryo oqimiga o‘xshaydi. Tog‘dan oqib tushayotgan daryoni ko‘z oldingizga keltiring. Kengliklarda yoyilib, bemalol yayrab oqadi. Torliklarga kelganda shovqin solib, sharsharaga aylanadi, har tarafga otiladi, qirg‘oqlarga zarb bilan urilib, uni yemiradi, o‘zi ham yana orqaga qaytadi. O‘tkir toshlarga zarba beradi, ba’zan ularni joyidan siljitib yuboradi. Fonemalar ham xuddi daryo suvi kabi har xil sharoitlarga tushadi, qulay sharoitlarda o‘z mohiyatini saqlaydi, oqim uchun noqulay joylarda yo sharoitga moslashadi yoki sharoitni o‘ziga moslashtiradi. Masalan, (a) unli fonemasini olaylik. Alam, bolam, katta so‘zlarida lablanmaganlik va kenglik xususiyatini saqlab qoladi. Bu uning uchun qulay sharoit. Lekin qara, havas, g‘alaba so‘zlarida yonidagi undoshlarga moslashib, lablanishga moyillik sezadi. Nutq a’zolari qulay va oson yo‘l bilan tovushlarni talaffuz qilishga intiladi. Bu unlilarning til orqa undoshlari qurshovida kelganida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu boisdan ayrim o‘zbek shevalarida qara, g‘alaba so‘zlaridagi (a) unlisi (o) tarzida yoki (a) bilan (o) oralig‘ida talaffuz qilinadi. Nutq tovushlarining o‘z mohiyatini saqlab qoladigan qulay sharoiti kuchli pozitsiya deyiladi. Masalan, alam va olam so‘zlaridagi (a) va (o) unlilarining talaffuz sharoiti kuchli pozitsiyaga misol bo‘ladi. Bir nutq tovushini boshqasidan farqlovchi belgilar kuchsizlanadigan, tovushlararo farqlar so‘nadigan pozitsiya kuchsiz pozitsiya deyiladi. Masalan, qanot so‘zidagi (a) tovushi voqelanayotgan pozitsiya kuchsiz pozitsiya hisoblanadi. Chunki talaffuzda (a) tovushini (o) tovushidan farqlash qiyinlashadi. Yoki kitob so‘zi oxirida (b) tovishini (p) tovushidan, qiz so‘zi oxirida (z) tovushini (s) tovushidan farqlash qiyin. Ana shu kuchsiz pozitsiyalar imloda xatoliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ammo esda tutish lozimki, daryo turli darajadagi qirg‘oqlarda qanchalik eshilib-buralmasin, kengayib-toraymasin, baribir u bitta daryo, boshqa daryoga aylanib ketmaydi. Lekin bizning ko‘zlarimiz daryoni turli o‘rinlarda ko‘rib, bir holatini ikkinchi holatiga o‘xshata olmay, hayratlanadi, xolos.
Jadvaldan ko‘rinadiki, tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra unli fonemalar uch pog‘onali, lablanish belgisiga ko‘ra ikki pog‘onali sistemani hosil qiladi. Mantiqiy mushohada uchunSo‘z oxirida undosh jarangsizlashdi. Daryo qirg‘oqqa ta’sir qildimi yoki qirg‘oq daryoga? Ertakda Yalmog‘iz paydo bo‘lganda, supurgi yo‘qolib qoladi. Supurgi paydo bo‘lganda yalmog‘iz yo‘q bo‘ladi. Ular almashib turar edi. Bola Yalmog‘izni qanday yo‘qotdi? Buni pozitsiya va tovushlar munosabatiga qanday bog‘laysiz? Unli fonema yaxlit sistemani tashkil etib, bu sistema ham o‘z navbatida sistemachalarga bo‘linadi. [i] va [u] fonemalari “yuqori tor” belgisi ostida birlashib, bunday belgiga ega bo‘lmagan fonemalardan ajraladi. Quyida har bir unli fonemaning sistemaviy xususiyatlarini jadvalda aks ettiramiz:
Unli fonemalar paradigmasi katta va kichik paradigmalardan iborat. Lablangan va lablanmagan unlilar ichki paradigmalarni hosil qiladi. Lablangan unlilar ichki paradigmasini jadvalda sistemaviy xususiyatlari asosida quyidagicha berish mumkin. Lablangan unlilar paradigmasi:
Lablanmagan unlilar paradigmasi:
Keng/torlik xususiyatiga ko‘ra unlilar uchta ichki paradigmani tashkil qiladi: yuqori tor unlilar paradigmasi, o‘rta keng unlilar paradigmasi, quyi keng unlilar paradigmasi. Yuqori tor unlilar paradigmasi:
O‘rta keng unlilar paradigmasi:
Quyi keng unlilar paradigmasi:
Aytish mumkinki, [i] va [u] kichik paradigmasi a’zolari farqlovchi belgilari ([i] – lablanmaganlik va [u]– lablanganlik belgilari) asosida o‘z mustaqilliklarini saqlab qoladi va ziddiyatda turadi. [e]~[o‘] sistemachasi “o‘rta keng” belgisiga ko‘ra [i]~[u] sistemachasidan ham, [e]~[o] sistemachasidan ham farqlanadi. Ma’lum bo‘ladiki, katta paradigma uchun sistema hosil qiluvchi belgi ichki paradigma uchun sistemaga betaraf belgiga aylanib qoladi. Bu sistemaning ichki sistemalarga bo‘linishlaridagi qonuniyatlardan biridir. Demak, unli fonemaning har biri uch belgidan iborat: [i]– yuqori, tor, lablanmagan [u] – yuqori, tor, lablangan [e] – o‘rta, keng, lablanmagan [o‘] – o‘rta, keng, lablangan [a] – quyi, keng, lablanmagan [o] – quyi, keng, lablangan. Tilning ko‘tarilish darajasi birlashtiruvchi belgi bo‘lganda (masalan, [i], [u] unlilari “torlik” belgisi ostida birlashadi) lablanganlik-lablanmaganlik farqlovchi belgi sanaladi: [i] – lablanmagan, [u]– lablangan. “Lablanganlik” birlashtiruvchi belgi bo‘lganda, tilning ko‘tarilish darajasi farqlovchi belgi sanaladi. Masalan, [i], [e], [a] unlilari “lablanmaganlik” umumiy birlashtiruvchi belgisiga ega, biroq “yuqori” ([i]), “o‘rta” ([e]), “quyi” ([a])lik belgilari bu fonemalarning farqlovchi belgilari sanaladi.
Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling