Kirish I bob. Axloqiy tarbiya haqida xalq maqollari 1 Xalq maqollari milliy qadriyat sifatida
Download 206 Kb.
|
Kirish I bob. Axloqiy tarbiya haqida xalq maqollari 1 Xalq maqol
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. O‘quvchilarni tarbiyalashda xalq maqollarining tarbiyaviy ahamiyati.
- Xulosa
Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish Reja : KirishI BOB. Axloqiy tarbiya haqida xalq maqollari1.1 Xalq maqollari milliy qadriyat sifatida1.2 Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanishII BOB. O‘quvchilarni tarbiyalashda xalq maqollarining tarbiyaviy ahamiyati.2.1 O‘quvchilarnima’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq maqollarining tarbiyaviy ahamiyati.2.2 Tarbiyaviy tadbirlarda maqollarning pedagogik ahamiyati (Mehri daryo ustozlar tadbiri misolida)XulosaIV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatiKirish. Mavzuning dolzarbligi. “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.”Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqda. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohalarida katta islohotlaming sodir bo'lishi kelajak avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo'ymoqda. Bu, avvalo, kelajak avlodning ana shu o'zgarishlarga dadil moslasha oladigan yuksak bilim, mahorat, keng dunyoqarash va e’tiqodga ega bo'lishini talab etadi. Kishilik jamiyati el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon-e’tiqodi butun, mard va jasur, malakasi yetuk, ma’naviyati yuksak insonlar bilan haqli ravishda faxrlanadi”,-degan edi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Sog'lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida. Farzandlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ong, milliy g'urur tushunchalarini singdirish uchun ular ma’naviy jihatdan sog'lom bo'lishlari zarur. Ma’naviy sog'lomlik esa jismoniy va ruhiy sog'lomlik bilan chambarchas bog'liq. Respublikamizda olib borilayotgan siyosatning va birinchi Prezidentimiz da’vatlarining mohiyatini ham ma’naviyati teran, boshqalar fikriga ergashmaydigan, iymon-e’tiqodi sof avlodni yetishtirish masalasi tashkil etadi. Zero, e’tiqodsizlik, turli yot oqim va mafkuralarga ergashish holati jamiyatni inqiroz sari yetaklaydi. Shu bois, birinchi Prezidentimiz deyarli barcha asarlarida yoshlar tarbiyasiga jiddiy yondoshish va ularni yot g'oyalardan muhofaza qilish lozimligini ta’kidlaydilar: “Takror aytishga to'g'ri keladi-ota-onalar, ustoz murabbiylar bu masalada xushyorlikni yo'qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo'lmasligimiz zarur” O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida»gi (1997 yil, 29 avgust) Qonuni ta’limning barcha yo'nalishlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun imkon yaratdi. Ta’lim sohasidagi islohotlardan asosiy maqsadi ham xalqimiz ongi va shuurida saqlanib kelayotgan vatanga e’tiqodni yosh avlodga singdirish, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida mamlakatimiz kelajagini belgilay oladigan barkamol hamda vatanparvar shaxsni shakllantirishdan iborat. Download 206 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling