Kirish “Hamkorbank” atb ning tashkiliy tuzilishi va faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari. “Hamkorbank” atb blocheyn texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari, xizmatlari va chakana xizmatlari


“Hamkorbank” ATB boshqaruvining tashkiliy strukturasi va xodimlar tarkibi


Download 69.1 Kb.
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi69.1 Kb.
#1071162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Hamkorbank atb ning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tash

2. “Hamkorbank” ATB boshqaruvining tashkiliy strukturasi va xodimlar tarkibi.
Hamkorbank – universal moliyaviy kredit instituti sifatida iktisodiyotning real sektoridagi korxonalar hamda jismoniy shaxslarga zamonaviy va sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatishni faoliyatining eng ustuvor yunalishi deb belgilagan.
Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
- Respublika iktisodiyotiga xorijiy sarmoyalar jalb etish;
- Texnik va texnologik loyixalarni modernizatsiya jarayonlarini moliyalashtirish;
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish;
- Iktisodiyotning asosiy soxalariga sarmoyalar kiritish;
- Mamlakat iktisodiyotiga xususiy kapital okimini ko‘paytirish.
Moody's xalqaro reyting agentligi "Hamkorbank" ATBning yangilangan reytinglarini tasdiqladi. Shunday qilib, bank depozitlari reytingi “B2” darajasida, bazaviy kredit reytingi ham “B2” darajasida baholanmoqda.
Reytinglar o’zgarish prognozi - "Barqaror".
Ushbu reyting ko’rsatgichlari bankning barqaror moliyaviy natijalarini aks ettiradi va O’zbekistonning o’rtacha bank sektoridan ko’ra yaxshiroq ekanligini tasdiqlaydi. Ular xususan, aktivlarning yuqori sifatini, rentabelligini hamda barqaror moliyalashtirish va likvidlik profilini o’z ichiga oladi.
Mamlakatimizda samarali bank tizimini isloh qilish, erkinlashtirish hamda uning dunyo hamjamiyatida o’z o’rnini egallashi davlatimiz siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchi hisoblangan bank tizimini barqaror rivojlantirish va ishonchli faoliyat yuritish borasida bank faoliyatining o’ziga xos korporativ boshqaruv tizimi yaratishda xalqaro andozalar talablariga muvofiq huquqiy asoslarni qabul qilishni taqozo etadi.
Shu ma’noda, har qanday mamlakat bank tizimining samarali faoliyati uning korporativ boshqaruvi qanday darajada isloh etilganligi va bu sohani samaradorligini oshirishga qaratilgan qabul qilingan huquqiy asoslarga tayanishi bilan izohlash mumkin.
Respublikamiz bank tizimida korporativ boshqaruvning isloh etish borasida bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo’lib, dastlab mamlakatimizda aktsiyadorlik jamiyatlariga asoslangan barcha tashkilot va korxonalarda korporativ boshqaruv munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan muhim hujjatlaridan biri sifatida O’zbekiston respublikasida 1996-yil 26-apreldagi «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida» qonuni keltirish mumkin.
Aynan shu qonun bilan bir paytda mamlakatimizda 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun ham qabul qilingan. Mazkur qonunda ilk bor banklarning korporativ boshqaruvga bag’ishlangan modda o’rin olgan. Ushbu qonunning 22-moddasiga ko’ra bankning boshqaruv organlari bo’lib, aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Bank kengashining burchlari quyidagilardan iborat:

  • omonatchilar va aktsiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan, kreditlash va mablag’larni investitsiyalashning to’g’riligini nazorat qilish;

  • bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo’shatish;

  • bank kapitalining bir tekis o’sib borishini ta’minlab turish;

  • bank siyosatini ishlab chiqish;

  • qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash.

Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo’lishi lozim. Aktsiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi a’zosi bo’lishlari mumkin.
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi oldida hisobdordir deb belgilangan.
Bundan tashqari, bankning ustav kapitalida davlatga tegishli aktsiyalar paketi 25 foizdan oshgan hollarda bank Kengashi tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan ishonchli vakil kiritilishi, uning zimmasiga mazkur aktsiyalar paketini boshqarish vazifasi yuklanishi belgilangan.
O’zbekiston Respblikasi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi2000 yil 24 martdagi 104-sonli Qarorida tijorat banklarining Kengashlari va boshqaruvlariga:
- korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish, aktsiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun ta’sirchan shart-sharoitlar yaratish va banklarning kapitallashuvini mustahkamlash uchun banklarning ijro etuvchi organlari va ichki audit xizmatlari rahbarlarining kredit, investitsiya va operatsiya siyosatini amalga oshirishga doir hisobotlarini yilning har choragida eshitish;
- iqtisodiyotning real sektoriga kredit qo’yilmalari o’sishini, tavakkalchiliklarning oqilona diversifikatsiyasini, qisqa muddatli kredit resurslari bozorida operatsiyalardan yuqori daromadlar olinishini rag’batlantiruvchi bank kredit siyosatining asosiy yo’nalishlarini har yili ishlab chiqish va tasdiqlash;
Banklarda korporativ boshqaruv tashkil etish va uning asoslarini belgilab bergan alohida hujjat sifatida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 5 iyulda 943-son bilan ro’yxatga olingan «Tijorat banklarida korporativ boshqaruvi to’g’risida»gi Nizomi hisoblanadi. Ushbu nizomda «Korporativ boshqaruv» tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra tijorat banklarda korporativ boshqaruv deb, tijorat banki faoliyatini boshqarishda Kengash a’zolari va boshqa rahbar xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy faoliyat hamda qoidalar majmuasi tushuniladi.
Jahon moliyaviy inqiroz yuz berishi natijasida xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan banklarda korporativ boshqaruvida tavakkalchiliklarni adekvat boshqarish va ichki nazorat tizimini kuchaytirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu tavsiyalardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida» 2010 yil 26 noyabrdagi 1438-sonli Qarori qabul qilingan. Ushbu Qarorga muvofiq, banklarda korporativ boshqaruvning takomillashtirish borasidagi muhim yo’nalishlardan biri sifatida bank Kengashiga bo’ysinuvchi bank tavakkalchiliklarini nazorat qilish qo’mitasini tijorat banklari korporativ boshqaruv tuzilmasiga majburiy tadbiq etish belgilangan.
Tijorat banklari aktsiyadorlari umumiy yig’ilishi va kengashlari tomonidan o’zini-o’zi nazorat qilish tamoyillari asosida ishlab chiqadigan ichki siyosatlari, taotib va taomillar ham har bir bank faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi hujjatlardir.
Hozirda yurtimizda bank tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”3gi farmoni imzolandi. Unda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida bir qancha masalalar alohida e’tibor qaratildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorda bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyati va bank tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishdagi bir qator muammo va kamchiliklar sanab o‘tilgan.
Xususan:
Kreditlarni ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishda vakolatlar haddan tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning filiallari o‘rtasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga to‘sqinlik qilmoqda;
Kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqishning murakkab mexanizmlari kreditlarni tezkor olish imkoniyatlarini chegaralamoqda;
Tijorat banklari tomonidan mikroqarzlar ajratilishi imkoniyatining mavjud emasligi mikroqarzlarni olish darajasini oshirishni ta’minlamayapti, mikrokredit tashkilotlar va lombardlarning xizmatlari bo‘yicha yuqori foiz stavkalari aksariyat holatlarda iste’molchilarning moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelmoqda;
Chakana bank xizmatlari bozorining past darajada rivojlanganligi va mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning zamonaviy yondashuvlari mavjud emasligi ortiqcha byurokratiya va sansalorlik uchun zamin yaratmoqda;
Bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha davlat protsessing tashkilotining mavjud emasligi chakana to‘lov tizimlarining xavfsizlik, uzluksizlik va ishonchlilik darajasiga ta’sir ko‘rsatmoqda va aholining keng qatlamlari uchun ochiq innovatsion loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy texnologik yechimlarni ilgari surishga to‘sqinlik qilmoqda;
Kreditlarni (mikroqarzlarni) ko‘rib chiqish va ajratish uchun xizmat haqlari va boshqa to‘lovlarning undirilishi qarzning real qiymati oshishiga olib kelmoqda;
Shartnomalarga xizmatlar uchun tariflar, ajratilgan kreditlar va qabul qilingan depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarni bir tomonlama o‘zgartirishni nazarda tutuvchi shartlarni kiritish, shuningdek, bir xizmatni qo‘shimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan ko‘rsatish bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzmoqda;
Bank to‘lov kartalaridan chet el valyutasini yechish bo‘yicha cheklovlarning mavjudligi va bankomatlar sonining yetarli emasligi valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishda xizmat ko‘rsatishni talab darajasida ta’minlamayapti.

Download 69.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling