Kirish. Hom-ashyo mahsulotlar tavsifi 4


Download 48.81 Kb.
bet4/7
Sana25.02.2023
Hajmi48.81 Kb.
#1228198
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
selitra bug\'latish

7. Asosiy qurilma bayoni

Bunday apparatlar kristallanuvchi va ko‘pik hosil qiluvchi eritmalarni bug‘latish uchun ishlatiladi. Bunday bug‘latish apparati ikki qismga: isituvchi kamera va separatorga ajratilgan bo‘ladi. Isitkich trubalarida bug‘-suyuqlik aralashmasi hosil bo‘ladi va separatorga o‘tadi. Separatorda ikkilamchi bug‘ ajraladi, suyuqlik sirkulyasiya trubasi bilan isitkich trubalariga qaytadi.Isitkich trubalarining uzunligi 7 metrgacha etadi. Trubalar uzunligining ortishi bilan sirkulyasiyaning intensivligi ham ko‘payadi, chunki bunda trubalarda hosil bo‘lgan bug‘-suyuqlik aralashmasi va sirkulyasiya trubasi ichidagi suyuqlik zichliklari o‘rtasidagi farq ortadi.


Sirkulyasiya intensivligi va issiqlik o‘tkazish koeffitsientini oshirish uchun so‘nggi yillarda ximiya va oziq-ovqat sanoatida majburiy sirkulyasiyali apparatlar ishlatilmoqda. Ajratilgan isitkichli bug‘latish apparatlarida eritmalarning sirkulyasiya tezligi 1,5 m/s ga teng. Bunday bug‘latish apparatlarida issiqlik o‘tkazish koeffitsienti yuqori va ishlatish qulay bo‘lganligi uchun ulardan keng miqyosda foydalaniladi. Ba’zi ajratilgan isitkichli bug‘latish apparatlarida sirkulyasiya trubasi bo‘lmaydi.Bunday apparatda bug‘latilayotgan eritma isitkich trubalaridan bir marta o‘tishi bilanoq bug‘latiladi va protsess to‘g‘ri yo‘nalishli bug‘latish apparatlaridagiga o‘xshash bo‘ladi.
Bu to‘g‘ri yo‘nalishli bug‘latish apparatlarida kristallanuvchi eritmalarni bug‘latib bo‘lmaydi. Ajratilgan isitkichli bug‘latish apparatlarida isitkichlar vertikal, gorizontal va og‘ma holda o‘rnatiladi. Bug‘latish protsessining intensivligini oshirish uchun ajratilgan qaynash zonasi va sirkulyatsiya trubasi tashqariga joylashtirilgan apparatlardan foydalaniladi.Tabiiy sirkulyatsiyali bug‘latish apparatlarida eritma 0,25 ... 1,5 m/s tezlik bilan harakat qilgani uchun va issiqlik almashinish yuzasida qattiq zarrachalar to‘planishi natijasida uning unumdorligi kamayadi.
Apparatni tozalash uchun u davriy ravishda to‘xtatib turiladi. Kristallanuvchi eritmalarni bug‘latishda issiqlik almashinish yuzasida hosil bo‘lgan ifloslanishlar qatlamini kamaytirish uchun eritmalarning sirkulyatsiya tezligi oshiriladi va qaynash zonasi isitish kamerasining tashqarisiga chiqariladi. Bunday bug‘latish apparatlarida bug‘latilishi lozim bo‘lgan eritma isitkich trubalarining pastki qismidan yuqoriga qarab harakat qiladi. Isitish trubalarning balandligi 4—7 m bo‘lib, trubalarda gidrostatik bosim katta bo‘lgani uchun, eritma qaynamaydi. Isitish trubalaridan chiqqan eritma separatorning pastki qismida joylashgan isitish kamerasining kengaygan qismiga o‘tib, gidrostatik bosim kam bo‘lganligi uchun qaynay boshlaydi. Shunday qilib, bug‘lanish protsessi isitish kameralarining yuzasidan tashqarida yuz beradi. Sirkulyatsiya kilinadigan eritma tashqaridagi isitilayotgan trubaga tushib, yana isitish kamerasining trubalariga beriladi. Bug‘latilgan eritma separatorning pastki qismidan ajratib olinadi. Ikkilamchi bug‘ qaynash zonasiga o‘rnatilgan to‘siqqa urilib, tomchi ushlagich orqali apparatning yuqorigi qismidan chiqib ketadi. Ikkilamchi bug‘dan ajralgan suv tomchilari sirkulyatsiya trubasiga qaytib tushadi. Bunday apparatlarda bug‘latilayotgan eritma sirkulyatsiya trubasining ostidan yoki yuqorisidan isitish kamerasining tagiga berilishi mumkin.
NIF da olingan ammoniy nitratning konsentrlangan (89-92.7%) eritmasini kombinirlangan bug‘latgich jihozida bug‘latib bu tuzning suyuqlanmasi olinadi. Bu jihoz 08X22N6T markali po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, uning umumiy balandligi 16 m tashkil etadi va asosiy qobiq-quvurli (d = 2,8 m, H = 6,4 m) qismi NH4NO3 eritmasini bug‘latishga xizmat qiladi. Eritma unga quvurlarning ichki devoridan oqib tushadi. Issiqlik manbai sifatida foydalaniladigan 1,3-1,5 MPa bosimli bug‘ni quvurlararo bo‘shliqqa beriladi va issiq (180OC) havo quvurlar ichida tomayotgan eritmaga qarshi yuboriladi. Havo esa jihozning konsentratsiyalovchi qismi 2 (d = 2,8 m, H = 6 m) ostidan kiradi va unda joylashgan 5 ta teshikli (elakli) tarelkalar 3 dan o‘tib boradi. Konsentrlash qismining yuqorisidagi uchta tarelkalarida qo‘shimcha issiqlik beruvchi ilonizi quvurlar bo‘ladi. Bu jarayonni amalga oshirishda havoning namligi 20 g/kg dan oshmasligi lozim.
Konsentrlash qismidan harorati 175-185OC bo‘lgan 99,8 % li NH4NO3 suyuqlanmasi oqib tushadi.


Download 48.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling