Kirish I. Bob. Adsorbsiya haqida umumiy tushuncha


A D S O R B E N T L A R N IN G T U R L A R I V A U L A R N IN G X O S S A L A R I


Download 1.46 Mb.
bet2/10
Sana06.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1170870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH KURS ISHI

1.1 A D S O R B E N T L A R N IN G T U R L A R I V A U L A R N IN G X O S S A L A R I

Sanaot miqyosida ishlatiladigan adsorbentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak: 1) tanlovchanlik-aralashma tarkibidagi tegishli komponentni yutib olish va boshqa komponentlarga esa ta’sir qilmaslik; 2) maksimal adsorbsion hajm yoki faollik-adsorbentning massa yoki hajm birligida yutilgan adsorbtivning miqdori; 3) adsorbentni regeneratsiya qilish paytida yutilgan moddaning to ‘la ajralib chiqishi; 4) adsorbent donalarining kerakli mustahkamlikka ega boMishligi, chunki donalarning buzilib ketishi jarayonning gidrodinamik holatini yomonlashtiradi; 5) yutilayotgan moddalarga nisbatan kimyoviy inertlikka ega bo‘lishlik; 6) narxi arzon.Adsorbentning tanlovchanligi va uning adsorbsion hajmi adsorbent va adsorbtivning tabiatiga va molekulalarning tuzilishiga bogMiq boMadi. Bunda adsorbentning solishtirma yuzasi (massa yoki hajm
birligidagi adsorbentning yuzasi) va adsorbent g‘ovaklarining oMchamlari muhim ahamiyatiga ega. Bu ikkala kattalik bir-birlari bilan uzviy bogMangan. G ‘ovaklarning oMchamlari qanchalik kichik boMsa, adsorbentning solishtirma yuzasi shunchalik katta boMadi. Bu holat adsorbent faolligini kuchaytiradi.Adsorbentning faolligi adsorbsiya jarayonining shart-sharoitlari
(harorat, bosim, adsorbtivning muhitdagi konsentratsiyasi) ga ham bogMiq boMadi. Haroratning kamayishi, bosimning ko‘payishi (gaz va bugMar uchun) va9 aralashmadagi kerakli komponent konsentratsiyasining ortishi bilan adsorbentning faolligi kuchayadi.
Adsorbentlar zarracha ichidagi kapillyar kanallarning kattaligiga qarab shartli ravishda makro (r > 10-7 m), oraliq (10‘9 < r < 10" m) m ikrog‘ovakli (r < 10'9m ) boMadi. Adsorbsiya jarayonida tegishli komponent asosan mikrog‘ovaklarning yuzasida yutiladi. Oraliq va m akrog‘ovaklar asosan yutilishi lozim boMgan komponentni mikrog ‘ovaklar yuzasiga uzatish uchun xizmat qiladi.
Sanoatda adsorbent sifatida faollashtirilgan ko‘mir, qattiq g ‘ovaksimon moddalar, silikagel,sellyuloza, seclitlar, tuproq jinslari, ion almashinuvchi sun’iy smolalar (ionitlar) ishlatiladi.Faollashtirilgan ko‘mir odatda turli aralashmalar tarkibidan organik moddalarni yutish hamda suyuqlik va gazlar (bugMar) ni ajratish uchun keng qoMlaniladi. Faollashtirilgan ko‘mirlar har xil organik xomashyolar (yog‘och, tosh ko‘mir, qipiq hamda teri, qog‘oz va go‘sht ishlab chiqarishlari qoldiqlari) ni quruq haydash va so'ngra bug' yoki kimyoviy reagentlar ta’sirida qayta ishlash natijasida olinadi. Faollashtirilgan ko'm irlam ing asosiy ko'rsatgichlari ulaming turlariga qarab quyidagicha chegaralarda o'zgaradi: solishtirma yuza 6-10 —17-10s m2/kg, uyilgan zichlik 200-900 kg/m3 Bunday ko'm irlar noaniq shaklli zarrachalar (o'Ichami 1-7 mm), silindrsimon zarrachalar (diametri 2-3 mm, balandligi 4-6 mm) va kukun sifatida (zarrachaning o'Ichami 0,15 mm dan kichik) ishlatiladi. Kukun holatidagi adsorbentlar
eritmalarni ajratish uchun qoMlaniladi. Faollashtirilgan ko'm im ing kamchiliklari bor: yonuvchanlik; mexanik mustahkamligi yetarli emas.Silikagellar (kremniy kislotasining suvsizlantirgan geli) polyar birikmalarni adsorbsiya qilish uchun ishlatiladi. Bunday adsorbentlardan gaz va suyuqliklarni suvsizlantirish, organik moddalarni gaz fazasida ajratish uchun hamda xromotografiyada foydalaniladi. Silikagellarning solishtirma yuzasi 4-105—7,7-L 05 m /kg, uyilgan zichligi esa 400-800 kg/m3 Noaniq shaklli zarrachalarining o'Ichami keng intervalda o'zgaradi (0,2-7 mm), granula holatidagi zarrachalaming o'Ichami esa2-7 mm atrofida boMadi. Silikagellarning afzallik tomonlari: yonmaydi: mexanik mustahkamligi yuqori. Kamchiliklari: solishtirma yuzasi kamroq; namlik boMgan paytda adsorbentning organik moddalarga nisbatan yutish qobiliyati pasayib ketadi.Adsorbentlar sifatida seolitlar ham ko'p ishlatiladi. Bunday adsorbentlar tarkibida ishqor va ishqoriy-yer metallaming oksidlarini ushlagan alyumosilikatlardan iborat. Seolitlar yuqori tanlovchanlikka ega. Seolitlar suyuqliklarni tozalash uchun mayda donali kukun sifatida, gazlarni tozalash uchun esa oMchamlari 1-5 mm bo'lgan sharsimon yoki granulalar holida ishlatiladi. Ba’zi seolitlaming g'ovaklari juda ingichka bo'lib, ulaming kattaligi yutilayotgan modda molekulalarining
kattaligiga teng boMadi. Bu xildagi seolitlar molekular elak sifatida, ya’ni oMchamlari g'ovaklarining kattaligidan kichik bo'lgan molekulalarni yutish uchun ishlatiladi. Seolitlaming suvni yutish qobiliyati katta boMgani sababli, ular gazlarni quritishda hamda suyuqlik va gazlarni tozalash uchun ishlatiladi. Seolitning tarkibida yutilgan suv juda harakatchandir, bu suv qizdirish orqali yo'qotiladi va bu adsorbent soviganidan so'ng qaytadan suvni yutish qobiliyatini tiklaydi. Seolitlarning uyilish- zichligi 600-800 kg/m3 boMadi. Seolitlaming yutish qobiliyati g'ovaklam ing solishtirma yuzasi bilan emas, balki g'ovaklam i adsorbat bilan hajmiy to'ldirish qiymati bilan belgilanadi (0,2-0,25
Sanoatda eritmalami har xil pigmentlardan tozalash uchun adsorbent sifatida tuproq jinslari ham ishlatiladi. Tuproq jinslari tabiatda ko‘p tarqalgan bo‘lib, narxi arzon, uyilish zichligi 400-450 kg/m3 Tuproq jinslarining solishtirma yuzasi boshqa sanoatda ishlatiladigan adsorbentlarga nisbatan ancha kichik (35-150 m3/g).14.1-jadvalda neft va gazni qayta ishlash sanoatida ishlatiladigan adsorbentlar haqida asosiy m a’lumotlar keltirilgan.Adsorbentlar statik va dinamik faollikka ega. Adsorbent m a’lum vaqt ishlagandan so‘ng adsorbtivni to ‘la yutmay qo‘yadi, bunda adsorbtiv adsorbent qatlamidan yutilmasdan o ‘tib ketadi. Bunday jarayon yutiluvchi komponentning o ‘tib ketishi deyiladi. Shu paytda uskunadan chiqib ketayotgan gaz Sanoatda q o ‘HaniIadigaii ad so rb en tlarn in g tasnifiy k o 'rsatg ich lari

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling