Kirish I. Asosiy qism


Download 1.01 Mb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1565402
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kirish I. Asosiy qism

IAT fanini rivojlanishi. Insoniyatning tabiatni o`zlashtirishdagi tajriba va bilimlarini to’plashi axborotni o`zlashtirish bilan birgalikda kechadi. Aynan mana shu jarayon infosferaning paydo bo’lishiga olib keldi. Demak, infosferaning paydo bo’lishi axborotni o’rganish bilan bog`liq ekan.Axborot lotincha “informatio” so’zidan olingan bo`lib, tushuntirishbiror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqida ma'lumot ma'nosini anglatadi.Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, etarliligi, aktualligi, o`z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste'mol sifat ko`rsatkichlari bilan bog`liqdir:
a) axborotning reprezentativligi — ob'ekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to`g`ri tanlash va shakllantirish bilan bog`liqdir.
b) axborotning mazmundorligi — semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi.
v) axborotning yetarliligi (to’laligi) — qaror qabul qilish uchun minimal, lekin etarli tarkibga (ko`rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To`g`ri qaror qabul qilish uchun to`liq bo`lmagan, ya'ni etarli bo`lmagan, xuddi , ortiqcha bo`lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi.
g) axborotning aktualligi (dolzarbligi) — axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o’zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo`lgan vaqtdan buyon o`tgan vaqt oralig`iga bog`liq bo`ladi.
d) axborotning o’z vaqtidaligi — uning avvaldan belgilab qo`yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.

ASOSIY QISM


    1. Korxona yoki tashkilot haqida umumiy ma'lumot

Maktab – inson kamoloti shakllanadigan muqaddas dargoh. Har bir inson borki, maktab ostonasiga qadam qo`yar ekan, o`zining eng beg`ubor, eng samimiy, eng go`zal davrlarini yodga oladi. Men ham amaliyot davrini maktabda o’tashga qaror qildim. Shuning uchun men amaliyotimni Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi 15-sonli umumiy o’rta maktabida qildimю Men amaliyot qilgan maktabda eng fayzli ilm dargohlaridan biri bo`lgan 15-IDUM maktabida o`z kasbining fidoyisi bo`lgan ustozlar juda ko`p ekan maktab 1983 yili qurilgan tuman markazida joylashgan. Mingbuloq tumani Kichik jomashuy MFY va o’z faoliyatini yuritib kelmoqda hozirgi vaqtga kelib bundan buyon 15-IDUM maktabi deb yuritilib kelmoqda. Bu maktabning o’ziga hosligi oddiy maktablarga qaraganda ancha farqlanadi fanlar, to’garaklar, kurslar shu jumladan IT Sohasiga qaratilgan maktabdir. Bu maktabda o’quvchilarning soni boshqa maktablarga qaraganda biroz yukori turadi 1.2 koeffisient-ni tashkil etadi. Hozirda bu maktab milliy reytingdagi o’rni viloyatda 128 tumanda 10 o’rinlarni tashkil qiladi. Hozirda bu maktab IT sohasiga qaratilgan bo’lib bunda o’quvchilarning axborot texnologiyaga bo’lgan etiborini yanada yuksaltirish va o’z bilimlarini yanada chuqurlashtirish imkonini berdi. Va bu maktabda hamma o’quvchilar bir xil formada yurishlari va bir tizim asosida ish olib borishlarini ta’minlovchi ishchi dasturi joriy qilingan. Hozirda bu maktabda Informatika fani chuqurlashtirilgan tartibda o’qitilib kelinmoqda kompyuter va kompyuter jihozlari eng so’ngi turlaridan o’rnatilgan o’quvchilar bo’sh vaqtlarida darsdan chiqib kompyuter xonasida to’garaklar bilan shug’ullanib kelishmoqda.




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling