Kirish I. Amaliyot maqsadi va vazifalari
Download 80.58 Kb.
|
yangi Tadjibayev sanjar iit52
Mundarija Kirish ………………………………………………………………………….. 3 I. Amaliyot maqsadi va vazifalari …………………………………………... ..5 II. Amaliyot davrida talabaning ish joyi va vaqtning taqsimlanishi … ………6 1)«O’zmilliybank » AJ tarixi bilan tanishib chiqish …………………………7 2)«O’zmilliybank » AJ tashkiliy tuzilishi va vazifalari bilan tanishib chiqish………………………………………………………………………….16 3)« O’zmilliybank » AJ umumiy faoliyati bilan tanishish. …………………..24 4)«O’zmilliybank » AJ filialida ish yuritish va hujjatlar (qog’oz va elektron shaklda) aylanishi bilan tanishish. ……………………………………… …..27 5)«O’zmilliybank » AJ barcha bo’limlari ish jarayoni bilan tanishib chiqish. Amaliyot ob’yekti faoliyatiga tegishli ma’lumotlar asosida malakaviy amaliyot hisobotini tayyorlash. ………………………………………………………… 31 Xulosa…………………………………………………………………………..32 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….... 33 Kirish
«O’zmilliybank»ining asosiy vazifalaridan biri O’zbekistonning keksa fuqarolarini nafa-qalar bilan o’z vaqtida ta’minlashdan iborat. «Hamkorbank»i yagona, o’z filiallarini bir-biri bilan bog’lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko’p ishlarni amalga oshird. “Hamkorbank” i jamoasi doimiy ravishda o’z oldiga yangi strategik maqsad va vazifa-larni qo’yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko’rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta’minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko’rsatkichlar bo’yi-cha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda. Аyni paytda barqaror va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan «O’zmilliybank» AJ banki ham iqtisodiyotdagi tarkibiy oʼzgarishlarni yanada chuqurlashtirish, uning yetakchi tarmoqlarini jadal modernizasiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda aholining ish bilan bandligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayapti. Shuningdek, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari, dehqon va fermer xoʼjaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda aholining ish bilan bandligini taʼminlashga qaratilgan hukumat tadbirlarida toʼlaqonli ishtirokchisiga aylanib ulgurdi. Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar natijasida bugun yurtimizda faoliyat koʼrsatayotgan bank muassasalari katta- kichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari, dehqon hamda fermer xoʼjaliklarining eng ishonchli hamkoriga aylandi. Negaki, yalpi ichki mahsulot hajmi, aholi real ish haqi va daromadlarining oʼsishida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida oʼz xaridoriga ega boʼlishida, ijtimoiy obʼektlar hamda turar-joy binolari barpo etishdek keng koʼlamli bunyodkorlik ishlarida qoʼlga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda aynan bank muassasalarining moliyaviy koʼmagi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Amaliyot maqsadi va vazifalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoniga ilova “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalish bo’yicha harakatlar strategiyasi”ga asosan,uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish,mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos,yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish”1. Tanishuv amaliyotining asosiy maqsadi- «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki Qibray filialida mustaqil ishlashga o’rganish, amaliyotda o’zlashtirgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash,jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni o’rganish va «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki Qibray filialini tashkiliy bo'linmalari tuzilishini va funksional masalalarini o’rganish,iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil etish bo’yich amaliy ko’nikmalarni egallash hisobot uchun materiallar to’plash hisoblanadi.Tanishuv amaliyotidan kutilgan natija hamda uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - o’z mutaxasisligi bo’yicha amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish; - xo’jalik yurituvchi subyektda o’z mutaxassisligi bo’yicha olib borilayotgan ishlar ko’lamini va tizimini o’rganish; - amaliyot obyekti va boshqa subyektlar o’rtasidagi hujjatlar aylanishini o’rganish; - amaliyot obyektida mavjud tartib qoidalar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarini o’rganish; - amaliyot obyekti bo’yicha qaror qabul qilish va mustaqil ishlashga o’rganish; - amaliyot obyekti va umumiy tarmoq darajasida iqtisodiy - ijtimoiy va siyosiy o’zgarishlardan xabardor qilish; - ijtimoiy-siyosiy, tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib boorish sohasida kerakli bilimlar bilan ta’minlash. II. Amaliyot davrida talabaning ish joyi va vaqtning taqsimlanishi Amaliyotning dastlabki kunida «Hamkorbank» Toshkent filiali boshlig’i va boshqa hodimlar hamda «Hamkorbank» Toshkent filialining tashkiliy strukturasi bilan tanishishdan boshlanadi. «Hamkorbank» Toshkent filiali raxbari yoki alohida belgilangan ichki nizomi, tadbirkorlar bilan ishlash faoliyati to’g’risida qisqacha ma’lumot berdi. Alohida ish o’rinlari bo’ycha amaliyot ish kunlari quyidagicha taqsimlanadi.
«O’zmilliybank» AJ tarixi bilan tanishib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning qarori bilan 1991-yil 7-sentabrda tashkil topgan. Oʻz faoliyatini bank 1991-yil yilning 7-oktabridan yuz nafar xodimlarda boshlagan. Milliybankning birinchi idorasi Oxunboboyev koʻchasi 23 uy manzilida joylashgan. 1992-yili bank mamlakat xalqaro hisob-kitoblarining qariyb 95%ini amalga oshiradi, bu dunyoning yetakchi banklari bilan korrespondentlik munosabatlar tarmogʻini rivojlantirishga yordam bergan. Yilning oxiriga kelib ushbu tarmoq 83 nafar xorijiy banklardan iborat boʻlgan. Boshqaruv raisi R. Azimov hukumat tomonidan Oʻzbekiston nomidan ETTB boshqaruvchisi etib tayinlangan. Oʻzbekiston ETTB strategiyasi maʼqullovini olgan MDXdagi toʻrtinchi mamlakat hisoblanadi. ETTB kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun 60 mln. AQSh dollari miqdoridagi birinchi kredit liniyasi bilan ochildi. 1993 yili xorijiy banklar bilan hamkorlik faol rivojlana boshlandi. Dunyoning 35 mamlakatlarining 120 nafar banklari bilan, jumladan MDX mamlakatlari: Rossiya, Ukraina va Qozogʻiston banklari bilan korrespondentlik munosabatlari oʻrnatildi. OʻMB moliyaviy telekommunikatsiyalarning SWIFT, REUTERS, DOW, JONES, TELERATE, BLOOMBERG FINANCE xalqaro tizimiga qoʻshildi. OʻMBning yangi baland binosining poydevoriga kapsula qoʻyildi va uning qurilishi boshlandi. 1994-yili bank Toshkentda va Oʻzbekiston Respublikasining viloyat markazlarida EKV xarid qilish va sotish, MDX mamlakatlarining yoʻl cheklari va valyutalalrini milliy valyutaga almashtirish operatsiyalarini bajaruvchi 100 dan ortiq ixtisoslashtirilgan ayirboshlash shahobchalarini ochdi. Bank oʻziga chet el kreditlari va investitsiyalarini jalb qilish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha davlat agenti vazifalarini bajarish zimmasini oladi. 1995-yili Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasini tuzishda bank asosiy taʼsischi boʻlib xizmat qildi. 1996-yili xodimlar soni 2000 kishiga yeti. Shu yilgacha sanoatning eksportga qaratilgan sohalarini ifoda etgan mijozlar bazasi kichik va hususiy korxonalar hisobiga kengayishni boshladi. 1997-yili xodimlar soni 3,4 ming kishiga oshdi. 1998-yili bank Osiyo Banklari Assotsiatsiyasiga (OBA) aʼzo boʻldi. Milliy bank Oʻzbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchilardan boʻlib xisob-kitoblarning xalqaro standartlariga muvofiq boʻlgan yangi hisob-kitoblar rejasiga oʻtdi. Bank shaxsiy kapitalining 571 mln. AQSh dollarigacha oshirilishi unga dunyoning 500 ta yirik banklari orasiga kirish imkonini berdi va bank operatsiyalarini oʻtkazish uchun qoshimcha bazani yaratdi. Korrespondentlik tarmogʻi 432 ta bankkacha oshdi, shulardan 30 ta bank Oʻzbekistonda va 402 tasi-dunyodagi 66 nafar mamlakatlarning xorijiy banklari hisoblanadi. Yilning oxirida rahbariyat oʻzgardi-R. Azimov moliya vaziri etib tayinlandi, uning davomchisi etib esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, bundan oldin oxirgi bir yarim yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri oʻrinbosari boʻlib ishlagan Zaynutdin Mirxodjayev tayinlandi. 1999-yili Osiyo Banklar Assotsiatsiyasi va ADFIAP bilan hamkorlikni rivojlantirishga asos solindi. Osiyo moliyaviy hamjamiyati uchun mamlakat iqtisodiyotining salohiyatini ochishga qaratilgan yirik forumlarni, konferensiyalarni birgalikda Oʻzbekistonda oʻtkazish, muayyan loyihalarni, oʻquv dasturlarini amalga oshirishdagi sheriklik borasidagi kelishuvlarga erishildi. Kapital yetarligi koʻrsatkichi boʻyicha bank dunyoning 50 ta yirik bankalari orasida oʻz pozitsiyasiga ega. 2000-yili Osiyo Banklar Assotsiatsiyasi (OBA) va Osiyo va Tinch okeanini rivojlantirish institutlari assotsiatsiasi (ADFIAP) aʼzosi boʻlib, OʻMB ADFIAP direktorlari kengashining majlisini oʻtkazdi. Shu yilning oʻzida bank oʻzining “OʻMB-Osiyo” professional futbol klubiga aspos soldi. 2001-yili xorijiy moliyaviy institutlarning qariyb 120 nafar delegatsiyalari bankka tashrif buyurdi. Korrespondentlik tarmogʻi 500 ta bankkacha kengaytirildi, jumladan dunyoning 66 ta mamlakatlaaridan 472 nafar xorijiy va Oʻzbekistonning 28 nafar banki. Bankning internet sayti ishga tushirildi. 2003-yili bank korporativ obligatsiyalar anderraytingini joriy qildi. Bank debyuti oʻzbek fond birjasi ishtirokchilari tomonidan baholanib, “Eng anderrayting kompaniyasi” unvoni bilan taqdirlandi. 2004-yili bank tomonidan ochiq xalqaro tender chogʻida tanlangan “Globus” avtomatlashtirilgan bank tizimini joriy qilish ishlari yakunlandi. Xuddi shu yili yangi mahsulot-uyda saqlash uchun “American Express” cheklari realizatsiya qilindi. 2005-yildan boshlab bank Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasining aʼzosi boʻladi va shu paytdan boshlab birlashma doirasida oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda ishtirok etib, SHTX BABning barcha aʼzolari bilan hamkorlik qilishni boshlaydi. 2006-yili bank 70 turdan ortiq chakana xizmatlar koʻrsatgan, Western Union tizimi orqali pul oʻtkazmalarini amalga oshirgan. Aprel oyida „Asia-Invest Bank“ shoʻba bank bilan birgalikda OʻMB tomonidan tezkor pul oʻtkazmalarining “AsiaExpress” shaxsiy tizimi joriy etildi. 2009-yili “Ekspert PA” reyting agentligi tomonidan Milliy bankka yuqori kredit layoqatligi darajasi berildi (“A” reytingi). 2010-yili korrespondentlik tarmogʻi 657 ta bankga koʻpayadi, shulardan 30 nafari Oʻzbekiston banklari va 627 nafari-75 ta dunyo mamalakatlaridagi xorijiy banklar. 2012-yili bank balansiga 66 ta iqtisodiy nobarqaror korxonalarning mol-mulklari topshirildi, bankrot-korxonalarga kiritilgan investitsiyalar 116,2 mlrd soʻmni tashkil etdi. 2013-yili Milliy bank kredit portfelining summasi 5,32 trillion soʻmni tashkil etdi. Xizmat koʻrsatiladigan mijozlar soni 3 mln dan oshdi. 2014-yil 1-yanvardagi maʼlumotlarga koʻra, Milliybank kredit portfelining summasi 6,8 trln soʻmni tashkil etdi. Bank balansiga 68 ta iqtisodiy nobarqaror korxonalarning mol-mulki topshirildi, bankrot-korxonalarga kiritilgan investitsiyalar 208 mlrd soʻmni tashkil etdi. Korrespondentlik tarmogʻida 670 nafardan ortiq xalqaro banklar boʻlgan. 2018-yilning dekabr oyida Oʻzbekistonda ilk marta Visa International va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniya bilan birgalikda MAK OʻMB Visa va Visa Platinum kobrend kartalarining emissiyasi yoʻlga qoʻyildi. 2019-yilning iyul oyida Milliy bank eksklyuziv imtiyozlari va imkoniyatlari boʻlgan premium sinfidagi Oʻzbekistondagi birinchi Visa Infinite kartasini chiqardi. Bank faoliyatiga korporativ boshqarishning zamonaviy umumiy qabul qilingan tamoillarini joriy qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” unitary korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirklari toʻgʻrisidagi” qaroriga muvofiq, OʻMB “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” aksiyadorlik jamiyatiga (“OʻMB” AJ) qayta tashkil etildi. Prezidentning mazkur qaroriga muvofiq, davlat nomidan Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “OʻMB” AJning taʼsischisi hisoblanadi. Shuningdek, “OʻMB” AJ qayta tashkil etiladigan Oʻzmilliybankning huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar, jumladan xalqaro shartnomalar boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 2020-yili Oʻzmilliybank oʻzining rivojlanishi tarixida muhim qadamini qoʻydi-London fond birjasida 4,85 % stavka boʻyicha 5 yillik 300 mln AQSh dollari miqdoridagi debyut yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish orqali xalqaro kapital bozoriga chiqishga erishdi. Oʻzmilliybank tomonidan yevroobligatsiyalarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi Bank va bank sohasi uchun ham, umuman Oʻzbekiston uchun ham muhim yutuqlardan boʻldi. Yevroobligatsiyalarni chiqarish jarayonini tashkil etish uchun bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro tan olingan anderrayter-banklar, auditorlik va yuridik maslahatchilar tanlab olingan: - anderrayter-banklar-Citibank (AQSh), Natixis (Fransiya), SMBC (Yaponiya), Gazprombank (Rossiya); - auditorlik kompaniya-Ernst&Young; - yuridik maslahatchilar-Dentons va Linklaters; - mahalliy ko-menedjer- “Ipoteka-bank” ATIB. Ushbu mablagʻlardan kelgan tushumlar yirik investitision loyihalarni amalga oshirishga hamda infratuzilmani va xizmatlar sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Bundan tashqari, jalb qilingan mablagʻlar lizing xizmatlarini taqdim etish orqali kichik va hususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga va boshqa tijorat banklari bilan birgalikdagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan. Shuni taʼkidlash muhimki, xalqaro moliya bozoriga chiqish mahalliy emitentlar uchun AQSh dollaridagi narx orientirini yaratish hamda yevroobligatsiyalardan tushgan mablagʻlarni XMI va xorijiy banklarning mavjud kredit liniyalariga qoʻshish hisobiga moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish imkonini berdi. 2021-yili Bank asos solingan kunidan boshlab oʻzining 30-yilligini nishonladi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi dunyoda mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish borasida kadrlar tayyorlashning mazmun-mohiyatini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oily malumotli yetuk mutaxasislar tayyorlashga zarur shart sharoitlar yaratib berilgan. «O’zmilliybank» AJga tashrif buyuv-chilarning aksariyati fuqarolar bo’lib ular o’zlarining muammolari ya’ni plastika kartalardagi muammolar haqida va ko’pincha fuqarolik pasportlari olish, uchun to’lovlarni “amalga oshirish bo’yicha murojaat qilishadi. Bankdagi so’ngi ko’rsatkichlar ya’ni statistik ma’lumotlar va turli xil raqamlar bilan ishlab so’nggi vaqtlarda korxona-ning faoliyati ijobiy yoki salbiy ekanligi va bunday kamchiliklarni bartarafetish xulosalarini ishlab chiqdim. Bankning asosiy majburiyatlari: Departament faoliyatiga tegishli masalalar bo’yicha xududiy hamda tuman va shahar filiallari faoliyatini nazorat qilish; Bank kartalari asosida to’lov tizimlarini rivojlantirish, bu borada yangi xizmatlarni joriy qilish va plastik kartochkalar asosida bankning zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimini samaradorligini oshirish Bankning barcha tarkibiy bo’linmalarida plastik kartochkalar tizimini standartlashtirish plastik kartochkalariga xizmat qiladigan texnik va dasturiy vositalar bilan ta’minlash, ulardan foydalanish hamda ularni sertifikatsiyalash sohasida bankning yagona siyosatini amalga oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, tashkiliy va metodik ko’rsatmalar yaratish hamda plastik kartochkalar faoliyatida ish jarayonini takomillashtirish; plastik kartochkalar sohasidagi dunyo tajribalaridan foydalangan holda plastik kartochkalar tizimida doimiy yangilanishni ta’minlash; plastik kartochkalar sohasiga tegishli bankning ichki me’yoriy xujjatlarini ishlab chiqish, plastik kartochkalar sohasida ma’lumotlarni qayta ishlash mexanizmini takomillashtirish, ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yoki ularni bekor qilish bo’yicha takliflar kiritish; plastik kartochkalar tizimini texnik jixozlash bilan ta’minlash, shuningdek fillialarga bankomatlar, to’lov terminallari plastik kartochkalar va boshqa jihozlarga bo’lgan talabni o’z vaqtida qondirilishini ta’minlash; plastik kartochkalar texnologiyalarini takomillashtirish va ular samaradorligini shirish yuzasidan izlanish olib borish va Bank raxbariyatiga tegishli takliflar kiritib borish; plastik kartochkalarga oid ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash va ulardan noqonuniy foydalanishining oldini olish choralarini ko’rish; bankning ABS dasturi ta’minot tizimida plastik kartochkalar bo’yicha qo’yilayotgan talablarga asosan o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish choralarini ko’rish; plastik kartochkalar faoliyatini avtomatlashtirishni takomillashtirish, analitik va statistik ma’lumotlari aniqligini ta’minlash, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini sifatini oshirish; plastik kartochkalar bo’yicha mavjud xizmatlar ko’lamini kengaytirib borish hamda plastik kartochkalar xizmat turlarini bank filiallarida to’laqonli joriy qilinishini ta’mminlash; to’lov terminallari tarmog’ini kengaytirish, ish haqi loyihalarini joriy qilish va plastik kartochkalar sonini oshirish hisobiga bankning resurs bazasini mustahkamlash; bank xizmatlaridan foydalanib kelayotgan plastik kartochkalar egalariga plastik kartochkalarning afzallik va qulaylik tomonlarini muntazam tushuntirib borish bo’yicha tashviqot ishlarini olib borishda bank filiallariga tavfsiyalar berish; filiallar tomonidan o’rnatilgan terminallar va emissiya qilingan plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan to’lovlar bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalarini to’g’ri yuritilishini ta’minlash, shubhali tranzaktsiyalarni doimiy ravishda tahlil qilib borish tizimini yaratish; plastik kartochkalar tizimini texnik ta’minlash, filiallarda plastik kartochkalar tizimi bo’yicha nazoratni to’g’ri tashkil etish; plastik kartochkalarning emissiyasini to’g’ri tashkil etish hamda plastik kartochkalarning o’z egalariga to’g’ri yetkazib berilishi bo’yicha filiallarga tavsiyalar. Bugungi kunda har bir kunimiz mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishida muhim omil bo’luvchi yangiliklarga boy bo’lmoqda, jumladan, jahon bank-moliya tizimining jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida iqtisodiyotning muhim tarmog’idan biri hisoblangan bank sohasida ham yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalanishga yanada ko’proq ehtiyoj sezilmoqda. Bank tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarini, yangi bank xizmat turlarini joriy etish va ularning samaradorligini oshirish bo’yicha Davlat, Markaziy bank, Bank Kengashi va Bank Boshqaruvi olib borayotgan siyosatni ishlab chiqishda va amalga oshirishda faol ishtirok etish, Boshqarma faoliyatiga tegishli sohada Bank filiallari faoliyatini nazorat qilib borish; - Bank ma’lumotlarini qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan izlanishlar olib borish va yuqori tashkilotlar, bank rahbariyatiga takliflar kiritish, bu takliflarni tizimda amalda joriy etilishi choralarini ko’rish; - Bank filiallari, bo’linmalarida mijozlarga yuqori darajada xizmat ko’rsatilishini ta’minlash bo’yicha texnik imkoniyatlari doirasini kengaytirish; - Bank faoliyatini avtomatlashtirish, hisob va hisobotlar sifatini yaxshilash, tahliliy va statistik ma’lumotlarning ishonchliligini oshirish, Bankning xalqaro va ichki to’lov tizimlarida to’laqonli ishtirokini ta’minlash yuzasidan texnik va dasturiy ta’minot sohasiga tegishli ishlarni amalga oshirish; - Telekommunikatsiya va aloqa vositalari, bank tizimida axborot almashinuvi bo’yicha global korporativ tarmoqlarni loyihalashtirish, yaratish va undan foydalanishni ta’minlash. Boshqarma o’ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funktsiyalarni bajaradi: - «O’zmilliybank» AJning axborot va telekommunikatsiya tizimini takomillashtirish bo’yicha tuman, viloyat, mintaqaviy, mintaqalararo maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini o’z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. - Bankning barcha tuzilmalarida axborot tizimlarini standartlashtirish, texnik va dasturiy vositalarni sotib olish, ishlab chiqish, foydalanish, hamda ularni sertifikatsiyalash sohasidagi Bankning yagona siyosatini ta’minlash bo’yicha takliflar ishlab chiqadi, bu ishlarni amalga oshirishda tashkiliy va metodologik ko’rsatmalar yaratadi, takomillashtiradi, ularning tuzilmalarda bajarilishi bo’yicha tegishli nazoratni tashkil etadi. - Bank filiallarida axborot texnologiyalariga tegishli masalalar bo’yicha qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlar ijrosini nazorat qiladi, ushbu hujjatlar ijrosi bo’yicha tajribalarni umumlashtiradi va rahbariyatga tegishli takliflar kiritadi. - Boshbank tizimi bo’yicha viloyat va mintaqalararo tizimlar va tarmoqlarni tashkil etish va rivochlantirish, viloyat, mintaqaviy va respublika axborot resurslarini shakllantirish, ularning mutanosibligini va o’zaro harakatini ta’minlash ishlarini tashkil etadi. - Rahbariyat topshirig’iga ko’ra “Savdogarbank ” tasarrufidagi tuzilmalarda axborotlashtirish tizimlari va tarmoqlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlarni qayta ishlash texnologik jarayonlarining ekspertizasi o’tkazilishi ishlarini tashkil etadi. - «O’zmilliybank» AJ tuzilmalarida dasturiy va texnik vositalardan foydalanish, mazkur vositalar kuzatuvi, kafolatli va joriy xizmat ko’rsatish, ta’mirlash-tiklash ishlari, hisobga olish va hisobdan chiqarish sohasidagi ishlarning tegishli normativ va me’yoriy hujjatlar asosida olib borilishini ta’minlaydi. - “O’zmilliybank” AJ tizimida axborotlashtirish sohasini rivochlantirish masalalarini moliyalashtirish ishlarining hajmi va tartibi bo’yicha belgilangan tartibda rahbariyatga va Boshqaruvga takliflar kiritadi. - Axborotlashtirish tizimi, lokal hisoblash tarmoqlari, elektron hisoblash mashinalari, ma’lumotlar bazasi uchun dasturiy vositalar hisobini yuritadi. - Avtomatlashtirish sohasida loyihalar, rivojlanish rejalari, kelishuvlar, shartnoma va kontraktlar bo’yicha takliflar tayyorlaydi, o’z vakolati doirasida Milliybank ning o’z mijozlari oldidagi tegishli majburiyatlarni ijro etishni ta’minlash bo’yicha nazorat olib boradi. - «O’zmilliybank» tizimida axborotlashtirish sohasini rivochlantirish uchun jalb etiladigan kreditlar, investitsiyalar va texnik madaddan foydalanishni tashkil etish bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshiradi. - Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish sohasida mahalliy va xorijiy bozorlardagi texnik vositalar, tizimlar va xizmatlar bo’yicha takliflarni kuzatib boradi, ularning texnik xususiyatlari va qiymatini hisobga olgan holda zamonaviy axborot texnologiyalari va texnikalarni sotib olish bo’yicha «Hamkorbank» Boshqa-ruviga takliflar, shuningdek, tuman, viloyat va mintaqaviy filiallarga tavsiyalar tayyorlaydi. - Axborotlashtirish tizimlari, lokal hisoblash tarmoqlari, ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash sohasiga tegishli masalalar bo’yicha rahbariyat topshirig’iga ko’ra konkurslarda, ko’rgazmalarda va taqdimotlarda «O’zmilliybank» nomidan ishtirok etadi. - Rahbariyat topshirig’iga ko’ra zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, «Hamkorbank» tizimidagi mavjud tizimlarni rivojlantirish va zamonaviylashtirish masa-lalari bo’yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi. Respublika bank tizimida yuqorida qayd etilganlarning joriy qilinishi tizim a’zolari hisoblangan banklar, shuningdek, tizim foydalanuvchilari bo’lgan, mab-lag’larni to’lovchilar va mablag’larni oluvchilar uchun quyidagi afzalliklarni yuza-ga keltiradi: zamonaviy bank axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini to’laqonli shakllanishiga imkon yaratadi; to’lovlarni amalga oshirishning uzluksizligini va shaffofligini ta’minlaydi; tijorat banklari o’rtasidagi vakillik hisobvaraqlari doirasidagi hisob-kitoblarni optimallashtirilishi va jadallashtirilishiga imkon yaratadi; mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchilar o’rtasidagi hisob-kitoblarning real vaqt rejimida amalga oshirilishi orqali to’lovlarning aniqlik va ishonchlilik darajasi oshirilishini ta’minlaydi; tijorat banklari uchun tizim xarajatlarining kamayishiga olib keladi hamda vakillik hisobvaraqlaridagi bo’sh pul mablag’laridan oqilona va samarali foydalanishlariga imkon yaratadi; har bir bosqichda ma’lumotlarning ishonchliligini nazorat va monitoring qilinishini ta’minlaydi; bank xizmatlarining likvidligi oshirilishiga erishiladi; jismoniy shaxslar uchun masofadan turib, o’z hisobvaraqlarini boshqarish tizimlari orqali bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa real vaqt rejimida pul mablag’larini ko’chirish imkoniyatini beradi; real vaqt rejimida jismoniy shaxslar o’rtasidagi pul o’tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati; jismoniy shaxslar bank plastik kartalari va boshqa depozit hisobvaraqlaridagi mablag’larni kredit hisobvaraqlari foizi hamda kredit summasini so’ndirilishiga uzatish imkoniyati; internet tarmog’i orqali elektron tijorat doirasida amalga oshirilgan operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblarni bank plastik kartalari yordamida bajarish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni joriy etish imkoniyati; elektron tijorat doirasida tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlarni boshqa depozit hisobvaraqlari orqali real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyati tashkil etildi.Eng muhimi, hozirgi kunda respublikamizda dolzarb masala hisoblangan kom-munal xizmat ko’rsatuvchilar (elektr energiyasi, tabiiy gaz, maxsustrans xizmati, issiqlik manbai, suvsoz xizmati va boshqalar) ning kommunikatsiya tarmoqlari infratuzilmasi shakllantirilib, ushbu xizmatlar bo’yicha aholi tomonidan amalga oshirilgan to’lovlar real vaqt rejimida mablag’lar oluvchining hisobvaraq-lariga o’tkazilishi bilan birga, elektron jurnallarda har bir mablag’ to’-lovchilarning kommunal xizmatlar uchun to’langan mablag’larining summasi, muddati (yil, oy, kun, soat, daqiqa, soniya ko’rinishida) va to’liq rekvizitlari bo’-yicha qayd etib boriladi. Mablag’larni to’lovchilar internet tarmog’i yoki mobil telefonlariga SMS-xabarnoma kelishi orqali o’z shaxsiy kabinetlaridan har bir ko-mmunal xizmatlar bo’yicha to’lovlar tarixini real vaqt rejimida nazorat qilish im-koniyati yaratiladi. Bu esa to’lovlarning ishonchliligini hamda shaffofligini ta’min-laydi. Korporativ etika kodeksi: mazkur Korporativ etika Kodeksining maqsadi Bank, uning mintaqaviy bo’linmalari va muassasalarining foyda ko’rish darajasini, moliyaviy barqarorligi va unumdorligini oshirishga qaratilgan” Chet el kapitali ishtirokidagi Hamkorbank Toshkent filialining faoliyati standartlarini belgilash hisoblanadi. kodeks xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ish muomalasi odatlari asosida ishlab chiqilgan. Kodeks rahbarlar va xodimlarning o’zaro muomalasining asosiy qoidalari, Bank xodimlarining o’zini tutishi qoidalari, ularga qo’yiladigan talablarni o’z ichiga oladi. Mazkur Qoidalar Bankning muvaffaqiyatli biznes yuritishga imkon beruvchi etika, qonuniylik tamoyillariga sodiqligini tasdiqlovchi Korporativ standartlarining majmuidir. Bank mijozlarga va hamkorlarga xodimlarning malakali bo’lishini kafolatlaydi. Bank xodimlarning kasbiy mahoratning eng yuqori bosqichiga intilishini qo’llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi. Taqdim etiladigan xizmatlar sifatining kafolati — Bank ishining uslubidir. Bank faoliyatining zamirida vijdoniylik, halollik, mas’uliyat yotadi. Guruh — bu umumiy maqsad bo’lib, har bir xodimning ushbu maqsadga erishishga qo’shgan betakror hissasi va kasbiy mahoratidir. Bank xodimni umumiy maqsadga erishishga qo’shgan hissasi uchun qadrlaydi. Xodimlar — Bankning boyligi, uning bozor aktividir. Bank xodimlarning o’z salohiyatini ro’yobga chiqarishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Bank yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratadi, ishida ijodiy yondashuvlarga amal qiladi, ijobiy o’zgarishlarga xayrixoh bo’ladi va doimo ular uchun ochiq bo’ladi. Mijozlar bilan o’zaro munosabatlar: Bank Mijozlarga xizmat ko’rsatishning yuksak standartlariga intiladi, har bir Mijozning manfaatlarini himoya qiladi. Bank Mijozlar bilan uzoq muddatli va o’zaro foydali hamkorlikka intiladi. Bank doimo o’z xizmatlarini yangilab boradi, shuningdek yangi bank mahsulotlarini ishlab chiqadi va taklif etadi. Mijozlar bilan o’z munosabatlarida Bank ochiqlik va o’zaro ishonch tamoyillariga tayanadi. Bank xodimlari Mijozlar va ish hamkorlarining operatsiyalari, hisobraqamlari va omonatlari to’g’risidagi axborotlarni, shuningdek Mijozning, ish hamkorining ish obro’siga, boshqa moddiy yoki nomoddiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan boshqa axborotlarni, agar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha ko’zda tutilmagan bo’lsa, sir saqlaydi. Bank xodimlari Mijozlarga, ish hamkorlariga yashirin imtiyozlar va afzalliklarni yaratib bermaydi Ta’sischilar bilan o’zaro munosabatlar: Bank ochiq-oshkor siyosatni amalga oshiradi va korporativ boshqaruv tamoyillariga qat’iy amal qiladi. Chunonchi: Ta’sischilarning manfaatlariga so’zsiz rioya qiladi, o’z vaqtida axborotni oshkor etadi, hisob va hisobot sifatini yaxshilash asosida axborotning ko’rgazmaliligi va foydalanish osonligini yuksaltiradi. Xodimlar bilan o’zaro munosabatlar: Bank xodimlari Bankning muvaffaqiyatli faoliyatining asosidir. Bank o’z xodimlarini qadrlaydi, har bir xodimga o’z salohiyatini eng to’liq ro’yobga chiqarishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratadi. Bank yoshi, irqi, jinsi, e’tiqodi yoki millatidan qat’i nazar xodimlarni jalb qiladi va eng yaxshi xodimlarni olg’a surib, ularni erishgan yutuqlari uchun taqdirlaydi. Bank shaxsni va inson qadr-qiymatini hurmat qiladi. Bank xodimlari Bankning ish obro’siga, boshqa nomoddiy yoki moddiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan vaziyatlarning yuzaga kelishga yo’l qo’ymaydi. Raqobatchilar bilan o’zaro munosabatlar: Raqobatchilari bilan o’zaro munosabatlar odobli ish munosabatlari asosida barpo etiladi. Bank uchun yagona maqbul raqobat shakli taqdim etiladigan xizmatlarning sifati, ishonchliligi va servis darajasi borasida xolisona bozor afzalliklarini yaratish hisoblanadi. Davlat organlari bilan o’zaro munosabatlar: Bank moliyaviy-sanoat guruhlari, siyosiy partiyalar va birlashmalarga nisbatan neytralitet tamoyillariga amal qiladi hamda o’z faoliyatini Mijozlar va ta’sischilar manfaatlarida amalga oshiradi. Bank xodimlari davlat organlari bilan ishlarini shaxsiy manfaatdorliksiz, ma’muriy qarorlarni qabul qilishga ta’sir o’tkazishning noqonuniy usullaridan foydalanmay yuritishi lozim. xorijiy krеdit liniyalari, xalqaro kapital bozoridagi rеsurslar, xorijiy invеstorlar mablag‘larini jalb qilish orqali iqtisodiyotning ustuvor sеktorlarida yirik invеstitsion loyihalarni faol ravishda krеditlash; xizmat ko‘rsatish sifati va tеzkorligini oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish; kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga bank xizmatlarini, shuningdеk, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarida moliyaviy maslahatlar bеrish va axborot ko‘magini ko‘rsatish; aholiga chakana bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etish; birinchi navbatda milliy valutadagi uzoq muddatli mablag‘larni safarbar qilish hisobiga bank faoliyatini moliyalashtirish manbalarini divеrsifikatsiya qilish; savdo-eksport moliyalashtirish biznеsi mahsulotlarini rivojlantirish va uning gеografiyasini kеngaytirish, shuningdеk, rеspublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, eksport qiluvchilarga konsalting xizmatlarini taqdim etish; korporativ mijozlarga invеstitsion banking, jumladan ichki va tashqi bozorlarda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish. 2) «O’zmilliybank » AJ tashkiliy tuzilishi va vazifalari bilan tanishib chiqish. Download 80.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling